www.ziyouz.com kutubxonasi
234
grajdaninning g‘irt mastligi bir zumda ma’lum bo‘lgan-u, uning bergan guvoxliklari shubhali bo‘lib
tuyulgan. Bu orada mushugini tutib olib ketishganini qo‘shnilaridan eshitgan kampir militsiya
bo‘limiga yugurib, ayni vaqtida yetib kelgan. Kampir mushugi haqida ko‘p maqtov so‘zlar aytib, uni
besh yildan beri, ya’ni mushuk bolalik paytidan bilishi, unga xuddi o‘ziga ishonganday ishonishi
haqida kafolot bergan va mushutining hech qachon hech qanday egri ish qilmagani, Moskvaga ham
hech qachon bormaganini dalillar bilan isbotlab bergan. Kampirning aytishicha, mushugi shu
Armavirda gug‘ilib, shu yerda o‘sib ulg‘aygan, sichqon tutigadan ham shu yerda saboq olgan.
Nihoyat, mushuk bandilikdan ozod qplinib, egasiga qaytarilgan, lekin xato va tuhmat azobni o‘z
boshidan kechirgandan keyingina ozod bulgan u sho‘rlik.
Mazkur nayranglar oqibatida nainki mushuklar, hatto ba’zi odamlar ham juz’iy ko‘ngilsizliklarga
duch kelishdi. Hibsga olishlar yuz berdi. Qisqa muddatga qamalganlar orasida: Leningradda —
Volman va Vol’per degan grajdanlar, Saratov, Kiev va Xarkovda — Volodin familiyali uch kishi,
Qozonda — Volox, Penzada esa mutlaqo noma’lum sabablarga ko‘ra, ximiya fanlari kandidati
Vetchinkevich degan odam qamoqqa olindi. Shunisi borki, u daroz bo‘yli, qorachadan kelgan, qora
soch odam edi.
Bir grajdaninni Belgorod bekatida Sevastopol poezdidan qo‘llarini bog‘lab olib tushishdi. U o‘z
xdmrohlariga qarta o‘yinida alomat fokuslar ko‘rsatayotgan ekan.
Yaroslavlda esa ayni tushlik paytida bir grajdanin hozirgina ustadan olgan primus bilan restoranga
kirgan. Ikki eshikog‘asi uni ko‘ra solib, o‘z postlaridan ura qocha boshlaganlar, ular orqasidan esa
rsstoran xodimlari va barcha xo‘randalar yugurib qolishgan. Xuddi shu mahal kassir ayolning
g‘aladonidagi pulning hammasi noma’lum sabablarga ko‘ra birdan g‘oyib bo‘lgan.
Yana ko‘p hodisalar sodir bo‘lgan — hammasini eslash qiyin. Xullas, aql bovar qilmaydigan ishlar
yuz bergan edi.
Tergov ahliga ming ofarin. Ular nainki jinoyatchilarni tutish, shuningdek, ularning barcha
kirdikorlarini izohlab berish uchun qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishdi. Xar bitta hodisa izohlab
berildi. Biz bu izohlarni g‘oyat bama’ni va rad etib bo‘lmaydigan izohlar deb e’tirof etmay ilojimiz
yo‘q.
Tergov ahli va tajribali psixiatorlarning ta’kidlashlaricha, o‘sha jinoyatchi to‘daning a’zolari yoki
ulardan birontasi (bu borada ko‘pchilik Korovyovni nazarda tutar edi) o‘zlarini o‘z turgan yerlarida
emas, boshqa — soxta yerda turgandek qilib ko‘rsatishga qodir, eng iqtidorli gipnozchilar bo‘lishgan.
Bundan tashqari, ular o‘zlariga ro‘para kelgan odamlarga, ayrim buyumu odamlarni haqiqiy turgan
yeridan boshqa joyda deb uqdira olishgan va aksincha, odamlarning ko‘zi oldida turgan buyum va
shaxslarni ularning nazaridan yashirishga qodir bo‘lishgan..
Shunday izohlar natijasida sodir bo‘lgan hamma hodisa, hattoki odamlarni qattiq hayajonga solgan
va izohlash tamomila mushkul bo‘lgan 50-kvartira voqeasi, ya’ni pistoletlardan o‘qqa tutilgan
mushukka ne sababdan o‘q kor qilmaganligi ham oydinlashdi.
Tabiiyki, hech qanday mushuk qandilga osilib olmagan va hech bir jonzod u yerdan turib o‘q
otmagan, bil’aks, jinoiy ishga qo‘l urgan paytlarda odamlarga o‘z ta’sir kuchini o‘gkazish qobiliyatiga
ega bo‘lgan nayrangboz Korovyov o‘q otayotganlarning orqasida turib olib, ularning diliga, mushuk
qandilga osilib olib o‘q otmoqda, degan fikrni solgan va ularni mazax qilib bo‘shliqqa qarata o‘q
uzishga undagan. Kvartiraga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan ham shu Korovyovning o‘zi bo‘lgan.
Ma’lumki, Styopa Lixodeev mutlaqo Yaltaga uchib ketmagan (bu nayrang hatto Korovyovning
ham qo‘lidan kelmasdi), u yoqdan hech qanaqa telegramma ham yubormagan. U zargar bevasining
kvartirasida Korovyov ko‘rsatgan fokusdan (sirkalangan qo‘ziqorinni sanchqiga ilib yeyayotgan
mushukdan) qo‘rqib hushidan ketgancha, to Korovyov, masxara qilish maqsadida, uning boshiga kigiz
shlyapa kiydirib Moskva aerodromiga jo‘natguncha shu yerda yotgan, ayni paytda Korovyov Styopani
kutib chiqqan jinoiy qidiruv vakillarining diliga Styopa Sevastopoldan uchib kelgan aeroplandan
tushadi, degan fikrni solgan.