18
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit
vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi
kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi «Qishloq xo‘jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etish
to‘g‘risida»gi PF-2086-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi «Qishloq xo‘jaligi
tovar ishlab
chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining muvaqqat bazaviy
stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq
xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan
tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga byudjetga 1999-yilning 1-
yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini
belgilovchi asosiy omillardan yana biri - hozirgi kunda ko‘payib
borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va
yuridik shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq
to‘lovini yuzaga keltirish.
Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik
faoliyatining keng quloch yoyishi va xususiylashtirish
jarayonlarining
chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi.
Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa
mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq mexanizmi
yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy
xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-
apreldagi «Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish
tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida» 159-sonli qaroriga muvofiq kichik
korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o‘rniga
byudjetga ixchamlashtirilgan soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi.
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ixchamlashtirilgan soliq
tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat tomonidan
ko‘rsatilgan katta yordam bo‘ldi.
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi
bosqichlarida ushbu
rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni
bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga
xizmat qiladi. Shunday ekan soliqlarning funksiyalari va vazifalari
o‘rtasidagi aniq farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini
tashkil etish mobaynida bu chegaralarni asoslashni qayd etib o‘tish
lozim.
19
Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq
qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy
soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy
moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning
fiskal funksiyasi
ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal
qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan
bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskal
funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi
faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab
chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning
ortiqcha moliyaviy
resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.
Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga
ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifani
bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri
shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar
sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi
foyda me’yorining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni
bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli
vositasi bo‘lishi kerak.
Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli
barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi.
Chunki ular aholi
daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.
Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini
sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy
oqibatlarning oldini olishi mumkin. XX asrning 70–80-yillarida
Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv
ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon
migratsiyasiga olib kelgan.
Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni
taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o‘rtasidagi
muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va
moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi
soliqlarning uzoq muddatli
vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy
investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining
soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari
barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliqqa tortish
tizimida mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli
investitsiyalarning harakati susayadi.
Soliqlarning byudjetga ijobiy ta’siridan tashqari muhim iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan
faol foydalanish
20
mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning
erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi yangi paydo bo‘lgan
tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini
yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo‘li
orqali hal etish mumkin.
Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish
muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarga
bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Soliqlar
nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni
qondirishga, balki davlat daromadlarini byudjetning o‘rta muddatli
rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga
oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: