17
imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-
kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat.
Soliq hisobi
soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq
to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday
bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Soliqlarni hisoblash jarayonini
axborot bilan ta’minlash
funksiyasi
ham
muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya
orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli
tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga
sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir.
Shunday
qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson
kechadi.
Soliq funksiyalarining qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya
resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni
ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha
muhim vazifalarni bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini
belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud. O‘zbekiston
Respublikasi
iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o‘rnini
belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya
qilishning zarurligi.
Ma’lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish
va davlat qurilishini amalga oshirish mamlakatimiz birinchi Prezidenti
I.Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi.
Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir.
Bozor
munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam
ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi
kerak.
Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotida eng asosiy
tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan
keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi
tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu,
eng avvalo, uning mamlakatga
chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston
Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini
o‘tamoqda.
Dostları ilə paylaş: