Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
77
Kechikkan ayollar sahnaga otilishar, ayni paytda bal ko‘ylaklari, ajdar gulli pijamalar, sipo tashrif 
liboslari, bir qoshga bostirilgan shlyapalar kiygan baxtiyor ayollar sahnadan tizilishib tushib kelishardi. 
Shu payt Fagot, vaqt kech bo‘lgani sababli yana bir daqiqadan keyin magazin ertaga 
kechqurungacha yopiladi, deb e’lon qilgan edi, sahnada g‘ayri tavsif besaranjomlik boshlandi. Ayollar 
oyoqlariga kiyib ham ko‘rmasdan tuflilarga apil-tapil chang sola boshlashdi. Bir ayol sahna orqasiga 
naq bo‘rondek uchib kirib, egnidagi kiyimini shartta yechib tashladi-yu, qo‘liga ilingan birinchi libosga 
— parcha-parcha gulli shoyi xalatga chang soldi, bundan tashqari, yana ikki shisha atirni ham ilib 
ketdi. 
Rosa bir daqiqadan keyin pistoletdan o‘q uzilib, toshoynalar g‘oyib bo‘ldi, vitrina va kursilar 
qayoqqadir cho‘kdi, gilam ham, darpardalar ham havoda erib yo‘q bo‘ldi. Eng oxirida tog‘-tog‘ bo‘lib 
uyilib yotgan eski ko‘ylaklaru poyabzallar g‘oyib bo‘ldi va sahna yana avvalgi bo‘m-bo‘sh huvillagan 
holiga kirdi. 
Ana shunda oraga yangi personaj aralashdi. 
Ikkinchi lojadan bir xushovoz erkakning yoqimli va jarangdor ovozi eshitildi: 
— Har qalay, grajdanin artist, hozirning o‘zida fokuslaringizning texnikasini, ayniqsa qog‘oz pul 
borasidagi fokusingizni tomoshabinlarga fosh qilishingizni istardik. Shuningdek, yana, konferanseni 
sahnaga qaytarsangiz yaxshi bo‘lardi. Uning taqdiri tomoshabinlarni hayajonga solmoqda. 
Bu xushovoz tomoshabin bugungi tomoshaning faxriy mehmoni, Moskva teatrlari akustika 
komissiyasining raisi kimsan — Arkadiy Appollonovich Sempleyarov edi. 
Arkadiy Appolonovich lojada ikki ayol bilan o‘tirardi: ularning biri — moda bo‘yicha va qimmatli 
kiyim kiygan, ancha yoshga borib qolgan, ikkinchisi — odmigina kiyingan yosh va ko‘hlikkina edi. 
Keyinroq protokol tuzilgan paytda ma’lum bo‘ldiki, birinchi ayol Arkadiy Appolonovichning xotini, 
ikkinchisi esa — uning uzoq qarindoshi bo‘lib, u Saratovdan kelgan va hozirgi paytda shu 
Sempleyarovlarning kvartirasida yashab turgan kelajagi porloq yosh aktrisa ekan. 
— Pardon! — deb javob qildi Fagot. — Meni avf tgasiz, buning hech qanday fosh qiladigan tomoni 
yo‘q, xammasi tushunarli. 
— Yo‘q, kechirasiz! Fosh etish shart. Shusiz bu ajoyib nomerlaringiz dilda og‘ir asorat qoldiradi. 
Tomoshabin ahli izoh talab qiladi sizdan. 
— Tomosha ahli, — deb surbet masxaraboz Sempleyarovning so‘zini bo‘ldi, — hech nima talab 
qilgani yo‘q shekilli? Ammo, sizning mo‘‘tabar istagingizni e’tiborga olib, Arkadiy Appolonovich, 
mayli, men fosh qilaman. Lekin undan oldin yana bitta kichkinagina nomer ko‘rsatishga ijozat 
bersangiz! 
— Bemalol, — javob qildi Arkadiy Appolonovich muruvvat ko‘rsatib, — ammo oxirida albatta 
fosh qilish bo‘lsin. 
— Bosh ustiga, bosh ustiga. Shunday qilib, qani, savolimga javob bering-chi, kecha kechqurun 
qaerda edingiz, Arkadiy Appolonovich? 
Mana shu noo‘rin, hatto tahqirona desa ham bo‘ladi, savolni eshitgan Arkadiy Appolonovichning 
chehrasi o‘zgardi, o‘zgargandayam juda yomon o‘zgarib ketdi. 
— Arkadiy Appolonovich kecha kechqurun akustika komissiyasining majlisida edi, — deya 
bayonot berdi uning xotini o‘ta takabburlik bilan, — ammo buning sehrgarlikka nima aloqasi bor, 
tushunmadim. 
— Uy
11
, madam, — deb ta’kidladi Fagot, — tushunmayotganingiz tabiiy hol. Majlis masalasida siz 
mutlaqo gumrohsiz. Arkadiy Appolonovich, o‘sha siz aytgan, aslida esa kecha bo‘lmagan, majlisga 
jo‘nab ketgach, Chistie prudi yaqinidagi akustika komissiyasining binosi oddida o‘z shofyoriga javob 
berib yuborgan (butun zal suv quygandek jim bo‘lib qoldi), o‘zi esa avtobusda Yeloxovskaya 
ko‘chasiga, rayon sayyor teatrining artistkasi Militsa Andreevna Pokobatkonikiga mehmonga borgan 
11
Uy (fr.) — Ha, to‘g‘ri degan ma’noni bildiradi 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin