16
daromad oladigan qismini ijtimoiy
himoya qilish maqsadida
daromadlarning bir qismi qayta taqsimlanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi
va rivojlanishi sharoitida soliqlarning
ikkinchi muhim funksiyasi ularning
iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli
hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar ishlab
chiqarish va
sotish, ishlar bajarish hamda xizmatlar ko‘rsatishning iqtisodiy shart-
sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy
faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi.
Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni
muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki
jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul
bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi,
shuningdek, aholining to‘lovga qobil
talabini kengaytiradi yoki
kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati
bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni
ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda
qoladi, korxonalar faoliyatini
farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar
yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot»
tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy
faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini
jamiyat uchun maqbul
bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
Rag‘batlantirish funksiyasi
soliq
tizimining eng muhim funksiyalaridan biri
bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga,
moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat
resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga
rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali
ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga
va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi.
Soliqlarning
rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini
ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani
kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona
soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.
Soliqlarning
nazorat funksiyasi soliq
to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa
tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza,
Dostları ilə paylaş: