254
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari bo‘yicha, ularning
olingan joyidan qat’i nazar, ma’lumotnoma taqdim etilmaydi:
- dividendlar,
foizlar tarzidagi daromadlar;
- Soliq kodeksning 181-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ining belgilangan eng kam stavkasi bo‘yicha
soliq solinadigan daromadlar;
- jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida
belgilangan eng yuqori
stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
solinadigan daromadlar.
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliya
hisobotini taqdim etish muddatida davlat
soliq xizmati organlariga
hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
belgilangan shaklda taqdim etishi shart. Yil yakunlari bo‘yicha
hisoblangan va amalda to‘langan daromadlarning summalari hamda
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
ushlab qolingan
summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasida
faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning
25 martiga qadar taqdim etiladi.
Jismoniy
shaxsning jami yillik
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq
to‘lovchining olingan yillik daromadi
to‘g‘risidagi
yozma arizasidan iborat
bo‘ladi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiyasiga asosiy ish joyi bo‘yicha to‘langan daromadlar va
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan
summalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
shakldagi ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiya shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi
hamda unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
Dostları ilə paylaş: