www.ziyouz.com kutubxonasi
112
qutulmoqchi ham bo‘lishdi, lekin shahardan telefon qilayotganlar: «Lixodeevnikiga qo‘ng‘iroq qilgan
edik, uni Vareteda deb aytishdi», deyishardi.
Qattiq hayajonlangan bir xonim telefon qilib, Rimskiyni talab qila boshladi, unga: «Siz
Rimskiyning xotiniga telefon qiling», deb maslahat berishgan edi, telefondagi ayol ho‘ngrab yig‘lab
yuborib: «O‘zim xotiniman, Rimskiy hech yerda yo‘q», deb javob qildi. O‘ta bema’nilik yuz
berayotgan edi. Farrosh ayol moliya direktorining kabinetini yig‘ishtirgani kirib, kabinetning eshigi
lang ochiq yotgani, chiroqlar o‘chirilmagani, boqqa ochiladigan derazaning singani, kreslo yerda
ag‘anab yotgani-yu, ammo kabinetda hech kimni ko‘rmaganini hammaga yoyib bo‘lgan edi.
Soat o‘ndan oshganda Varetega Rimskaya xonim otilib kirib keldi. U yum-yum yig‘lar, qattiq
kuyunardi. Vasiliy Stepanovich xonimga nima maslahat berishni ham bilolmay, muglaqo esankirab
qoldi. Soat o‘n yarimga borib militsiya yetib keldi. Militsiya bergan oirinchi va asosli savol bunday
bo‘ldi:
— Nima bo‘lyapti o‘zi teatringizda, grajdanlar? Nima gap?
Varete komandasi orqaga tisarilib, rangi quv o‘chgan, tashvishli Vasiliy Stepanovichni militsiyaga
ro‘para qildi. Shunda gapning ochig‘ini aytib, Varetening direktori, moliya direktori va
administratoridan iborat ma’muriy hay’atining noma’lum tomonga ketib, g‘oyib bo‘lganini,
konferansening esa kechagi seansdan keyin jinnixonaga olib ketilganinii, xullasi kalom, kechasi
seansning g‘irt rasvo seans bo‘lganini e’tirof etishga to‘g‘ri keldi.
Yig‘layverib xun bo‘lib ketgan Rimskaya xonimni bir amallab yupatib uyiga jo‘natishdi, shundan
keyin moliya direktorining kabineti haqida asosan farrosh ayoldan surishtira boshlashdi.
Xizmatchilardan joy-joylariga borib, ish bilan mashg‘ul bo‘lishni iltimos qilishdi, oradan sal vaqt
o‘tar-o‘tmas tergov xizmati xodimlari Veretega quloqlari chimirilgan, ko‘zlari g‘oyat dono, mushakdor
bir bo‘z itni yetaklab kirib kelishdi. Varete xodimlari uni ko‘rishgan zahoti, dong‘i ketgan G‘ishtintuz
degan it shu bo‘lsa kerak, degan ma’noda o‘zaro pichir-pichir gaplasha boshlashdi. Haqiqatan ham, bu
— o‘sha it edi. Uning xatti-harakati hammaning og‘zini ochirib qo‘ydi. U moliya direktorining
kabinetiga yugurib kirdi-yu, sarg‘imtir xunuk tishlarini irshaytirib irillay boshladi, keyin qornini yerga
berib yotib, ko‘zlarida qandaydir hasrat va ayni paytda g‘azab bilan singan deraza tomon emaklab bora
boshladi. Nihoyat u tetiklashib, birdan deraza tokchasiga sakrab chikdi va cho‘zinchoq tumshug‘ini
ko‘tarib, jonhlatda vahshiyona uvlay boshladi. U derazadan tushishni xohlamas, irillarkan, badani
seskanar va hadeb pastga sakramoqchi bo‘lardi.
Itni kabinetdan olib chiqib, vestibyulga qo‘yib yuborishdi, u yerdan it katta eshik orqali ko‘chaga
yugurib chiqdi va orqasidan ergashtanlarni taksi mashinalari to‘xtaydigan joyga boshlab keldi. Mana
shu yerga kelganda u iz isini yo‘qotib qo‘ydi. Shundan keyin G‘ishtintuzni olib ketishdi.
Tergovchilar Varenuxaning kabinetiga joylashishib, kechagi seans vaqtida yuz bergan voqealarning
shohidi bo‘lgan Varete xodimlarini navbatma-navbat suhbatga chaqira boshlashdi. Shuni aytish
kerakki, tergovchilar har qadamda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelardi. Kalavaning uchi dam
o‘tmay uzilib qolaverardi.
Afishalar bo‘lganmidi o‘zi? Bo‘lgan edi. Lekin tunda ularning ustiga boshqa afishalarni
yopishtirishipti, aksiga yurib, bironta ham nusxa qolmapti. Qayoqdan kelib qoldi o‘zi o‘sha jodugar?
Kim biladi deysiz. Gapingizga qaraganda, u bilan shartnomayam tuzgansiz?
— Shunaqa bo‘lishi kerak, — deb javob qildi hayajonlangan Vasiliy Stepanovich.
— Qani o‘sha shartnoma?
— Yo‘q, — deb javob qildi rangi dokadek oqara boshlagan buxgalter qo‘llarini yoygancha.
Darhaqiqat, o‘sha shartnoma na buxgalteriya papkalarida, na moliya direktorida, na Lixodeevda, na
Varenuxada bor edi.
Familiyasi nima ekan o‘sha sehrgarning? Vasiliy Stepanovich bilmasdi, u kechagi seansda yo‘q edi.
Kapeldinerlar ham bilmadi, bilet sotuvchi kassir ayol ieshanasini tirishtira-tirishtira, o‘ylay-o‘ylay
axiyri bunday dedi: