262
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati,
shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik
ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan
kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini
amalga
oshiruvchi soliq to‘lovchilar faoliyatning qat’iy belgilangan soliq to‘lash
tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash
huquqiga ega emas.
Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir
qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga
oshiruvchi yuridik shaxslar
faoliyatning mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari
va umumbelgilangan yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni
to‘lashlari shart.
Asosiy faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar
bo‘lgan yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksning 132-moddasida
nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi,
dividendlar va
foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek
ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan
daromadlarga Soliq kodeksda
nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki yagona soliq
to‘lovi joriy etiladi.
Faoliyatning ayrim turlarini amalga
oshiruvchi yuridik
shaxslar va yakka
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy
belgilangan soliq solinadigan obyekt
bo‘lib qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik
ko‘rsatkich hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning
sonidan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqning
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori asosida
belgilanadi. Jumladan, 2018-yil uchun uning stavkasi quyidagi
miqdorlarda belgilangan:
Dostları ilə paylaş: