Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
76
xos harakat qildi. 
Qiz esa anchagina mujmal, ammo parterdagi ayollarning chehrasiga qaraganda kishini vasvasaga 
soluvchi bir qo‘shiqni chuchuk til bilan xirillab, ammo shirin qilib kuyladi: 
— Xerlen, Shanel nomer besh, Mitsuko, Narsis Nuar, anjuman ko‘ylak, kokteyl ko‘ylak... 
Fagot egilib-bukilar, mushuk ta’zim qilar, qiz oynavand vitrinalarni ochardi. 
— Marhamat! — deb shang‘illardi Fagot. — Hech tortinmasdan, takallufsiz kelaveringlar! 
Xalq bezovta bo‘la boshladi, lekin hozircha sahnaga chiqishga hech kim jur’at etmadi. Biroq mana, 
qorachadan kelgan bir ayol parterning o‘ninchi qatoridan turdi va hech qanaqa gap-so‘zga parvo 
qilmaydigan odamdek jilmayib, yon tomondagi zinachadan sahnaga chikdi. 
— Bravo! — deb qichqirdi Fagot. — Eng birinchi mehmonni qutlayman! Begemot, kreslo! 
Poyabzaldan boshlaymiz, madam. 
Ayol kresloga o‘tirdi. Fagot shu zahoti ayolning oyog‘i ostiga, gilamga olam-jahon tuflilarni to‘kib 
tashladi. 
Qorasoch ayol o‘ng oyog‘idagi tuflini yechib, och binafsha rang tuflini kiyib ko‘rdi, gilamda turib, 
poshnasini bosib ko‘rdi. 
— Oyog‘imni siqmasmikin? — o‘ychanlik bilan so‘radi ayol. 
Bunga javoban Fagot ranjib dedi: 
— Yo‘g‘-e, nima deyapsiz? — mushuk ham xafa bo‘lib miyovlab qo‘ydi. 
— Men oldim shu tuflini, mose, — dedi qorasoch ayol viqor bilan va ikkinchi oyog‘iga ham tufli 
kiya boshladi. 
Ayolning eski tuflilari parda orqasiga otib yuboildi, uning o‘zi ham mallasoch qiz va Fagotning 
kuzatuvida o‘sha tomonga yo‘l oldi; Fagot yelkasiga bir nechta modali ko‘ylaklarni tashlab olgan edi. 
Mushuk yugurib-elib ko‘maklashar, savlatliroq bo‘lsin uchun bo‘yniga santimetr osib olgan edi. 
Yana bir daqiqadan keyin qorasoch ayol parda orqasidan shunday antiqa ko‘ylakda chiqib keldiki, 
buni ko‘rib butun parter birvarakayiga xo‘rsinb yubordi. Endi nihoyatda dilbar bo‘lib ketgan dovyurak 
ayol toshoyna qarshisida turib, yalang‘och yelkalarini uchirdi, ensasidagi sochiga ohista qo‘lini 
tekkizib qo‘ydi va o‘zining orqa tomonini ko‘zguda kurish maqsadida buralib qaray boshladi. 
— Firmamiz ushbuni esdalik uchun qabul qilishingizni so‘raydi, — dedi Fagot va qorasoch ayolga 
atir shisha o‘rnatilgan qopqog‘i ochiq quticha uzatdi. 
— Mersi, — dedi ayol viqor bilan va zinadan tushib parter sari yura boshladi. U borar ekan, yo‘l-
yo‘lakay tomoshabinlar o‘rinlaridan turib, qutichani ushlab ko‘rishardi. 
Shu payt birdan o‘pqon ochildiyu, zalning ham-mayog‘idan ayollar sahna tomon oqa boshladilar. 
Olomonning hayajonli g‘ovur-g‘uvuri, kulgisi va ohu vohlari orasidan bir erkakning: «Sahnaga 
chiqishingga yo‘l qo‘ymayman!» — degan ovozi va ayol kishining unga: «Zolim va meshchan er, 
qo‘limni qayirmang!» — deb chinqirgani eshitildi. Ayollar parda orqasiga o‘tishar, u yerda o‘z 
liboslarini qoldirib, yangisini kiyib chiqishardi. Zarrin oyoqli kursilarda qator tizilishib o‘tirib, 
oyoqlariga loyiq tuflilarni kiyib ko‘rishardi. Fagot tiz cho‘kib olib, qo‘lidagi shoxdan yasalgan qoshiq 
bilan ayollarga ko‘maklashar, halloslagancha quchoq-quchoq sumkachalar va tuflilarni vitrinadan 
kursilar turgan yerga olib kelar, qaytarib olib ketardi, bo‘ynida chandig‘i bor oyimqiz esa goh paydo 
bo‘lar, goh yana g‘oyib bo‘lardi, endi u bora-bora butkul frantsuzcha javray boshlagan edi, ammo eng 
qizig‘i shundaki, hamma ayollar, hattoki bitta ham frantsuzcha so‘zni bilmaydigan ayollar ham, uning 
so‘zlarini endi gapi tugamasdanoq tushunib olardilar. 
Ayollar orasida suqilib sahnaga chiqib olgan bir erkak hammani hayron qoldirdi. U xotini gripp 
bo‘lib uyda yotganini, shu sababli o‘zi orqali xotiniga biron nima berib yuborishlarini so‘radi. Bu 
grajdanin, haqiqatan ham xotini borligini isbotlash uchun, pasportini ko‘rsatishga ham tayyor edi. 
G‘amxo‘r erning bu bayonotini xalq qah-qah urib qarshi oldi, Fagot pasportsiz ham sizga o‘zimga 
ishonganday ishonaman deb shang‘illadi-da, erkakka ikki juft ipak paypoq tutqazdi, mushuk esa 
siyloviga bir qutichada lab bo‘yoq berdi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin