Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
mashinadan tushadi! Oradan besh minut o‘tar-o‘tmas qarasam: qo‘limda chervon emas, narzan 
shishasining qog‘ozi! — Shu yerga kelganda shofyor uyat so‘zlarni aytib so‘kindi. — Yana bittasini 
Zubovskayaga eltib qo‘ydim. Uyam bir chervon berdi. Unga uch so‘m qaytardim. Tushib ketdi! Keyin 
hamyonimga qo‘l tiqsam, u yerdan asalari uchib chiqib shartta barmog‘imni chaqib olsa bo‘ladimi! 
Voy... — deb shofyor yana uyat so‘zlarni qalashtirib tashladi, — lekin chervon yo‘q. Kecha anavi 
Vareteda (so‘kinadi) qandaydir maraz ko‘zboyloqchi chervon pullar sochib tomosha ko‘rsatganmish 
(so‘kinadi). 
Buxgalter o‘zini yo‘qotib, g‘ujanak bo‘lib oldi va «Varete» degan so‘zni endi eshitib turgandek 
ko‘rsatdi o‘zini, lekin ichida: «Ana mashmasha!..» — deb qo‘ydi. 
U o‘zi ko‘zlagan yerga yetib kelib, kira haqini beg‘alva to‘ladi-da, binoga kirdi va mudir kabineti 
tomon koridordan jadal yurib borarkan, bemavrid kelganini payqadi. Tomoshalar komissiyasi idorasida 
qandaydir bezovtalik hukmron edi. Boshidagi ro‘moli sirg‘alib ensasiga tushgan, ko‘zlari bejo kurer 
ayol buxgalter yonidan yugurib o‘tdi. 
— Yo‘q u, yo‘q, yo‘q, tasadduqlar! — deb qichqirardi u allakimlarga, — kamzul-shimi bor, ammo 
kamzulda hech vaqo yo‘q! 
Ayol qaysiyam eshikka kirib ketdi, shu zahoti uning orqasidan idishlarning chil-chil singani 
eshitildi. Sekretar xonasidan komissiyaning birinchi sektori mudiri yugurib chikdi, buxgalter uni 
yaxshi tanirdi, ammo u shu qadar asabiy ediki, buxgalterni tanimadi va shu ketgancha dom-daraksiz 
g‘oyib bo‘ldi. 
Bu voqealardan qattiq larzaga kelgan buxgalter komissiya raisi kabinetining dahlizi bo‘lmish kotiba 
xonasiga kirdiyu butunlay dong qotib qoldi. 
Eshigi yopiq kabinetdan dag‘dag‘ali ovoz eshitilardi. Bu, shubhasiz, komissiya raisi Proxor 
Petrovichning ovozi edi. «Bitta-yarimtasini rosa tuzlayapti shskilli?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi 
gangib qolgan buxgalter va atrofiga ko‘z tashlab boshqa bir manzaraning shohidi bo‘ldi: Proxor 
Petrovichning shaxsiy kotibasi — sohibjamol Anna Richardovna ustiga teri qoplangan kresloda 
oyoqlarini xonaning naq o‘rtasigacha uzatib yuborib, boshini orqa suyanchiqqa tashlagancha qo‘lida 
jiqqa ho‘l ro‘molcha bilan yum-yum yig‘lab yotardi. 
Anna Richardovnaning butun iyagi lab moyiga bo‘yalgan, pushtirang yonoqlaridan esa erigan 
kiprik bo‘yog‘i qop-qora jilg‘a bo‘lib oqib tushardi. 
Anna Richardovna xonaga odam kirganini ko‘rib, sakrab o‘rnidan turdi, buxgalterga tashlanib, 
kamzuli yoqasidan changallab uni silkitarkan, chinqirib dedi: 
— Xudoga shukur! Bitta bo‘lsayam topiliptiyu mard odam! Hamma qochib ketdi, xoinlar! Yuring 
uning oldiga, nima qilishga hayronman! — Keyin o‘ksib-o‘ksib yig‘lagancha, buxgalterni kabinetga 
sudrab kirdi. 
Buxgalter kabinetga kirdi-yu, birini navbatda qo‘lidan portfeli tushib ketdi, miyasidagi o‘ylari 
tamomila ostin-ustun bo‘lib ketdi. Buning sababi bor edi, albatta. 
Ustiga salmoqli siyoxdon qo‘yilgan mahobatli yozuv stoli ortida quruq kostyumning o‘zi o‘tirar va 
siyohga botirilmagan quruq pero bilan qog‘ozga nimalarnidir yozardi. Kostyum galstuk taqqan, uning 
soat cho‘ntagidan o‘zi yozar ruchka chiqib turardi, ammo kostyum yoqasi ustidan na bo‘yin bor edi, na 
kalla, shupingdek, kostyum yenglaridan ham qo‘l chiqmagan edi. Kostyum ishga qattiq 
berilganligidan, atrofida yuz berayotgan to‘s-to‘polonni mutlaqo payqamas edi. Kostyum xonaga 
kimdir kirganini eshitib, kresloga suyandi, shunda uning yoqasi uzra Proxor Petrovichning buxgalterga 
juda yaxshi tanish bo‘lgan ovozi yangradi: 
— Nima gap? Eshikka yozib qo‘yilgan-ku qabul qilmasligim haqida. 
Sohibjamol kotiba buni eshitib chinqirib yubordi va kuyinib dedi: 
— Ko‘rdingizmi? Ko‘ryapsizmi?! U yo‘q! Yo‘q! Qaytarib bering! Topib bering uni! 
Shu payt kimdir kabinet eshigidan boshini tiqdi-yu, «voy» deb yuborib, juftakni rostlab qoldi. 
Buxgalter tizzalari qaltirayotganini his qilib stulga omonatgina o‘tirdi, lekin portfelini yerdan ko‘tarib 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin