Jismoniy shaxslarning
daromadlarini dekla-
ratsiya usulida soliqqa
tortish tartibi
255
- soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili,
jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili;
- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
- soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlar turlarga ajratib
ko‘rsatilgan holda olingan jami yillik daromad (bir martalik
operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan
daromadlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning
o‘zidan olish mo‘ljallanayotgan daromad aks ettiriladi);
- daromadlarning manbalari;
- daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar,
chiqimlar va ajratmalarning summalari;
- jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘yicha
imtiyozlar;
- hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
- haqiqatda to‘langan soliq summasi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiyada jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiya
qilish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya
pochta orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek elektron shakldagi
axborot tarzida taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya
blankalari soliq to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan
bepul beriladi.
Jismoniy shaxs taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasining kamayishiga olib
keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxs deklaratsiyaga
zarur o‘zgarishlar kiritishi shart.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddati tugaguniga qadar berilsa,
soliq to‘lovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod
qilinadi.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddati tugaganidan keyin, biroq
xatolar davlat soliq xizmati organi tomonidan aniqlanguniga qadar
256
berilsa, soliq to‘lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga
tegishli penyani to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organining taqdim etilgan
jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada
aniqlangan xatolik to‘g‘risidagi bildirishnomasini olgan kun davlat soliq
xizmati organi tomonidan xatolik aniqlangan kun deb hisoblanadi.
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston
Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
- mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq
solinmagan bo‘lsa;
- fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan
foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
- asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi
daromadlar;
- ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan
olingan daromadlar;
- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar.
Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uning
arizasiga ko‘ra belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda ushlab
qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi,
ushbu modda birinchi qismining oltinchi va ettinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan daromadlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy
shaxs, mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari qoidalaridan qat’i
nazar, Soliq kodeksning 192-moddasida nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksning 189-moddasida ko‘rsatilgan
daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani,
agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy
yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi
yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Deklaratsiya qilinishi shart bo‘lmagan daromadlarni olgan soliq
to‘lovchilar doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami
yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim
etishi mumkin.
257
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy
shaxs o‘tgan soliq davri uchun daromadlar to‘g‘risida joriy yilning 1
apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
Chet ellik jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasining
rezidenti ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim
bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan
va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan
bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy
soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya
mazkur jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga
chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik
jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning
1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan
bo‘lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim
etilmaydi.
Taqdim etish tartibi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida
belgilangan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblab
chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni
to‘lash deklaratsiya topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida
amalga oshiriladi.
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani
topshirayotganda grant bo‘yicha olingan daromad summasini, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i miqdorini, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat
berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo‘yicha organning tegishli xulosasini ko‘rsatadi.
Mol-mulkini ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs,
agar ushbu daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘ining to‘lov manbaida soliq solinmasa, belgilangan muddatlarda
jami yillik daromad to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish bilan bir
qatorda ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy
tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki tarzdagi deklaratsiya
ham taqdim etadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda
jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu
haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Agar soliq to‘lovchi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim
etmagan bo‘lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada
noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi
258
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini o‘zidagi
mavjud axborot asosida eng yuqori stavka bo‘yicha hisoblashga va
to‘lanishi lozim bo‘lgan, hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i summasi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga o‘n kunlik muddat
ichida to‘lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to‘lovchi
tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya yoki
to‘g‘rilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ining yakuniy summasi ushbu deklaratsiya
hisobga olingan holda aniqlanadi.
Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab
chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘tgan
soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘laydilar.
Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari
hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank
hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy
shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet
el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy
shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim
etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan
keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar. Yil tugagach, jismoniy
shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi
haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa
bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning
1 iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga
qaytarilishi kerak.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan
sana quyidagilardir:
- yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi
hisobvarag‘idan to‘langani taqdirda — ularning bankdagi
hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;
- jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan
taqdirda — bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov
xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
|