www.ziyouz.com kutubxonasi
168
yegan qoshig‘ini yalarkan.
— Men bir narsaga tushunmayapman, — dedi Margarita ko‘zlarida billur qandilning zarrin
uchqunlari o‘ynab, — nahotki bu yerda bo‘lgan muzikayu balning barcha gumbur-gumburi tashqariga
eshitilmagan bo‘lsa?
— Ha, eshitilmadi, qirolicha, — deb izohladi Korovyov, — o‘zi bunaqa balni eshitilmaydigan qilib
o‘tkazish lozim. Ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rish kerak bo‘ladi.
— Ha-da, ha-da... Aks holda bilasizmi, zinada turgan anavi odam... Boya Azazello bilan uning
yonidan o‘tib ketdik-ku... o‘sha... Keyin eshik oldida turgan odam ham... Menimcha, u sizning
kvartirangizni kuzatib turgan edi...
— To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deb qichqirdi Korovyov, — to‘g‘ri, qimmatli Margarita Nikolaevna! Siz
mening gumonimni tasdiqlayapsiz. Ha, u kvartirani kuzatib turgan edi. O‘zim ham uni avvaliga bironta
parishonxotir privat — dotsent yo ma’shuqasini intizor bo‘lib kutayotgan oshiq bo‘lsa kerak deb
o‘ylagan edim, yo‘q, unday emas ekan! Ko‘rdimu ko‘nglim g‘ash bo‘la boshladi! Ah! Rostdanam, u
kvartirani kuzatayotgan edi! Eshik oldida turgani ham! Yana bostirma tagida turgani ham!
— Qiziq, sizlarni hibsga olgani kelisharmikin-a? — deb so‘radi Margarita.
— Albatta kelishadi, latofatli qirolicha, albatta! — deb javob qildi Korovyov. — Ko‘nglim sezib
turipti — kelishadi, lekin hozir emas, kezi kelganda, albatta, kelishadi. Ammo qiziqarli hech nima
bo‘lmaydi menimcha.
— Voy, biram hayajonlanib ketdimki, anavi baron yiqilib tushganida, — dedi Margarita, chamasi, u
o‘z umrida birinchi marta ko‘rgan qotillikdan hamon o‘ziga kela olmayotgan edi. — Siz mo‘ljalga
yaxshi tekkizsangiz kerak-a?
— Binoyiday, — deb javob qildi Azazello.
— Necha qadamdan? — deb Margarita sal mujmalroq savol berdi Azazelloga.
— Hamma gap nimani mo‘ljalga olishda, — deb jo‘yali javob qiddi Azazello, — masalan,
tanqidchi Latunskiyning derazasiga bolg‘a urish boshqayu uning yuragini mo‘ljalga olish butunlay
boshqa.
— Yuragini! — dedi Margarita, negadir o‘z yuragiga qo‘lini qo‘yib, — yuragini! — deb takrorladi
u hirqiroq ovoz bilan.
— Kim ekan o‘sha tanqidchi Latunskiy? — deb so‘radi Voland Margaritaga ko‘zini suzib qararkan.
Azazello, Korovyov va Begemot istihola qilgandek yerga qaradilar, Margarita esa javob berarkan
cho‘g‘dek qizarib ketdi:
— Shunaqa bir tanqidchi bor. Bugun kechqurun men uning butun kvartirasini dabdala qilib
tashladim.
— Ana xolos! Nega endi?
— U, messir, — deb tushuntira boshladi Margarita, — bir ustaning umriga zomin bo‘ldi.
— Nima qilardingiz o‘zingiz urinib? — dedi Voland.
— Menga ruxsat eting, messir, — deb sho‘x ohangda chinqirib yubordi mushuk, «dik» etib
o‘rnidan turarkan.
— E, o‘tirsang-chi, — deb to‘ng‘illadi Azazello o‘rnidan turarkan, — o‘zim hozir borib kelaman...
— Yo‘q! — dedi Margarita, — yo‘q, o‘tinaman, messir, keragi yo‘q buning.
— Ixtiyoringiz, ixtiyoringiz, -— dedn Voland, Azazello yana o‘z o‘rniga o‘tirdi.
— Xo‘sh, biz nimaga kelib to‘xtagan edik,