303
Boshqa motorli
transport vositalari
16
13
9
III
"O'zavtoyo‘l" AJ korxona va tashkilotlari mol-mulkini
sotib olishdan tushgan mablag‘larning byudjetga tushishi
lozim bo‘lgan umumiy summasidan ajratmalar (%)
50
Izohlar:
1. O'zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xorijiy davlatlarning
og‘ir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalari o‘tganligi
uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha yig‘im
to‘lanishi bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvardagi 11-son
qarori bilan belgilangan miqdorlarda to‘lov undiriladi.
2. O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan
Davlat chegarasini kesib o‘tadigan xorijiy yuk avtotransport vositalari va
avtobuslarning O'zbekiston Respublikasi hududiga
kirishi va u orqali
tranzit o‘tishi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha
yig‘im to‘lanishi bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 dekabrdagi 274-son
qarori bilan belgilangan miqdorlarda yig‘imlar undiriladi.
3. O'zbekiston Respublikasiga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib
o‘tishda va O'zbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda
Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan qo‘shimcha ravishda
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 28
sentyabrdagi 447-son qaroriga muvofiq 175 AQSh dollari miqdorida
yig‘im undiriladi.
4. Gumanitar yuklarni olib o‘tishda avtotransport vositalarining olib
kirilishi va tranzitida undiriladigan yig‘imlar stavkasiga nisbatan 0,5
kamaytiruvchi koeffitsienti qo‘llaniladi.
5. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasida
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi
hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar
ozod qilinadilar:
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga
moslashtirilgan engil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi
barcha guruhlardagi nogironlar;
yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros
asosida
avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar.
304
faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun
hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi
litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalari - yo‘lovchilar
tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil
avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);
yuridik shaxslar - qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan
kon avtosamosvallari bo‘yicha;
homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib
olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron
bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun
internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan
tibbiyot
muassasalari;
yuridik shaxslar - avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga
bepul
o‘tkazishda;
qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan
huquqiy voris;
avtotransport vositalarini yuqoridagi 6.3.1-jadvalning 3-5-
bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi
lizing beruvchilar.
Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston
Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im ular
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda
quyidagi hollarda undiriladi:
avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul
berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav
kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar
sifatida olinganda;
avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda. Yig‘im
taraflarning yozma kelishuviga ko‘ra lizing
beruvchidan yoki lizing
oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston Respublikasining
norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing
shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi
lizing) shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta
ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;
305
avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga
vaqtinchalik olib kirilganda.
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi
hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘langanligi
to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan holda
avtotransport vositalarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki texnik ko‘rikdan
o‘tkazish amalga oshirilmaydi.
Chet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi
hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun
yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi
hududiga kirayotganida undiriladi.
Dostları ilə paylaş: