Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
111
burkab olgan tepada faqat bitta odam qolgan edi. U bejiz o‘g‘irlanmagan pichoqni silkitib, o‘ydim-
chuqur joylardan tiyg‘anib, to‘g‘ri kelgan har bir narsaga yopishib, kezi kelganda emaklab ustunlar sari 
shoshilardi. U goh quyuq zulmat qo‘ynida g‘oyib bo‘lar, goh parpiragan chaqmoq shu’lasi ostida 
ko‘zga yaqqol tashlanardi. 
Mana, nihoyat u ustunlar poyiga yetib kelib, to‘pig‘igacha suvga botgan holda, yomg‘irda bo‘kib, 
zil bo‘lib ketgan tallifini yechib tashladi, ko‘ylakchan holda Ieshuaning oyoqlaridan quchdi. Avvalo 
uning boldirini bog‘lagan arqonni kesib tashladi, so‘ng pastki to‘singa oyog‘ini qo‘yib chikdi-da, 
Ieshuaning jasadini quchoqlab turib uning yuqori to‘singa bog‘langan qo‘llarini bo‘shatdi. Yalang‘och 
va jiqqa ho‘l jasad Leviyni yerga yiqitib, ustiga bosib tushdi. Leviy shu zahotiyoq uni yelkasiga 
ortmoqlamoqchi bo‘ldi-yu, lekin ko‘ngliga bir fikr kelib, niyatidan qaytdi. U qulochi kerilgan jasadni 
chalqancha yotganda yomg‘ir suvida qoldirib, balchiqda tiyg‘anganidan oyoqlari har tomonga kerila-
kerila, boshqa ustunlar tomon yugurdi. U ustunlardagi arqonlarni ham kesib gashlagan edi, jasadlar 
yerga tushdi... 
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, tepa boshida faqat shu ikki jasad bilan uchta ustun qo‘qqayib 
qolgan edi. Jala jasadlarni savalar, sel oqizib ag‘darardi. 
Bu payt tepa boshida Leviy ham, Ieshuaning jasadi ham qolmagan edi. 
 
O‘n yettinchi bob
 
BYeHALOVAT KUN
Juma kuni, ya’ni kasofat seansning ertasi ertalab Varetening barcha mavjud xodimlari — buxgalter 
Vasiliy Stepanovich Lastochkin, ikki hisobchi, uchta mashinistka, ikkala kassir, kurerlar, 
kapeldinerlar* va farrosh ayollar — xullas, xodimlarning bari o‘z ishlari bilan shug‘ullanmasdan, 
Sadovayaga ochiladigan derazalarga o‘tirib olishib, Varete ostonasida yuz berayotgan voqeani 
kuzatishardi. Bu yerda ko‘p ming kishilik olomon ikki qator bo‘lib navbatda turar, uning oxiri Kurdin 
maydoniga yetgan edi. Olomonning eng oldida Moskva teatr muhitiga otning qashqasidek tanish 
bo‘lgan chayqovchilardan yigirmatachasi turardi. 
Navbatda turganlar nihoyatda bezovtalanib o‘tgan-ketganning diqqatini o‘ziga tortar, kechasi 
sehrgarlik seansi haqida tarqalgan g‘aroyib hikoyalarni muhokama qilar edi. Aynan shu hikoyalar 
kecha spektaklda bo‘lmagan buxgalter Vasiliy Stepanovichni qattiq esankiratib qo‘ygan edi. 
Kapeldinerlar allanimalarni, chunonchi o‘sha mashhur seans tugagandan keyin ba’zi bir ayollarning 
ko‘chada uyatli qiyofada chopib yurgani va shunga o‘xshash hokazo voqealarni hikoya qilishardi. 
Kamtarin va vazmin tabiat Vasiliy Stepanovich mana shu mo‘‘jizalar to‘g‘risidagi oddi-qochdi 
gaplarni eshitib, angraygancha faqat ko‘zlarini pirpiratardi-yu, qanday ish tutishni bilmay boshi 
qotardi, holbuki, aynan shu Vasiliy Stepanovich biror tadbir o‘ylab topishi kerak edi, chunki 
Varetening barcha xodimlari orasida eng yuqori martabadagi odam bo‘lib endi shu qolgan edi. 
Ertalabki soat o‘nga borib, biletga talabgorlar shunchalik ko‘payib, hammayoqni bosib ketdiki
ovozasi militsiyaga ham yetib borib, ko‘z ochib-yumguncha vaqt o‘tmay, teatr oldida ham piyoda, ham 
otliq rshryadlar paydo bo‘ldi va navbatda turganlar o‘rtasida ozmi-ko‘pmi tartib o‘rnatdi. Biroq, bir 
kilometrga cho‘zilgan bu odamlar tizmasi, garchi endi tartibga kelgan bo‘lsa ham, Sadovaya 
ko‘chasidan o‘tgan grajdanlarni hamon hayratga solardi. 
Bu tashqaridagi ahvol edi, lekin Varetening o‘zida ham axvol juda chatoq edi. Erta tongdan boshlab 
Lixodeevning ham, Rimskiyning ham kabinetidagi, buxgalteriyayu kassadagi, Varenuxaning 
kabinetidagi telefonlar to‘xtovsiz jiringlay boshladi. Avvaliga Vasiliy Stepanovich, kassir ayol bir 
amallab javob qilib turishdi, kapeldinerlar ham bir nimalarni g‘o‘ldirab javob qaytarishdi, lekin keyin
bora-bora trubkani butunlay ko‘tarmay qo‘yishdi, chunki, Varenuxa, Rimskiy qaerda, degan savolga 
javob qaytarish mutlaqo mumkin emas edi. Oldiniga, «Lixodeev o‘z kvartirasida», degan javob bilan 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin