Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
116
imoratga joylashgan bo‘lib, u o‘z vestibyulidagi porfir
14
ustunlari bilan mashhur edi. 
Lekin filialga kelgan odamlarni bugun ustunlari emas, balki shu ustunlar poyida yuz berayotgan 
g‘aroyib hodisa tong qoldirgan edi. 
Bir necha kishi kichik bir stol ortida yum-yum yig‘lab o‘tirgan oyimqizga dong qotib qarab 
qolishgan edi, oyimqiz shu stolcha ustiga yoyib qo‘yilgan tomoshalar haqidagi maxsus adabiyotning 
sotuvchisi edi. Oyimqiz aynan hozir hech kimga hech qanday kitob sotmas, odamlarning hol-ahvol 
so‘rab bergan savollariga esa faqat qo‘l siltardi, xolos, lekin xuddi shu mahal tepadan ham, pastdan 
ham, yon tomonlardan ham, xullas filialning hamma bo‘limlaridan, kamida yigirmatacha telefon 
baravariga qattiq jiringlay boshladi. 
Yig‘lab o‘tirgan oyimqiz birdan seskanib ketib: — Ana, yana boshlandi! — deb chinqirdi jazavasi 
tutib va dabdurustdan titroq ovoz bilan kuylay boshladi: 
Slavnoe more svyashennga Baykal...
15
Shu payt zina boshida paydo bo‘lgan kurer musht tugib kimgadir po‘pisa qildi va o‘zining jilosiz, 
xira bariton ovozi bilan oyimqizga jo‘r bo‘ldi: 
Slaven korabl, omulevaya bochka!.. 
Kurerning ovoziga olis xonalardan boshqalarning ham ovozi qo‘shilib, xor vujudga kela boshladi 
va nihoyat, bu qo‘shiq filialning hammayog‘ida yangray boshladi. Hisoblash-tekshiruv bo‘limi 
joylashgan eng yaqin 6-xonadan kelayotgan ovozlar orasida kimningdir xiyol hirqiroq, ammo juda 
kuchli yo‘g‘on ovozi ajralib turardi. Telefon apparatlarining tobora kuchaya boshlagan qo‘ng‘iroqlari 
bu xorga jo‘rlik qilardi. 
Gey, Barguzin... poshevelivay val!.. 
— 
deb bo‘kirardi kurer zinada turib. 
Qizning ko‘z yoshlari marjon-marjon bo‘lib oqar, tishlarini g‘ijir qilishga urinar, lekin og‘zi o‘z-
o‘zidan ochilib, kurerdan bir parda yuqori tovushda kuylardi: 
Molodtsu bp’ nedalechko!
Filialga ish bilan kelib, lol bo‘lib serrayib qolgan odamlarni ko‘proq hayratga solgan narsa shu 
ediki, xor qatnashchilari garchi binoning turli tomonlarida bo‘lishsa ham, go‘yo ko‘rinmayotgan 
dirijyordan ko‘z uzmay turganday, juda ravon va uyg‘un kuylashardi. 
Vagankovskiy tor ko‘chasidan o‘tayotgan odamlar hovlini o‘ragan panjara oldida to‘xtashib, 
filialda bo‘layotgan vaqtichog‘likdan hayron bo‘lishardi. 
Qo‘shiqning birinchi bandi tugashi bilan xor yana go‘yo dirijyor ishorasi bilan birdan kuylashdan 
to‘xtadi. Kurer ohista so‘kinib, xonaga kirib ketdi. Shu mahal filialning hovli eshigi ochilib, oq xalat 
ustidan avra palto kiygan bir grajdanin bilan militsioner kirib keldi. 
— Jon doktor, biron ilojini qiling, — deb azza-bazza chinqirdi qiz. 
Zina boshiga filial kotibi otilib chiqdi, xijolatpazlikdan bo‘lsa kerak, duduqlanib dedi: 
Bilasizmi, doktor, biz hammamiz qandaydir ommaviy gipnoz ta’siriga uchraganga o‘xshaymiz... 
Shunga ko‘ra, albatta... — u gapini tugata olmadi, so‘zlar tomog‘iga tiqilib qolib, birdan tenor ovoz 
bilan kuylay boshladi: 
Shilka i Nerchinsk...
— Ahmoq! — deb chinqirdi qiz, lekin kimni haqorat qilganini izohlashga ulgurolmadi, buning 
o‘rniga o‘zi o‘sha Shilka va Nerchinsk to‘g‘risida kuylashga majbur bo‘ldi. 
— O‘zingizni qo‘lga oling! Ko‘ylashni bas qiling! — dedi doktor kotibga. 
14
Porfir — vulqon paytida vujudga keladigan tog‘ jinsi. 
15
Bu mashhur rus xalq qo‘shig‘ini tarjima qilmay, original holda qoldirishni ma’qul ko‘rdik (tarj.). 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin