15
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat
qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq
mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy,
qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy
yondashishdan kelib chiqib soliqlarning funksiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida
katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas.
Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi,
nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi.
Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini
ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
soliqning fiskal, tartibga solish, rag‘batlantirish,
nazorat, soliqni hisoblash jarayonini axborot
bilan ta’minlash funksiyasi.
Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha
«fiscus» so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu
funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning
moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun
moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar
daromadining bir bo‘lagini, davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini,
umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib
olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish –
soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati
oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-
texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar
hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini
ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy
tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq
sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini
bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg‘arish
jarayoniga xalal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda
iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.
Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari
davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni
investitsiyalashga yo‘naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar
uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun
progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam
Dostları ilə paylaş: