Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
110
— Ha-Notsri! — dedi jallod. 
Ha-Notsri shishib ketgan lablarini zo‘rg‘a qimirlatib, qaroqchilarnikiga o‘xshagan hirqiroq ovoz 
bilan javob qildi: 
— Nima istaysan? Nega kelding? 
— Ich! — jallod nayza uchiga o‘rnatilgan lattani chelakdagi suvga botirib Ieshuaning og‘ziga olib 
bordi. Mahbusning ko‘zlari shodlikdan charaqlab ketdi, u lattani ochko‘zlik bilan so‘ra boshladi. 
Qo‘shni ustundan Dismasning ovozi eshitildi: 
— Adolatsizlik! Men ham unga o‘xshagan qaroqchiman-ku. 
Dismas kuchanib ko‘rdi, lekin qimirlay olmadi, chunki har bir qo‘li uch joydan ko‘ndalang to‘singa 
arqon bilan chandib bog‘langan edi. U boshini Ieshua bog‘langan ustunga qaratgancha, qornini ichiga 
tortdi, tirnoqlarini to‘sin uchiga botirdi, ko‘zlarida g‘azab uchqunlari yondi. 
Maydonchani chang-to‘zon burkadi, qorong‘ilashdi. Shamol to‘zonni uchirib ketgach, kenturion 
qichqirdi: 
— Ikkinchi ustundagi, o‘chir uningni! 
Dismas jim bo‘lib qoldi. Ieshua nihoyat lattani og‘zidan qo‘yib yubordi, mayin va qat’iy ovoz bilan 
gapirishga urinsa ham, baribir buni eplolmay, xirillab jallodga dedi: 
— Ungayam ichir! 
Zulmat quyuqlasha bordi. Yershalaim sari esayotgan chang-to‘zon endi osmonning yarmini burkab 
olgan, eng oldinda qora obiyat va o‘tli chaqmoqlarni ortmoqlagan oppoq bulutlar ko‘pirib-toshib 
borardi. Shundoqqina tepa ustida chaqin chaqib, momaqaldiroq gumburladi. Jallod lattani nayza 
uchidan oldi. 
— Himmatli igemonga hamd ayt! — deb tantanavor ohangda pichirladi u va Ieshuaning yuragiga 
ohista nayza uchini botirdi. U qaltirab ketib pichirladi: 
— Igemon... 
Qon uning qornidan oqib tusha boshladi, shunda u bir-ikki marta jon talvasasida iyak qoqdi-yu, 
so‘ng boshi «shilq» etib osilib qoldi. Momaqaddiroq ikkinchi marta gumburlaganda jallod Dismasga 
suv ichira boshladi, keyin yana o‘sha: 
— Igemonga hamd ayt! — so‘zini takrorlab, uni ham o‘ldirdi. 
Telba bo‘lib qolgan Gestas jallodni o‘z ustuni tagida ko‘rishi bilan qo‘rqib chinqirib yubordi, lekin 
latta lablariga tegishli bilan bir nima deb irilladi-da, uni mahkam tishlab oldi. Bir necha soniyadan 
keyin uning ham boshi «shilq» osilib qoldi. 
Qaytarma qalpoqli odam jallod bilan kenturion orqasidan izma-iz borar, uning orqasidan esa jome 
soqchilari sardori ergashgan edi. Qaytarma qalpoqli odam birinchi ustun tagida to‘xtab, qonga 
bo‘yalgan Ieshuani diqqat bilan ko‘zdan kechirdi, oppoq qo‘li bilan uning tovonini ushlab ko‘rib 
hamrohlariga dedi: 
— O‘lgan. 
Qolgan ikki ustun tagida ham shu narsa takrorlandi. 
Keyin tribun kenturionga imo qildi-da, orqasiga o‘girilib, jome soqchilari sardori va qaytarma 
qalpoqli odam bilan birgalikda tepadan pastga tusha boshladi. Havo nim qorong‘i bo‘ldi, qop-qora 
osmonda chaqmoqlar chaqildi. Birdan samodan o‘t yoqilgandek bo‘ldi va kenturionning: «Halqadagi 
askarlar olinsin!» — degan buyrug‘ini momaqaldiroq sadosi bosib ketdi. Askarlar suyunib ketib, yo‘l-
yo‘lakay boshlariga dubulg‘alarini kiyishib, pastga chopib tusha boshladilar. Yershalaimni bu payt 
zulmat qamrab olgan edi. 
Kenturiya askarlari Tepaning yarim beliga yetishganida birdan sharros jala quyib yubordi. Yomg‘ir 
suvi shu qadar kuchli ediki, u seldek quturib askarlar orqasidan quvib yetdi. Tekis yo‘lga tushib olishga 
oshiqqan askarlar chalp-chalp loyda tiyg‘anib, dam-badam yiqilishardi. Tekis yo‘lda esa ich-ichigacha 
jiqqa ho‘l bo‘lib, Yershalaim sari ketayotgan suvoriylar sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi orqali 
ko‘zga tashlanardilar. Yana bir necha daqiqadan so‘ng momaqaldiroq, jala va chaqmoq omixtasi 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin