www.ziyouz.com kutubxonasi
99
Zalda yana darg‘azab shovqin ko‘tarilipti. Shovqin gingach esa artist gap boshlapti:
— Mana shunaqa lafontenona* masallar ham ijro etilib turadi bu yerda! To‘rt yuz dollarni tashlab
ketishganmish! Mana, sizlar hammangiz valyutafurushlarsiz! Sizlar — mutaxassislarsiz, qani ayting-
chi — shunday bo‘lishiga aql bovar qiladimi?
— Biz valyutafurushlarmasmiz, — zalning u yer-bu yeridan bitta-yarimta ovoz eshitilipti, — lekin
chindanam bunday bo‘lishi mumkin emas.
— To‘la-to‘kis qo‘shilaman, — depti artist qat’iy ohangda, — binobarin, sizlarga savolim bor:
masalan, iimani tashlab ketishlari mumkin?
— Bolani! — deb qichqiripti kimdir zaddan.
— Mutlaqo to‘g‘ri, — deb tasdiqlapti artist, — bolani, yumaloq xatni, proklamatsiyani, belgilangan
vaqtda portlaydigan bombani, yana ko‘p narsalarni tashlab ketishlari mumkin, ammo to‘rt yuz dollar
pulni hech kim tashlab ketmaydi, zero tabiat hech qachon yaratmagan unaqa ahmoqni, — shundan
keyin artist Nikonor Ivanovichga yuzlanib, ma’yus malomat bilan ilova qilipti: — siz meni
ranjitdingiz, Nikonor Ivanovich! Sizdan juda umidvor edim. Qisqasi, nomerimiz o‘tmadi.
Zalda Nikonor Ivanovichga qarata hushtak chala boshlashipti.
— Uchiga chiqqan valyutafurush u! — deb baqirisharmish zaldan, — mana shunaqalarning kasriga
qolib biz begunohlar azob chekyapmiz!
— Koyimanglar uni, — muloyim ohangda depti konferanse, — o‘ziyam pushaymon bo‘lyapti. —
So‘ng u g‘ilt-g‘ilt yosh to‘la ko‘m-ko‘k ko‘zlarini Nikonor Ivanovichga qaratib, ilova qilipti: — Mayli,
bora qoling joyingizga, Nikonor Ivanovich!
Shundan keyin artist qo‘ng‘iroqchani chalib, baralla ovoz bilan e’lon qilipti:
— Tanaffus, ablahlar!
Hech kutilmaganda bu notanish teatr programmasida qatnashib, esi og‘ib qolgan Nikonor Ivanovich
o‘zini yana boyagi poldagi o‘rnida ko‘ripti. Endi uning tushiga butun zalning zim-ziyo bo‘lgani,
devorlarda: «Valyutalarni topshiring!» — degan qizil so‘zlar yona boshlagani kiripti. Keyin yana parda
ochilib, konferanse:
— Sahnaga Sergey Gerardovich Dunchilni taklif qilaman, — depti.
Dunchil degani ellik yoshlardagi xushbichim, ammo judayam irkit odam emish.
— Sergey Gerardovich, — deb yuzlanipti konferanse shu odamga, — mana, bir yarim oydirki,
qo‘lingizda qolgan valyutalarni topshirishdan qat’iyan bosh tortib bu yerda qiynalib o‘tiribsiz, holbuki,
mamlakat ularga muhtoj, sizga esa ularning aslo hojati yo‘q, shunga qaramay, siz qaysarligingizni
qo‘ymayapsiz. O‘zingiz ziyoli odamsiz, hamma narsaga juda yaxshi tushunasiz-u, shunga qaramay,
menga yordam qilishni xohlamayapsiz.
— Taassufki, hech ilojim yo‘q, zero menda boshqa valyuta qolmagan, — deb bamaylixotir javob
qilipti shunda Dunchil.
— X,ech bo‘lmasa, brilliantlaringiz bordir? — deb so‘rapti artist.
— Brilliantlar ham yo‘q.
Artist boshini xam qilgancha bir oz o‘ylanib turipti-da, keyin bir marta chapak chalipti. Sahnaning
yon tomonidan moda bo‘yicha kiyingan, ya’ni yoqasiz palto va kichkinagina shlyapa kiygan o‘rta
yoshlardagi bir xonim chiqipti. U juda tashvishli ko‘rinarmish, Dunchil bu xonimga sovuqqina qarab
qo‘yipti.
— Kim bu ayol? — deb so‘rapti artist Dunchildan.
— U mening xotinim, — deb viqor bilan javob qaytaripti Dunchil va xonimning uzun bo‘yniga
xiyol ranj bilan tikilipti.
— Biz sizni, Dunchil xonim, — deb yuzlanipti konferanse xonimga, — bir masala yuzasidan
bezovta qilishga jur’at etdik: biz sizdan, eringizda yana valyuta bormi, deb so‘ramoqchi edik.
— O‘shanda u hammasini topshirgan edi, — hayajonlanib javob qilipti Dunchil xonim.
— Yaxshi, — depti artist, — hay, unday bo‘lsa, yaxshi. Agar hammasini topshirgan bo‘lsa,