Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
118
Yana chorak soatdan keyin Vagankovskiy tor ko‘chasidagi panjara devor oldiga uchta yuk 
mashinasi kelib to‘xtadi, filialning barcha xodimlari mudir boshchiligida shu mashinalarga chiqishdi. 
Birinchi mashina bir chayqalib darvozadan tor ko‘chaga chiqishi bilan kuzovda bir-birlarining 
yelkalaridan ushlab zich turgan xizmatchilar og‘izlarini ochishdiyu butun ko‘chani boshlariga ko‘tarib, 
ommaviy qo‘shiqni ijro eta boshladilar. Ikkinchi yuk mashinasi, undan keyin uchinchi mashinadagilar 
ham ularga jo‘r bo‘lishdi. Xodimlar shu tarzda jo‘nab ketishdi. Ko‘cha-ko‘yda o‘z ishlari bilan yugurib 
yurgan odamlar yuk mashinalariga qiyo boqib qo‘yisharkan, hech ajablanishmasdi, chunki ularni 
shahar tashqarisiga ketayotgan ekskursiyachilar deb o‘ylashardi. To‘g‘ri, ular chindanam shahar 
tashqarisiga ketishayotgan edi, ammo ekskursiya emas, balki professor Stravinskiyning shifoxonasiga 
yo‘l olishgan edi. 
Tamomila esi og‘ib qolgan buxgalter yarim soatdan keyin tomoshaxonalar sektorining moliya 
bo‘limiga yetib bordi, bu yerda u qo‘lidagi davlat sarmoyasidan tezroq qutulish niyatida edi. Uning 
ko‘zi pishib qolgan edi, shunga ko‘ra cho‘zinchoq zalga oldin ehtiyotlik bilan asta mo‘raladi — bu 
yerda oltin harflar yozilgan sirlangan oynalar ortida xizmatchilar ishlab o‘tirishardi. Buxgalter bu yerda 
hech qanday vahima yo betartiblik alomatini ko‘rmadi. Botartib idoralarda bo‘lgani singari bu yerda 
osoyishtalik hukm surardi. 
Vasiliy Stepanovich: «Pul qabul qilinadi», deb yozilgan oynaga boshini sukdi, notanish bir 
xizmatchi bilan salomlashdi va muloyimlik bilan kirim orderi blankini so‘radi. 
— Nima qilasiz uni? — deb so‘radi xizmatchi. Buxgalter taajjublandi. 
— Pul topshirmoqchiman. Varetedanman. 
— Bir daqiqa sabr qiling, — dedi xizmatchi va tuynukni simto‘r bilan to‘sdi. 
«Qiziq!» — deb o‘yladi buxgalter. U to‘g‘ri ajablanayotgan edi. Chunki bunday holni umrida 
birinchi marta uchratishi edi. Hamma biladi: pul olish qiyin; bu ishda hamisha biron ishkallik topilishi 
mumkin. Lekin buxgalter o‘zining o‘ttiz yillik ish tajribasida bironta odamning, xoh u adliya vakili
xoh xususiy shaxs bo‘lsin, pul topshirishda qiynalganini ko‘rmagan edi. 
Mana, nihoyat simto‘r ochilib, buxgalter yana boshini oynaga tiqdi. 
— Ko‘pmi topshiradigan pulingiz? — deb so‘radi xizmatchi. 
— Yigirma bir ming yetti yuz o‘n bir so‘m. 
— O‘hho‘! — dedi xizmatchi negadir kinoyaviy oxdngda va buxgalterga yashil blank uzatdi. 
Buxgalter o‘ziga yod bo‘dib ketgan blankni bir zumda to‘ldirib, pul o‘ralgan paketning kanopini 
yecha boshladi. U paketni yechdiyu birdan ko‘zi jimirlab ketdi, qattiq iztirobda bir nima deb 
g‘o‘ldiradi. 
Uning ko‘z oldida chet el pullari yotardi. Bu yerda pachka-pachka Kanada dollarlari, ingliz funtlari
golland guldenlari, Latviya latlari, eston kronlari bor edi... 
— Mana o‘sha Varetedagi firibgarlardan bittasi, — degan dag‘dag‘ali ovoz eshitildi gung bo‘lib 
qolgan buxgalterning tepasida. Shu zahoti Vasiliy Stepanovichni hibsga olishdi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin