351
GLOSSARIY
Aksioner
– aksionerlik jamiyatining aksiyalariga egalik
qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Aksiyalar turli shakllarda
bo‘lishi mumkin.
Aksiya
– aksionerlik jamiyatining
kapitaliga hissa
qo‘shilganligi to‘g‘risida guvoxlik beruvchi qimmatbaho qog‘oz.
Aksiya o‘zining egasiga dvident shaklida foydani bir qismini olish
(o‘zlashtirish) huquqini beradi.
Amortizatsiya
– kelgusida asosiy fondalarni to‘liq qayta tiklash
uchun pul mablag‘larini jamg‘arish va
ularning qiymatini tiklash
maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatga asolsiy
ishlab chiqarish fondlarining qiymatining ularning eskirishiga qarab
o‘zluksiz o‘tkazish jarayoni. Ishlab chiqarish
jarayoni va tashqi
muhitning ta’siri natijasida asosiy fondlar asta-sekinlik Bilan
eskiradi, ularning moddiy va ma’naviy eskirishi sodir bo‘ladi.
Bunda mehnat vositalarining qiymati uzluksiz qismlarga bo‘linib,
amortizatsiya hisoblash yo‘li Bilan normativ xizmat qilish muddati
davomida tayyor mahsulotga o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: