Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244
Usta va Margareta

 
O‘n ikkinchi bob 
 
SYeHRGARLIK VA UNING FOSh ETILIShI
Boshiga sariq rangli teshik kotelok-shlyapa, egniga katak shim, oyog‘iga yaltiroq botinka kiygan, 
noksimon burni qip-qizil kichkinagina bir odam Varete sahnasiga ikki g‘ildirakli oddiy velosiped 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
70
minib chikdi. U fokstrot sadosi ostida sahnani bir marta aylangach, burg‘i chalib zafar na’rasini tortgan 
edi, velosiped orqa g‘ildiragiga turib oddi. Kichkina odam bitta g‘ildirakda bir oz sahna aylangach, 
oyog‘ini osmonga ko‘tarib, velosipedni qo‘li bilan boshqara boshladi va ayni paytda uning old 
g‘iddiragini chiqarib olib parda orqasiga dumalatib yubordi, so‘ng velosiped tepkilarini qo‘li bilan 
aylantirgancha bir g‘ildirakda yurishni davom ettirdi. 
Shundan keyin egniga triko va hammayog‘iga kumush yulduzchalar yopishtirilgan yubka kiygan
to‘ladan kelgan sariq soch ayol bir g‘ildirakli judayam baland velosiped minib chiqib, u ham sahnada 
aylana boshladi. Kichkina odam bu ayol bilan to‘qpash kelganida boyagadagi kotelok-shlyapasini 
oyog‘i bilan yechib, chinqirib salomlashardi. 
Nihoyat, sakkiz yoshlardagi afti qarimsiq bir bola avtomobilning kattakon gudogi osilgan 
qo‘shg‘ildirakli jajjigina velosiped minib chiqib, kattalar oyog‘i ostida o‘ralashib, g‘izillab yura 
boshladi. 
Uchchala artist sahnada bir necha marta gir-gir aylangach, orkestrdagi barabanning vahimali sadosi 
ostida yugurib sahna labiga kelishgan edi, birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinlar «voh», deb o‘tirgan 
yerlarida orqaga tashlanishdi, chunki odamlarning nazarida, uchchala artist ham velosipedlari bilan 
birga orkestr joylashgan chuqurga yiqilib tushayotganday bo‘lib tuyulgan edi. 
Lekin artistlar, velosipedlarining oldingi g‘ildiraklari musiqachilar ustiga qulagudek bo‘lgan bir 
paytda taqqa to‘xtashdi. Velosipedchilar «Ap!» deya qattiq qichqirishib, yerga sakrab tushdilar, ayni 
paytda sariq soch ayol tomoshabinlarga havoyi bo‘sa yubordi, go‘dak esa gudogini bibilatib kulgili 
signal berdi. 
Gulduros qarsaklar binoni larzaga keltirdi, havorang parda sahnaning ikki tomonidan bir-biriga 
yaqinlashib kelib, velosipedchilarni ko‘zdan yashirdi, eshiklar tepasidagi «chiqish» deb yozilgan yashil 
chiroqlar o‘chdi, gumbaz ostidagi oppoq sharsimon chiroqlar o‘rgimchak inini eslatuvchi gimnastika 
dorlari oralig‘idan quyoshdek charaqlab yondi. Tanaffus boshlangan edi, shu tanaffusdan so‘ng 
tomoshaning oxirgi bo‘limi boshlanishi kerak. 
Velosipedchi Jullilar oilasi namoyish qilgan mo‘‘jizaga mutlaqo qiziqmagan yagona odam Grigoriy 
Danilovich Rimskiy bo‘ldi. U yolg‘iz o‘zi yupqa lablarini tishlab kabinetida o‘tirarkan, chehrasi dam-
badam asabdan tirishardi. Lixodeevning g‘ayritabiiy tarzda g‘oyib bo‘lgani yetmaganday, endi hech 
kutilmaganda administrator Varenuxaning yo‘qolib qolgani ortiqcha bo‘ldi. 
Rimskiy uning qayoqqa ketganini bilardi, ammo u shu ketganicha... qaytib kelmadi! Rimskiy 
yelkasini uchirib-uchirib qo‘yarkan, o‘zicha pichirladi: 
— Axir qaysi gunohim uchun?! 
Moliya direktoridek ishbilarmon odam uchun Varenuxa ketgan yerga qo‘ng‘iroq qilib, unga nima 
bo‘lganini so‘rab bilishdan oson ish bo‘lmasa ham, taajjubki, u to kechki soat o‘ngacha o‘zini bu 
narsaga majbur qila olmadi. 
Soat o‘nga borganda Rimskiy o‘zini o‘zi majbur qilib, nihoyat telefon trubkasini qulog‘iga tutdi, 
tutdi-yu telefonning gung bo‘lib qolganini bildi. Kurer binodagi boshqa telefonlar ham 
ishlamayotganini xabar qildi. Albatta, ko‘ngilsiz, ammo unchalik g‘ayritabiiy bo‘lmagan bu hol moliya 
direktorini, negadir, tamomila hangu mang qilib qo‘ydi, lekin ayni paytda xursand ham qildi: u 
qo‘ng‘iroq qilish zaruratidan forig‘ bo‘lgan edi. 
Tanaffusdan darak beruvchi qizil chiroq moliya direktorining boshi uzra endigina lip-lip yona 
boshlagan edi, kurer kirib ajnabiy artistning kelganini xabar qildi. Negadir moliya direktori bu 
xabardan bir seskanib tushdi va o‘rnidan turib, qovog‘idan qor yog‘gudek o‘shshaygancha, 
gastrolyorni kutib olgani parda orqasiga yo‘l oldi, chunki uni kutib olish uchun Rimskiydan boshqa 
hech kim qolmagan edi. 
Bir guruh sinchkov odamlar: egniga zarvaraq shohi to‘n kiyib, salla o‘ragan ko‘zboyloqchilar, 
to‘qima oq kurtka kiygan konki uchuvchiyu upa sepib aftini oqarTirgan bayonchi va grimchilar 
yo‘lakda uymalashib turisharkan, har xil vaj bilan kattakon grimxonaga mo‘ralashardi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin