307
VII BOB. SOLIQQA OID QONUNBUZILISHLARGA
BARHAM BERISH VA ULARNING OLDINI OLISH
DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI
KO‘PAYTIRISH OMILI
7.1. Soliqqa oid qonunbuzilishlarga soliq tizimi orqali ta’sir
etishning asosiy yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida har bir
fuqaroning qonun tomonidan belgilangan soliqlar va mahalliy
yig‘imlarni to‘lash majburiyati ko‘rsatilgan.
71
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni o‘z vaqtida
to‘lamaslik, soliq bazasini yashirish, hisobga olinmagan operatsiyalarni
amalga oshirish va soxta bitimlar tuzish yo‘li bilan soliq to‘lashdan
bo‘yin tovlash soliqqa oid qonunbuzilishlarning asosiy shakllari
hisoblanadi.
Soliqqa oid qonunbuzilishlar davlat byudjetining daromadlari hajmiga
bevosita ta’sir qiladi, chunki davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi
soliq tushumlaridan iboratdir. Bundan tashqari, soliqqa oid qonunbuzilishlar
iqtisodiy taraqqiyotga ham kuchli tarzda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
ta’sir davlat tomonidan soliq stavkalarining oshirilishida, yangi soliq
turlarining joriy etilishida va byudjet xarajatlarini moliyalashtirish
maqsadlariga bank tizimi kreditlarining keng ko‘lamda jalb qilinishi orqali
inflyatsiyaning va byudjet xarajatlarining oshishida namoyon bo‘ladi.
Soliq ilmining taniqli namoyondalari G.Stayn, M.Bernst,
A.Lafferlar soliqlar soliq to‘lovchilarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy
zarar etkazmasliklari, ularning ishlab-chiqarishdan manfaatdorliklarini
pasaytirmasliklari lozim, degan xulosaga kelishgan. Ularning fikriga
ko‘ra, yuqori soliqlar ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning soliq
to‘lashdan keyin qoladigan mablag‘lar hisobidan oladigan ijtimoiy
to‘lovlar summasini sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi. A.Laffer
va ularning tarafdorlari chegaraviy (mukammal) soliq stavkalarining
muhimligini e’tirof etganlar, chunki bu stavkalar qo‘shimcha jamg‘arma
71
O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi: XIX chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI
sessiyasida 1992 yil 8 dekbrda qabul qilingan. –T.: O'zbekiston, 1998. 18-bet
308
va investitsiyalash xususida qarorlar qabul qilishga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
72
Soliqqa tortishning progressiv stavkalari va davlat byudjeti
daromadlarining miqdori o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni tahlil qilar
ekan, A.Laffer, soliqlarning kamayishi tadbirkorlarning investitsion
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldi.
A.Lafferning fikriga ko‘ra, agar muvaffaqiyatli ishlayotgan bozor
yuqori va progressiv soliqlar shaklidagi tobora kuchayib borayotgan
diskriminatsiyaga duch kelsa, u holda xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy
faolligi pasayadi. Soliq stavkalarining o‘sishi o‘zlarining ma’lum
darajasigacha soliq tushumlarining o‘sishini rag‘batlantiradi, keyin esa
bu o‘sish sekinlashadi va pirovard natijada, davlat byudjeti
daromadlarini keskin tarzda kamayishi yuz beradi.
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan soliq tizimlarini shartli ravishda
ikkiga bo‘lish mumkin.
1) Amerikacha soliq tizimi.
2) Shvedcha soliq tizimi.
Soliq tizimining Amerika modeli tadbirkorlarga soliq taz’yiqining
minimal darajasiga asoslanadi. Ammo bunda tadbirkorlarning ixtiyorida
ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun
zarur bo‘lgan sezilarli darajadagi mablag‘lar qoladi. Shvetsiyada soliqlar
darajasi Evropadagi boshqa davlatlardagi soliqlarga nisbatan sezilarli
darajada yuqori, ammo Shvetsiyada aholini ijtimoiy himoyalash
tizimining dunyodagi eng barqaror turi mavjuddir. Ayni vaqtda, shuni
e’tirof etish lozimki, Shvetsiyada keyingi vaqtlarda soliq yukining
og‘irligi tufayli salbiy iqtisodiy holatlarning yuzaga kelayotganligi bir
qator iqtisodchi-olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda.
73
Shvetsiyada
ishlab chiqaruvchilar soliq yukining og‘irligi hisobidan ijtimoiy
dasturlarni moliyalashtirish va milliy iqtisodiyotning barqarorligini
ta’minlash masalasi muvaffaqiyatli tarzda hal etilmoqda, ammo ishlab
chiqaruvchilarning mehnatdan manfaatdorligining pasayayotganligi,
kapitalning mamlakatdan chiqib ketish jarayonlari kuchayayotganligi
sezilmoqda.
72
Макконелл
К
.
Р
.,
Брю
С
.
Л
.
Экономикс
:
Принципы
,
проблемы
и
политика
.
В
2
Т
.
Пер
.
с
анг
. II-
го
изд
.
Т
1. –
М
.:
Республика
, 1993.
С
.356
73
Нечаев
А
.
Налоговая
система
подталкивает
бизнес
к
уходу
в
теневой
сектор
. //
Финансовые
известия
, 1995.
№
56.
С
.4
309
Hozirgi vaqtda xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyati ko‘proq
baynalminal xarakterga ega bo‘lib, bu holat tovarlar, mehnat
resurslarini, moliyaviy va real investitsiyalarni doimiy ravishda bir
davlatdan ikkinchi davlatga o‘tishini ta’minlamoqda. Bu tendensiyani
kelgusida yanada kuchaytirishni tasdiqlovchi zaruriy dalillar mavjud.
Iqtisodiy faoliyatning baynalminallashuvi turli soliq tizimlariga ega
bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida amalga oshmoqda. Shunga muvofiq, bu
mamlakatlar amalga oshirayotgan soliq siyosatining xususiyatlaridan
kelib chiqqan soliq yukining darajasi bo‘yicha ham bir-biridan keskin
farq qiladi. Soliqqa tortishning past darajasiga ega bo‘lgan har qanday
davlat investitsiyalarni joylashtirish uchun nisbatan jozibador
hisoblanadi. Shu munosabat bilan ayrim xorijiy iqtisodchi-olimlar
kapitallarni jahon miqyosida samarasiz taqsimlash tendensiyasining
kuchayayotganligidan tashvishga tushmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra,
kapitallarni jahon miqyosida taqsimlashning asosiy mezoni bo‘lib,
investitsiyalarning soliqqa tortishgacha bo‘lgan daromadlilik miqdori
emas, balki u yoki bu mamlakatda soliq yukining darajasi
hisoblanmoqda.
74
Shunday qilib, soliq stavkasining ma’lum darajaga etishi ishlab
chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan rag‘batni so‘ndiradi, soliqqa tortish
bazasiga kiruvchi daromadlarning ma’lum qismini xufiyona
iqtisodiyotga o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi.
A.Laffer nazariyasini tanqidiy jihatdan o‘rganish natijalari shuni
ko‘rsatadiki, unda soliq standartining qabul qilinishi bilan uni amalga
oshirish o‘rasidagi farq hisobga olinmagan.
A.Laffer nazariyasining ikkinchi kamchiligi shundan iboratki,
soliqlarning kamayishi taklifga qaraganda talabga ko‘p ta’sir ko‘rsatadi,
bu esa dastlab yirik byudjet defitsitini yuzaga keltiradi, keyin esa
inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi.
A.Laffer nazariyasining uchinchi kamchiligi shundan iboratki, egri
chiziqning aynan qaysi nuqtasida soliqlarni kamaytirish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilingan paytda iqtisodiyot normal holatga tushishini bilib
bo‘lmaydi .
Umuman olganda soliqqa oid qonunbuzilishlar va soliq tizimi
o‘rtasida ikkiyoqlama aloqadorlik mavjuddir. Bir tomondan soliq
74
Tanzi V. Taxation an Integrationg World. –Washington.: The Brooklngs Institut, 1995. p.134; Farmer P., Lyal R.
EC Tax Law.-Oxford.: Clarendon Press, 1994. p. 297
310
yukining og‘ir ekanligi, soliqqa oid qonunbuzilishlarning kuchayishi
uchun zamin yaratsa, ikkinchi tomondan, soliq to‘lovchilarning nohalol,
nopok ekanligi hamda ularda moddiy boylikka ruju qo‘yish
kayfiyatining kuchayishi soliqqa oid qonunbuzilishlarni yuzaga keltirish
orqali soliq tizimi holatining yomonlashuviga olib keladi.
Xufiyona iqtisodiyot va soliqqa oid qonunbuzilishlarni o‘rganishga
bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, soliqqa
oid qonunbuzilishlar xufiyona iqtisodiyotning yadrosini, ya’ni o‘zagini
tashkil qiladi. Qonunda ko‘zda tutilgan soliq majburiyatlarini
bajarishdan ongli ravishda bo‘yin tovlash soliq qonunbuzilishlarining
mohiyatini tashkil qiladi.
75
M.Gurovning fikriga ko‘ra, soliqqa oid jinoyatlar iqtisodiy
jinoyatchilikning tarkibiy qismi hisoblanadi va xufiyona iqtisodiyotning
yanada rivojlanishi uchun moddiy zamin yaratadi.
76
Soliq qonunchiligini buzish hollarining ko‘payishi nafaqat soliq
yuki darajasining oshishiga, balki soliq yukining soliq to‘lovchilar
o‘rtasida noteng taqsimlanishiga ham bog‘liqdir.
Klassik iqtisodchi olimlardan biri, soliqqa tortish nazariyasining
asoschisi A.Smit 1776 yilda o‘zining «Xalqlar boyligining tabiatlari va
sabablari» nomli kitobida soliqqa tortishning quyidagi tamoyilini
shakllantirdi: aniqlik, qulaylik, tejamkorlik, adolat tamoyillari. Soliqqa
tortishning adolat tamoyiliga muvofiq, davlatning har bir fuqarosi davlat
xarajatlarini moliyalashda o‘zining daromadlari va imkoniyatlaridan
kelib chiqqan holda qatnashishi shart. Iqtisodiy nuqtai-nazardan olib
qaraganda, adolat tamoyili davlatning soliqlari va xarajatlari soliq yukini
ba’zi odamlar zimmasiga yuklash va undan boshqa odamlarning
foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan daromadlarni taqsimlashga ta’sir
ko‘rsatadi.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda mazkur tamoyillarning ikki jihati
mavjud: gorizontal va vertikal. Gorizontal adolatlilik tamoyiliga ko‘ra
soliq to‘lovchilar teng mavqega egadirlar va shu sababli bir xil miqdorda
soliq to‘lashlari kerak. Ushbu tamoyil asosida «undiriladigan soliqlar
summasi to‘lovchilarning daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yo‘naltirilganligi haqida»gi g‘oya yotadi. Vertikal adolatlilik tamoyiliga
75
Макаров
Д
.
Г
.
Уголовный
кодекс
в
борьбе
с
теневой
экономикой
.
Проблемы
и
перспектива
. //
Налоговый
вестник
. 2000,
№
1.
С
.120
76
Гуров
М
.
П
.
Теневая
экономика
:
сущность
,
структура
и
особенности
проявления
в
условиях
перехода
к
рыночной
экономике
в
России
:
Автореферат
канд
.
экон
.
наук
. –
СПБ
, 1998.
С
.14
311
ko‘ra esa, soliq to‘lovchilar o‘zaro noteng mavqega egadirlar, shuning
uchun ular bir xilda soliq to‘lamasliklari lozim. Boshqacha qilib aytganda,
ushbu tamoyilga ko‘ra, «davlatdan kim ko‘p mablag‘ yoki ne’matlar
olayotgan bo‘lsa, o‘sha ko‘proq soliq to‘lashi kerak».
V.Petti o‘zining «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» nomli
asarida ta’kidlaydiki, «aholining soliqlarni to‘lashni xohlamasligi
soliqlarning noteng undirilishi va taqsimlanishidadir».
Taniqli rus iqtisodchi-olimlaridan biri A.Turgenev soliqqa
tortishning asosiy qoidalaridan biri sifatida soliqlarni teng taqsimlashni
taklif qiladi. Uning fikriga ko‘ra, soliq to‘lovchilar o‘rtasida soliqlarni
teng taqsimlash soliq to‘lovchilarning daromadlariga mos kelishi kerak.
Butun boshli «xalq sinflarini» soliq to‘lashdan ozod etish mumkin emas.
Shuni ta’kidlash joizki, respublika miqyosida va mahalliy miqyosda
qo‘llaniladigan ko‘plab soliq imtiyozlari soliq yukini murakkablashtiradi.
Bunday imtiyozlardan jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lum toifalari
foydalaniladilar. Natijada undirilmagan soliq summalari soliq
imtiyozlaridan foydalanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga
yuklatiladi. Buning psixologik jihati shundaki, korxonalarning rahbarlari
nima uchun boshqalar to‘lamaydigan soliqni biz to‘lashimiz kerak degan
xulosaga keladilar. Bu xulosa amaliyotda soliq to‘lovchilar tomonidan
qonunchilikni buzgan holda soliq to‘lovlarini minimallashtirishga urinishni
yuzaga keltiradi.
Rivojlanayotgan davlatlarning soliq tizimiga xos bo‘lgan muhim
xususiyatlardan biri shundaki, ularda xo‘jalik subyektlarining soliq
to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari davlat byudjeti xarajatlarini
moliyalashtirish muammosini yuzaga keltiruvchi omil darajasiga
ko‘tarilgan. Masalan, Rossiyalik iqtisodchi V.Zyabrikovning fikriga
ko‘ra, «Rossiya Federatsiyasida soliqlar bo‘yicha undirilmagan summa
taxminan soliq to‘lovlari miqdoriga to‘g‘ri keladi, bu esa Rossiya soliq
tizimini boshqarib bo‘lmaydigan holatga yaqinlashtiradi».
77
Boshqa iqtisodchi-olimlarning fikriga ko‘ra, daromadlarni yashirish va
soliqqa tortishning boshqa obyektlarini noto‘g‘ri ko‘rsatish natijasida
mamlakat yig‘ma byudjetiga har yillik soliq tushumlarining 30 foizdan 50
foizgacha bo‘lgan qismi tushmayapti.
78
77
Зябриков
В
.
В
.
Налоговое
планирование
-
как
способ
согласования
интересов
фирмы
и
государства
.
Автореферат
дис
.
кан
.
экон
.
наук
. –
СПб
., 1997.
С
.7
78
Пансков
В
.
Г
.
Налоговое
бремя
в
российской
налоговой
системе
. //
Финансы
. –1998.
№
11.
С
.20
312
O‘zbekiston Respublikasida vaqtida undirilmagan soliq
tushumlarining davlat byudjetining jami daromadlariga nisbatan
salmog‘i o‘rtacha 24,0 foizni tashkil qiladi.
79
Soliqqa oid qonunbuzilishlarning tipik ko‘rinishlaridan biri – xo‘jalik
subyektlari tomonidan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan, soliq
inspeksiyalariga soliq hisobini, balans hisobotlarini topshirmasdan moliya-
xo‘jalik faoliyatini yuritish hisoblanadi. Ayrim hollarda soliq organlariga
subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini mavjud emasligidan guvohlik
beruvchi tegishli soliq hisobi, balans hisobotlari topshiriladi. Ammo,
ko‘pincha, soliq organi xodimlari tomonidan joyiga borib hujjatli tekshirish
o‘tkazilganda subyektlar tomonidan mavjud faoliyatning haqiqatda
bo‘lganligi aniqlanmoqda.
Soliqqa oid qonunbuzilishlarning keng tarqalgan turlaridan biri
bo‘lib, noqonuniy xarakterdagi operatsiyani korxonaning buxgalteriya
hujjatlarida aks ettirilmasligi hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad
amalga oshirilgan hisob-kitoblarni imkoniyat qadar ishonchli tarzda
yashirish hisoblanadi. Bunda hisobga olinmagan naqd pul mablag‘lari
vositasida hisoblashish keng tarqalgan. Ko‘pchilik hollarda naqd pullar
ulgurji va chakana savdo o‘rtasidagi munosabatlarda hisobdan chiqib
qoladi. Chunki, bu yerda soxta hujjatlarning asosiy qismi yuzaga keladi.
Ulgurji-chakana tijorat sohasidagi korxonalar o‘rnatilgan kassa
limitidan ortiqcha xarajat qilishga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridgi pul-kredit komissiyasi tomonidan naqd pulda
to‘lovlarni amalga oshirish ruxsat etilmagan operatsiyalarni bajarishga
yo‘l qo‘yadilar, ular ko‘pchilik hollarda olingan naqd pullarni kassaga
kirim qilmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining nazorat-kassa
mashinalarini chakana savdo tizimida qo‘llash va kassa intizomiga rioya
etish xususidagi bir qator qarorlari va ko‘rsatmalari mavjud bo‘lishiga
qaramasdan, chakana savdo shaxobchalarida nazorat-kassa
mashinalarini to‘liq joriy etish imkoni bo‘lmayapti. Ayniqsa, tovarni
bevosita omborxonadan oladigan chakana savdo korxonalari bo‘yicha
bu jarayonni nazorat qilish samarasiz hisoblanadi.
Keyingi vaqtlarda amaliyotda yirik sanoat korxonalari tomonidan
pul mablag‘larini sho‘ba korxonalari orqali noqonuniy tarzda
o‘zlashtirish hollari uchramoqda. Bunda korxona o‘ziga tegishli pul
79
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yillik hisobot ma'lumotlari asosida hisoblangan.
313
mablag‘larining ma’lum qismini sho‘ba korxonasining hisob-raqamiga
o‘tkazadi. O‘z navbatida, mazkur shu’ba korxonasi pul mablag‘larini
soxta shartnomalar orqali xorijiy davlatlarga o‘tkazib beradi yoki soxta
kirim-chiqim hujjatlari orqali naqd pulga aylantiriladi va o‘zlashtiriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida hozirga qadar barter
bitimlarining hisob-kitoblar hajmidagi salmog‘i yuqoridir. Bu holat
soliqni to‘lamaslik uchun muhim zamin yaratadi. O‘zbekiston
Respublikasida korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida barter asosida
hisoblashish amaliyotiga chek qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasida veksellar muomalasi vaqtinchalik
to‘xtatilgan, lekin Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Ukraina davlatlarida
veksellar muomalasi mavjud bo‘lib, u soliq to‘lovlariga salbiy ta’sir
qilmoqda. Buning boisi shundaki, veksel yuridik shaxslar o‘rtasida hamda
yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida o‘zaro hisoblashish shakli bo‘lib,
ko‘pchilik hollarda soliqqa tortish bazasining kamayishiga, soliqqa oid
qonunbuzilishlarning ko‘payishiga olib keladi. Soliqqa oid
qonunbuzilishlarning kuchayishi va byudjet daromadlarining miqdori
o‘rtasidagi ikkiyoqlama xarakterga ega bo‘lgan bog‘liqlik soliqlardan ongli
ravishda bo‘yin tovlash holatlariga ilmiy asosda baho berish zaruriyatini
yuzaga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |