Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Manbalar turli zamonlarda Qohirada bir necha Usmon Mushaflari bo‘lganligidan xabar 
beradi. Tarixchilar Mushaflarning qanday qilib Misrga kelib qolganini bayon qiladilar va 
ularning Usmon (r.a.) har xil yurtlarga yubortirgan Mushaflari ekanligini quvvatlaydilar. 
Aziz o‘quvchi, ehtimol siz shunday muqaddas Mushafi sharif podshohlar xazinasidan 
chiqarib, hadya qilib yuborilishiga ishonmassiz. Lekin, o‘sha paytda Oltin O’rda va Misr 
mamlakatlari orasida mustahkam aloqa, chinakam do‘stlik o‘rnatish naqadar zarur edi, 
chunki, o‘sha paytda qonxo‘r Helaku Misrdan o‘ch olish uchun va Islom yurtlarini yana 
bir marta talon-taroj qilish uchun Rum bilan ittifoq tuzgan edi. Buning aksi o‘laroq, 
Baraka xon Allohning hohishi bilan Islomga kirgan va unga nihoyatda muhabbat qo‘ygan 
bo‘lib, Helakuga xavf solib turar edi. Shuning uchun u yuqorida zikr qilingan 
qimmatbaho va qadrli hadyaga loyiq edi. Bu rivoyat mantiqqa to‘g‘ri keladi va undan 
qalb taskin topadi. 
Yuqorida shayx Murod Ramziy, ushbu mushaf Bosh Mushaf ham emas, har xil 
o‘lkalarga yuborilgan Usmon Mushaflarining biri ham emas, degan Marjoniyning fikrini 
rad etgani aytildi. Bunda u Abu Ubayd rivoyatiga qarshi chiqqan ulamolarning so‘zlarini 
dalil qiladi. (3-rivoyatga qaralsin). 
To‘rtinchi. Samarqand ulamolari, shu jumladan elchi Yahyo Xo‘ja Buxoriyning 
Mushaf Amir Temur xazinasidan yoki kutubxonasidan chiqqan, degan bayonlari. Ikkinchi 
rivoyatda Amir Temur uni Basradan olib Samarqandga keltirgan, deyiladi. Agar Amir 
Temurning shon-shavkati, qudrati, uning tutgan mavqeini hisobga olsak, bu rivoyat ham 
haqiqatga to‘g‘ri keladi. Chunki, Mushafi Usmoniydek oliy iftixor manbai Temurning 
mulkidan chetda qolishi mumkin emas edi. O’sha ulamolarning e’tiroficha, bu Mushaf 
Samarqandda to‘rt yuz yildan beri mavjud bo‘lgan. 
Beshinchi. Xo‘ja Ahror valiy muridlari Sulton Boyazidni davolab, evaziga Usmoniylar 
xazinasidagi Mushafni olib kelgan, degan rivoyat. 
Oltinchi. Mushafni shayx Abu Bakr Qaffol Shoshiy Bag‘dod xalifalari xazinasidan olib 
kelganligi haqidagi rivoyat. Bu rivoyatni shayx Muhammad qozi Shoshiy (Xo‘ja Ahrorning 
xalifalaridan bo‘lib, Toshkent shahrining qozisi edilar. Qozilik ishlarini yuritib turgan 
masjid hozir ham bor. Bir necha ahli ilm oilalar o‘zlarini u kishiga mansub deb 
sanaydilar) o‘zlarining. «Silsilatul-Orifin» nomli kitoblarida keltirganlar. Taajjublanarli 
joyi shuki, shayx Xo‘ja Ahrorning xalifalari bo‘lishliklariga va mazkur kitob Xo‘ja 
Ahrorning manoqiblari to‘g‘risida bo‘lishiga qaramasdan, Mushafi Usmoniy to‘g‘risida gap 
ketganda Xo‘ja Ahrorni zikr qilmaydilar, balki uni Imom Qaffol Kabiri Shoshiy olib 
kelganlar, deydilar. Shayx Muhammad qozi, shuningdek, «Mushaf Imom Qaffol 
zamonlarida Toshkentda mavjud edi. Xorazmshoh Toshkent shahrini xarob qilgan 
kezlarda, u Abu Muso mahallasida saqlanar edi. Shundan keyin g‘oib bo‘lgan», deydilar. 
Agar Mushaf qozi Muhammad zamonlarida mavjud bo‘lib, Xo‘ja Ahror uni Samarqandga 
olib ketganlarida, qozi Muhammad buni Xo‘ja Ahrorning manoqiblari sifatida, albatta, 
zikr qilgan bo‘lar edilar. 
Menga Toshkent ulamolaridan Fozilxo‘ja domla janob muftiy Ziyouddinxonning 
otalari, shayximiz, marhum Eshon Boboxon hazratlaridan shunday naql qildilar: “Hozirgi 
kunda mazkur mahalla imom Qaffol Shoshiy maqbaralari yaqinidagi Qa’ni mahallasidur. 
Mushaf shu mahallaning hozir mavjud bo‘lgan masjidida saqlangan”. 
Yana ajablanarli narsa shuki, shayx Ali bin Husayn Koshifiy Xo‘ja Ahror manoqiblari 
haqida katta bir kitob tasnif qilib, Mushafi Usmoniy haqida biror og‘iz gap aytmaganlar. 
Vaholanki, Koshifiy u zotning xizmatlarida mulozim bo‘lib, shayxning holatlariga tegishli 
har bir katta-yu kichik voqealarni sanab o‘tganlar. Mushafi Usmoniydek iftixorga bois 
shunday ulug‘ mulkni aytmay o‘tishlari ehtimoldan nihoyatda uzoq. 
Bunday ulug‘ meros u kishiga va Xo‘ja Ahrorning boshqa yaqinlariga maxfiy bo‘lishi 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin