7.2. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy usullari
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda soliq majburiyatlaridan soliq
to‘lovchilarning bo‘yin tovlashi masalasi dolzarb hisoblanadi. Xorijiy
davlatlarning iqtisodiy adabiyotlarida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash
usullarini turkumlash masalalariga katta e’tibor berilib kelinadi.
Masalan, K.Persxalava mazkur usullarni xo‘jalik operatsiyalarining
turlariga bog‘liq ravishda turkumlashni tavsiya qiladi.
80
Lekin, mazkur
yondoshuv bir qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan, muallif
soliqdan bo‘yin tovlashning ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgartirish
usulini va xodimlar sonini rasman oshirish usulini alohida guruhlarga
ajratadi. Holbuki, xodimlar sonining rasman oshirilishi korxonalar
tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlar tannarxining oshishiga olib
keladi. Chunki, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar ishlab
80
Перцхалава
К
.
А
.
Выявление
и
первоначальный
этап
расследования
уклонений
от
уплаты
налогов
или
страховых
взносов
в
государственные
внебюджетные
фонды
.
Дис
.
на
соис
.
уч
.
степени
к
.
э
.
н
. –
М
., 1999.
С
.86
314
chiqarish korxonalarida xom-ashyo va materiallardan keyingi o‘rinda
turuvchi xarajatlar hisoblanadi. Demak, mehnat haqi xarajatlarining
o‘sishi ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi sifatida baholanishi
mumkin.
Rus olimi I.Kucherov tomonidan taklif qilingan turkumlash mezoni
ko‘proq real amaliyotga mos keladi. I.Kucherov soliqdan bo‘yin tovlash
usullarini turkumlashda soliq mexanizmining elementlarini va ularning qay
usulda ta’sir qilishini hisobga olishni taklif qiladi.
81
Ammo shuni e’tirof
etish lozimki, birinchidan, soliqqa tortish obyektini noto‘g‘ri ko‘rsatish va
soliqqa tortish bazasini kamaytirish imkonini beruvchi iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni soxtalashtirish usullarini alohida-alohida guruhlarga ajratish
maqsadga muvofiq emas, chunki soliqqa tortish obyektlari xususida
noto‘g‘ri ma’lumotlar berish bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
soxtalashtirish orqali amalga oshiriladi; ikkinchidan, soliq to‘lovchilarning
birlamchi buxgalteriya hujjatlarida soxta ma’lumotlarning mavjudligi
natijasida soliqqa tortish bazasining qisqarishi usuli I.Kucherov tomonidan
taklif qilingan turkumlashda o‘z aksini topmagan.
Soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin
tovlash usullarini quyidagi guruhlarga ajratgan holda turkumlash
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1)
Soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga soliq
hisob-kitobi va moliyaviy hisobotlarini topshirmasliklari.
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchilar qonunda
ko‘rsatilgan muddatda davlat soliq xizmati organlariga har bir soliq turi
bo‘yicha soliq hisob-kitobini, shuningdek, moliyaviy hisobotni taqdim
etishlari shart. Ammo, ushbu usulni qo‘llashda moliya-xo‘jalik
faoliyatini yuritish uchun davlat soliq xizmati organlariga hujjatlarni
taqdim etish talab etilmaydi. Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq
organlariga «nollik» balanslarni, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirilmaganligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotlarning berilishi ham
mazkur usulga kiradi. Respublikamizda hozirgi vaqtda soliq to‘lashdan
bo‘yin tovlashning birinchi usulini fuqarolarga nisbatan qo‘llashning
huquqiy asoslari mavjud emas.
2)
Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq nazoratidan chetda qolishi.
81
Ковалевская
Д
.
Е
.
Налоговые
преступления
в
уголовном
праве
Российской
Федерации
. //
Налоговый
Вестник
. –2000.
№
11.
С
.101
315
Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida har bir soliq to‘lovchi
korxonaning joylashgan o‘rniga ko‘ra, fuqarolarni esa, yashash joylariga
ko‘ra soliq organlarida hisobda turishlari shart.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritishni davlat soliq xizmati
organlaridan yashirish soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning juda keng
tarqalgan usullaridan biriga aylangan. Ayrim hollarda korxonalar
tomonidan umuman, joriy davrda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini
yuritilmaslik to‘g‘risida soxta ma’lumotlar beriladi. Shuning uchun
hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinayotganda amaldagi
qonunchilikka ko‘ra xususiy tadbirkor o‘zining shaxsini tasdiqlovchi
hujjatlarni taqdim etishi shart. Hisobga olish masalasida tashkilot
tomonidan ariza berilganda tegishli tartibda tasdiqlangan hujjatlarning
bir nusxasi taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi
guvohnoma, ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun zarur
bo‘lgan boshqa hujjatlar mazkur usulni amalga oshirishda tadbirkorni
ro‘yxatdan o‘tkazishda soxta yoki o‘g‘irlangan hujjatlar shaxsni
tasdiqlovchi hujjatlar sifatida hisobga qo‘yiladi. Shunday qilib, soliq
to‘lovchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati boshqa shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi.
Mazkur usulni qo‘llash, ko‘pchilik hollarda, «bir kunlik
firma»larning yuzaga kelishiga olib keladi. Ularni soliq organlarida
hisobga qo‘yish bir yoki bir necha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyasini
bajarish maqsadida amalga oshiriladi. Ko‘zda tutilgan operatsiyalar
amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur firma tugatiladi. Mana shunday
firmalarning yuzaga kelishi va faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi
manzilli qonuniy me’yorlarning mavjud emasligi davlat byudjetiga
jiddiy zarar etkazadi.
3)
Soliq to‘lovchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini
buxgalteriya hujjatlarida aks ettirilmasligi.
Mazkur usuldan foydalanish, asosan, korxonalarning buxgalteriya
hisobida ayrim bitimlarni aks ettirilmasligida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonuniga muvofiq korxona va tashkilotlarning barcha operatsiyalari
birlamchi buxgalteriya hujjatlarida o‘z aksini topishi shart. Ana shu
birlamchi buxgalteriya hujjatlariga asosan buxgalteriya hisobi yuritilishi
lozim. Shuning uchun ham ayrim operatsiyalarni yashirish maqsadida
soliq to‘lovchilar birlamchi buxgalteriya hujjatlarini yo‘q qiladilar yoki
316
ularni rasmiylashtirmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida,
tovarlarni sotish natijasida olingan naqd pullarni kassaga kirim qilmaslik
holatlari mazkur usul namoyon bo‘lishining asosiy shakli hisoblanadi.
Mazkur usulni amalga oshirish aholi bilan hisob-kitoblarni nazorat-kassa
mashinalarisiz va xaridorlarga chek berish yo‘li bilan amalga oshirish
mumkin. Hech kimga sir emaski, respublikamiz bank tizimida naqd
pullarning hisob-kitob cheklari berildi. Bundan savdo korxonalari sezilarli
noqonuniy daromad olishga erishadi, chunki cheklar ma’lum diskont bilan
qabul qilindi.
4)
Soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish imkonini beruvchi
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni noqonuniy o‘zgartirish yo‘li bilan soliqqa
tortish obyekti xususidagi ma’lumotlarni soxtalashtirish.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortish obyektlari sifatida
mulk, foyda, daromad, sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning
qiymati maydonga chiqadi.
Soliqqa tortish obyekti soliqqa tortishning muhim elementlaridan
biri hisoblanadi va u soliq yukini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Soliq to‘lovchining jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligi, uning
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishga xos bo‘lgan
xususiyatlar soliqqa tortish obyektining miqdoriga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Bu esa soliq to‘lovchiga noqonuniy asosda soliq yukini
kamaytirish imkonini beradi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq har bir soliq turi bo‘yicha
alohida soliq stavkalari belgilangan. Bulardan tashqari soliq imtiyozlari
ham soliq to‘lovchilarning har bir toifasi uchun alohida qilib
belgilangan. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning mazkur usulidan
foydalanish o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladiki, buning natijasida
soliqqa tortish obyektining haqiqiy miqdori uning e’lon qilingan
miqdoridan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi.
5)
«Soxta eksport» operatsiyalarini amalga oshirish yo‘li bilan
qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy qoplash.
Ma’lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni, bajarilgan ishlar
va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bo‘yicha oborotlar hisoblanadi. Davlat
byudjetiga to‘lanadigan soliq summasi sotilgan mahsulotlar (xizmatlar,
ishlar) uchun xaridorlardan olingan soliq summasi bilan mol etkazib
317
beruvchilarga to‘langan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanadi.
O‘zbekiston soliq qonunchiligiga ko‘ra eksport qilinayotgan tovarlar
va ko‘rsatilayotgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga «nollik»
stavkada tortiladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning mazkur usulidan
fodalanish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
eksport qilinayotgan tovar haqiqatda mamlakat chegarasidan
chiqmaydi, eksportchi korxona byudjetdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini
undirish uchun bojxona organlarining soxta muhridan foydalanadi.
olib chiqib ketilayotgan tovarlar atayin yuqori baholarda aks
ettiriladi.
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjetdan qoplash summasini
undirish uchun amalda bitta eksport bitimi bo‘yicha bir necha soliq
to‘lovchilar murojaat qilishadi.
Soliqdan bo‘yin tovlash mazkur usulining namoyon bo‘lish
shakllaridan biri qo‘shma faoliyat xususidagi shartnomani
rasmiylashtirish yo‘li bilan bitimni yashirish hisoblanadi.
6)
Notijorat tashkilotlari tomonidan foyda solig‘iga tortilmaydigan
asosiy faoliyat turi bahonasida tijorat faoliyatini yuritish.
Mazkur usulning mavjudligi, faoliyati foyda olishni ko‘zlamaydigan
tashkilotlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Bu tashkilotlarning asosiy
faoliyat turi bo‘yicha pul mablag‘lari soliqqa tortilmaydi, ammo
ularning tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlari foyda solig‘iga
tortiladi. Ular notijorat faoliyat shaklida tijorat faoliyatini amalga
oshiradilar. Bu usul notijorat tashkilotlari tomonidan ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatishda ko‘p qo‘llaniladi. Ular, odatda, ta’lim xizmatlari
ko‘rsatishdan olingan pul mablag‘larini a’zolik badallari sifatida
rasmiylashtiradilar.
7)
Aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni aksiz solig‘iga
tortilmaydigan tovarlar sifatida ishlab chiqarish va sotish.
Aksiz solig‘i to‘laydigan yuridik shaxslar tomonidan amalga
oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari birlamchi buxgalteriya
hujjatlarida aks etgan bo‘lishi kerak. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning
mazkur usulida soliq to‘lovchilar birlamchi buxgalteriya hujjatlaridagi
ma’lumotlarni soxtalashtiradilar.
O‘zbekiston Respublikasida eksport qilinayotgan tovarlar aksiz
solig‘iga tortilmaydi. Lekin, shu tovarlarni bevosita ishlab
318
chiqaruvchilar eksport qilayotganda soliqqa tortilmaydi. Mazkur usulni
qo‘llashda soliq to‘lovchilar eksport operatsiyalari haqiqatda amalga
oshirilmagan sharoitda aksiz solig‘i bo‘yicha berilgan engilliklardan
noqonuniy tarzda foydalanadilar.
Shunisi xarakterliki, nafaqat aksiz solig‘i, balki boshqa soliq turlari
bo‘yicha ham soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullarining o‘ziga xos
xususiyatlari mavjuddir. Jumladan, korxonalarning foydasidan
olinadigan soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlash usullariga xos bo‘lgan
asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish jarayonini texnik jihatdan qayta qurollantirish,
rekonstruksiya qilish, uy-joy qurilishi kabi foyda hisobidan
moliyalashtiriladigan xarajatlar yuzasidan beriladigan soliq imtiyozlari
summasini oshirib ko‘rsatish;
korxonaning balansida turgan ijtimoiy-madaniy muassasalarni
saqlash yuzasidan beriladigan soliq imtiyozlari summasini oshirish;
ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar,
1991-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan
korxonalarga foyda solig‘idan berilgan imtiyoz summasidan noqonuniy
tarzda foydalanish;
boshqa shu kabi xususiyatlar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan
foydalanishga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
o‘zaro hisoblashishlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini
hisoblamaslik;
soliq hisobotlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini asossiz
ravishda oshirib ko‘rsatish;
byudjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i
summalarini noqonuniy tarzda oshirib ko‘rsatish;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha pul omonatlari, joriy
hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli
qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha berilgan soliq
imtiyozlaridan noqonuniy tarzda foydalanish;
boshqa xususiyatlar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan
bo‘yin tovlash usullaridan foydalanishga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar
naqd pulda olingan daromadlar bo‘yicha quyidagilardan iborat:
yirik miqdorda moddiy yordamlar olish faktini yashirish;
319
qaytarib bermaslik sharti bilan olingan ssudalar summasini
ko‘rsatmaslik;
jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada daromadlarni
to‘liq ko‘rsatmaslik;
o‘z vaqtida deklaratsiyani davlat soliq xizmati organlariga taqdim
etmaslik;
boshqa xususiyatlar.
Yuqorida qayd etilgan usullardan sezilarli darajada farq qiluvchi
usullar guruhi ham mavjud bo‘lib, bu guruhdagi usullar mijozning pul
mablag‘lari xususidagi ma’lumotlarni soxtalashtirishi natijasida paydo
bo‘ladi. Mazkur guruhga mansub bo‘lgan usullarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
a) hisob-kitoblarning ma’lum qismini naqd pullarda amalga oshirish
va naqd pulda olingan tushumlarni aylanma kassaga kirim qilmaslik.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi
qonuni 7-moddasining 3-bandiga muvofiq, soliq to‘lovchilar tomonidan
qonunchilikda belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar soliq
organlari tomonidan soliq to‘lovchining hisob-raqamidagi pul
mablag‘lari hisobidan inkassa topshiriqnomasi qo‘yish yo‘li bilan
undirib olinadi.
Ayrim korxonalar olayotgan tushumlarini soliq organlarining
inkassa topshiriqnomalari asosida to‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida naqd pulda olingan tushumlarni aylanma kassaga kirim
qiladilar, lekin hisob-raqamiga kirim qilmaydilar, kassaga kirim qilingan
naqd pullar hisobdor shaxslarga berish, mol etkazib beruvchilar bilan
hisoblashish kabi maqsadlarga xarajat qilinadi.
b) byudjetdan qarzdorlik (boqimanda) mavjud bo‘lgan sharoitda
hisob-kitoblarni uchinchi shaxs orqali amalga oshirish.
Mazkur usuldan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad soliq
to‘lovchining joriy hisob-raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan majburiy
tartibda undirilishi lozim bo‘lgan soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash
hisoblanadi. Bunday sharoitda tovarlarni sotish natijasida olinadigan
tushum summasini soliq organining inkassa topshiriqnomasiga asosan olib
qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mol etkazib beruvchi xaridordan
to‘lov summasini uchinchi shaxsning joriy hisob-raqamiga o‘tkazishni
talab qiladi.
320
Mazkur usuldan foydalanish ko‘lamini tavsiflovchi ko‘rsatgichlardan
biri – boqimandalar summasi mutlaq miqdorining tahlil qilingan davr
mobaynida sezilarli ravishda o‘sishi hisoblanadi.
Umuman olganda soliq majburiyatlaridan bo‘yin tovlash usullari
umumiy belgilariga ko‘ra aniq guruhlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, har
bir soliq turi bo‘yicha ushbu usullardan foydalanishga xos bo‘lgan
xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular, pirovard natijada soliq to‘lashdan bo‘yin
tovlash usullari mohiyatini ochishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |