Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
98
kattalashtirilgan tasviri har yer-har yerida xuddi yulduzlar singari porlab turgan to‘q-qizil duxoba parda 
ham, suflyor budkasi ham, hattoki tomoshabinlar ham bor emish. 
Nikonor Ivanovichni hayron qoldirgan narsa shu bo‘libdiki, hamma tomoshabinlar bir jins vakili — 
erkaklarmish, buning ustiga, negadir, hammalari soqollimish. Yana zalda bironta ham stul yo‘qligi, 
tomoshabinlarning yaraqlatib artilgan silliq polda o‘tirgani uni taajjubga solibdi. 
Nikonor Ivanovich bu ulkan notanish jamoa davrasida o‘zini o‘ng‘aysiz his qilib, bir oz vaqt 
qimtinib turipti-da, so‘ng hamma qatori u ham xirs-mirsday keladigan bir mallasoqol odam bilan 
hammayog‘ini tuk bosib ketgan rangpar bir grajdanin o‘rtasiga, parket polga chordana qurib o‘tiripti. 
Lekin hech kim bu yangi tomoshabinga parvo ham qilmapti. 
Shu mahal mayin qo‘ng‘iroqcha sadosi eshitilib, zalda chiroq o‘chipti, parda ochilib, charog‘on 
sahnada kreslo, ustiga oltin qo‘ng‘iroqcha qo‘yilgan stolcha va to‘rda qora duxoba parda ko‘rinipti. 
Yon tomondan sahnaga soqol-mo‘ylovi silliq olingan, sochining o‘rtasidan farq ochilgan, egniga 
smoking kiygan istarasi issiq yosh bir artist chiqipti. Tomoshabinlar jonlanishib, sahna tomonga 
o‘girilipti. Shunda artist budka yaqiniga kelib turib, kaftlarini bir-biriga ishqab: 
—O‘tiribsizlarmi? — deb so‘rapti mayin bariton ovoz bilan va jilmayib zalga qarapti. 
— O‘tiribmiz, o‘tiribmiz, — deb baravariga javob qilishipti zalda chiyillagan va do‘rillagan 
ovozlar. 
— Hm... — depti o‘ychanlik bilan artist, — tavba, jonlaringga tegmadimi-a, hayronman? Aqli raso 
odamlar hozir bahor oftobidan, iliq havodan bahra olib, ko‘chalarda sayr qilib yurishipti, senlar 
bo‘lsanglar, bu yerda, qoq yerda dimiqib o‘tiribsanlar! Nahot, programmamiz shu qadar qiziqarli 
bo‘lsa? Darvoqe, har kimning didi har xil bo‘ladi, — deb faylasufona yakunlapti so‘zini artist. 
Keyin u ovozining tembrini ham, ohangini ham o‘zgartirib, yangroq ovoz bilan sho‘x ohangda 
e’lon qilipti: 
— Shunday qilib, programmamizning navbatdagi nomerida uy boshqarmasining raisi va parhez 
oshxonasi mudiri Nikonor Ivanovich Bosoy sahnaga chiqadi. So‘raymiz, Nikonor Ivanovich! 
Artistning gapini zal gulduros qarsaklar bilan kutib olipti. Hang-mang bo‘lib qolgan Niko-nor 
Ivanovich baqrayib qolipti, konferanse esa sahna oldidagi chiroqlardan ko‘zini kafti bilan to‘sib, zalda 
o‘tirganlar orasidan uni axtarib to-pipti-da, muloyim jilmayib, barmog‘i bilan uni sahnaga imlab 
chaqiripti. Shunda Nikonor Ivanovich qanday qilib sahnaga chiqib qolganini o‘zi bilmay qolipti. 
Uning ro‘parasidagi va oyog‘i ostidagi chiroqlarning rang-barang shu’lalari ko‘ziga tushgan 
hamonoq tomoshabin to‘la zal zulmat qa’riga cho‘kib g‘oyib bo‘lipti. 
— Qani, Nikonor Ivanovich, bir o‘rnak ko‘rsating-chi, — depti dilkashlik bilan yosh artist, — 
valyutani topshiring. 
Butun zal sukutda emish. Nikonor Ivanovich bir xo‘rsinib qo‘yib, ohista gap boshlapti. 
— Xudo ursin, agar... 
U aytmoqchi bo‘lgan gapini aytib ulgurmasdan butun zal qahru g‘azab bilan shovqin sola boshlapti. 
Natijada Nikonor Ivanovich esankirab jim bo‘lib qolipti. 
— Fahmimcha, — deb gapira boshlapti programmani boshqarayotgan artist, — siz xudoni o‘rtaga 
qo‘yib, «valyutam yo‘q» deb ont ichmoqchi bo‘ldingiz, shundaymi? — U Nikonor Ivanovichga 
hamdardlik bilan boqipti. 
— Ha, shunday, yo‘q, — deb javob qilipti Nikonor Ivanovich. 
— Unday bo‘lsa, — depti artist, — beadabligim uchun kechirasiz, siz bilan xotiningizdan o‘zga 
hech kim istiqomat qilmaydigan o‘sha kvartiraning hojatxonasidan topilgan to‘rt yuz dollar qanday 
borib qolipti u yerga? 
— Sehr bilan-da! — debdi shunda kimdir qorong‘i zaldan oshkora kinoya bilan. 
— Ha, shunday, sehr bilan, — deb qo‘rqa-pisa javob qilibdi Nikonor Ivanovich, lekin kimga javob 
qilganini: artistgami yo qorong‘i zalgami — bilib bo‘lmapti. Keyin u javobini izohlapti: — Ins-jins, 
ya’ni katak kamzul kiygan tarjimon tashlab ketgan. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin