Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   244
Usta va Margareta

 
O‘n birinchi bob 
 
IKKI IVAN
Daryoning narigi sohilidagi, bundan bir soatgina burun may quyoshi shu’lasiga g‘arq bo‘lib turgan 
qarag‘ayzor endi xiralashib, chaplashib, oxiri g‘oyib bo‘ldi. 
Deraza tashqarisida sharros quyayotgan yomg‘ir sidirg‘a pardaga o‘xshab tuyulardi. Osmonda dam-
badam olov iplar porlab, samo tors-tors yorilar, bemor yotgan xona lipillovchi qo‘rqinchli shu’laga 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
68
g‘arq bo‘lardi. 
Ivan ko‘pirib, qaynab oqayotgan loyqa daryoga tikilgancha o‘z karavotida tovushsiz yig‘lab 
o‘tirardi. Har gal momaqaldiroq gumburlaganida u ayanchli chinqirar, qo‘llari bilan yuzini qoplab 
olardi. U yozib tashlagan varaqlar yerda sochilib yotardi; momaqaldiroq arafasida xonaga huvillab esib 
kirgan shamol ularni har tomonga uchirib yuborgan edi. 
Shoirning dahshatli konsultant to‘g‘risida ariza yozishga urinishlari hech qanday samara bermadi. U 
semiz feldsher ayoldan (uning ismi-sharifi Praskovya Fyodorovna edi) qog‘oz bilan kaltagina qalam 
olgan zahoti ishchan odamlardek kaftlarini bir-biriga ishqalab shosha-pisha stolcha yoniga o‘tirgan edi. 
U avvaliga g‘ayrati jo‘shib, xatni shunday boshladi: 
«Militsiyaga. MASSOLIT a’zosi Ivan Nikolaevich Bezdomniydan. Ariza. Kecha kechqurun men 
marhum M. A. Berlioz bilan Patriarx ko‘liga borgan edim...» 
Lekin shoirning fikri shu zahotiyoq, asosan «marhum» degan so‘z tufayli chuvalashib ketdi. Ariza 
boshidan betuturiq bo‘lib chiqayotgan edi: bu qanaqasi o‘zi — marhum... bilan borgan edim? 
Marhumlar yurmaydi! To‘g‘ri-da, yana jinniga yo‘yib yurishsa-ya! 
Ivan Nikolaevich shu xayolga borib, yozganini tuzata boshladi. Endi bunday bo‘lib chikdi: «... 
keyinroq olamdan o‘tgan M. A. Berlioz bilai...» Bu ham muallifni qoniqtirmadi. Uchinchi marta tahrir 
qilishga to‘g‘ri keldi, lekin unisi avvalgi ikkitasidan ham battar bo‘lib chiqdi: «...Tramvay bosib ketgan 
Berlioz bilan...» — yana, buning ustiga anavi hech kim bilmaydigan adash familiyali kompozitorning 
shoir miyasiga xira pashshadek yopishib olgani ortiqcha, shuning uchun: «... kompozitordan boshqa 
Berlioz...» — deb qo‘yishga to‘g‘ri keldi. 
Ivan bu ikki Berlioz bilan qiynalib ketib, hamma yozganlarini chizib tashladi. O‘quvchi diqqatini 
boshlanishdan o‘ziga tortib olish uchun juda ta’sirli, kuchli so‘zlardan boshlamoqchi bo‘ldi-yu, 
tramvayga chiqqan mushuk haqida yozib, shundan keyin uzilgan kalla epizodiga o‘tdi. Uzilgan bosh va 
konsultantning bashorati uning miyasida Pontiy Pilat haqidagi fikrlarni uyg‘otdi, shunda Ivan, yana 
ham ishonchliroq bo‘lishi uchun prokurator haqida eshitganlarini batafsil bayon qilishga ahd qildi. 
Ivan tirishqoqlik bilan ishlarkan, yozganlarini chizib tashlar, yangi so‘zlar kiritar, hattoki Pontiy 
Pilatning, undan keyin orqa oyoqlarida turgan mushukning rasmini ham chizishga urinib ko‘rdi. Biroq 
rasmlar ham yordam bermadi — shoirning arizasi tobora chigallasha, g‘alizlasha bordi. 
Qirralari jimirlovchi mudhish bulut yaqinlashib kolib, qarag‘ayzor ustini burkagan va kuchli shamol 
turgan paytda Ivan o‘zining holsizlanganini, ariza yozishni eplolmasligini his qildi-yu, shamol uchirib 
yuborgan varaqlarini yerdan yig‘ishtirib ham o‘tirmay, alam bilan tovushsiz yig‘lay boshladi. 
Momaqaldiroq paytida oqko‘ngil feldsher ayol Praskovya Fyodorovna shoirdan xabar olgani kirdi, 
kirdiyu uning yig‘lab o‘tirganini ko‘rib qo‘rqib ketdi va chaqmoqdan bemor cho‘chimasin deb 
darpardani yopdi, yerda sochilib yotgan varaqlarni yig‘ishtirib, g‘izillagancha vrach huzuriga yugurdi. 
Vrach kelib, Ivanning qo‘liga ukol qildi, so‘ng: endi boshqa yig‘lamaysiz, hozir hammasi o‘tib 
ketadi, o‘zgaradi, unut bo‘ladi, deb unga taskin berdi. 
Vrach to‘g‘ri aytgan ekan. Hademay daryo ortidagi o‘rmon avvalgi qiyofasiga kirdi. Avvalgi 
beg‘ubor holiga qaytgan musaffo osmon ostida o‘rmondagi har bir daraxt yaqqol ko‘zga tashlana 
boshladi, daryo ham tinch oqa boshladi. Ukol qilishgan zahoti g‘ussa ham shoirni tark eta boshladi, 
mana endi u o‘z karavotida osmonga yoyilgan kamalakni bamaylixotir kuzatib yotardi. 
Bu hol oqshomgacha davom etdi, u kamalakning asta-sekin g‘oyib bo‘lganini ham, osmonning quti 
o‘chib, mahzun bo‘lganini ham, o‘rmonning qora tusga kirganini ham payqamay qoldi. 
Ivan qaynoq sut ichib yana o‘ringa yotdi, mulohazalari o‘zgarganini his qilib, o‘zi ham hayron 
qoldi. Shaytonnamo la’nati mushuk haqidagi fikri mayinlashdi, uzilgan kalla endi uni cho‘chitmas, 
shunga ko‘ra, Ivan buni xotirasidan faromush qilib, endi, sira-sini olganda, bu shifoxonada yotish 
hecham yomon emas, Stravinskiy bama’ni va mashhur odam, u bilan muloqotda bo‘lish nihoyatda 
ko‘ngilli, buning ustiga momaqaldiroqdan keyin oqshom havosi g‘oyatda totli va tarovatli bo‘larkan, 
deb o‘ylay boshladi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin