252
shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga
o‘tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
Jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa
yuridik shaxslardan sovg‘a, moddiy yordam va boshqa turlardagi
yordam olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlari
to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda, davlat
soliq xizmati organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda,
jismoniy shaxs joriy yilda o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab
qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi
buxgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi
shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim
etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim
etilmagan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma
va soliq to‘lovchining identifikatsiya
raqami taqdim etilgan taqdirda,
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi ilgarigi asosiy
ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda
qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan
buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami
daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng xodimga
ilgarigi
asosiy ish joyida to‘lovlar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur
to‘lovlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i Soliq
kodeks 179-moddasi 1-bandining to‘rtinchi xatboshisida hamda 180-
moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilmagan holda solinadi.
Yuridik shaxs bu xodimga to‘lagan daromadning jami summasi va
undan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab
qolingan umumiy summasi haqida bu yuridik shaxs hisobga qo‘yilgan
joydagi davlat soliq xizmati organiga o‘ttiz kun ichida yozma shaklda
ma’lum qilishi shart.
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan
olingan daromadlarga to‘lov manbaida jismoniy shaxslardan
olinadigan
daromad solig‘ini hisoblab chiqarish jami daromad summasidan Soliq
kodeks 179-moddasi 1-bandining to‘rtinchi xatboshisida hamda 180-
253
moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilmagan holda,
belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib
boruvchi yakun bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan
daromadlar olayotgan jismoniy shaxs buxgalteriyaga o‘z daromadidan
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
eng yuqori
stavkasi bo‘yicha ushlab qolish to‘g‘risida ariza bersa, daromadlar
to‘layotgan yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘ini ushbu bo‘limda nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llamagan
holda eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qoladilar.
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga
daromadlarining summalari va turlari haqida,
shuningdek jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summasi
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan
shaklda ma’lumotnoma berishlari shart.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
yakuniy summasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risida
taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha davlat soliq
xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Soliq kodeksining 187-moddasiga
muvofiq soliq agentlari:
1) asosiy bo‘lmagan ish joyidan
daromadlar olgan
jismoniy shaxslar
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan
shaklda, soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq
xizmati organlariga ma’lumotnoma taqdim etishi shart.
Ma’lumotnomada quyidagilar aks ettiriladi:
- soliq to‘lovchining — jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;
- soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi,
doimiy
yashash joyi manzili;
- o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy
summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab
qolingan umumiy summasi;
- soliq agentining identifikatsiya raqami;
- soliq
agentining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili).
Dostları ilə paylaş: