Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244
Usta va Margareta

O‘n sakkizinchi bob 
 
KO‘NGILSIZ TAShRIFLAR
Bizning tirishqoq buxgalter jasadsiz kostyumga yo‘liqishdan oddin taksomotorda borayotgan 
paytda, Moskvaga kelgan Kiev poezdining yumshoq o‘rinli 9-platskart vagonidan qo‘liga kichkinagina 
fibra
16
chamadon ko‘targan xushhulq bir odam hamma yo‘lovchilar qatori perronga tushdi. Bu 
yo‘lovchi marhum Berliozning Kievdagi sobiq Institut ko‘chasida istiqomat qiluvchi pochchasi 
ekonomist-planovik Maksimilian Andreevich Poplavskiy edi. Maksimilian Andreevichning Moskvaga 
16
Fibra — presslangan, egiluvchan pishiq qog‘oz 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
119
kelishiga u o‘tgan kuni kechqurun allamahalda quyidagi mazmunda olgan telegramma sabab bo‘lgan 
edi: 
«Meni hozirgina Patriarx ko‘lida tramvay bosib ketdi. Dafn juma, kunduz uchda. Yetib keling. 
Berlioz». 
Maksimilian Andreevich Kievda haqli ravishda eng donishmand kishilardan biri hisoblanardi. 
Lekin bu tarzdagi telegramma eng aqlli odamni ham gangitib qo‘yishi mumkin edi. Baski, odam o‘zini 
tramvay bosib ketgani haqida telegramma yuboribdimi, demak u o‘lmagan. Lekin unda dafnning nima 
aloqasi bor bunga? Yo ahvoli judayam og‘iru tirik qolishiga ko‘zi yetmayaptimikin? Bu mumkin, lekin 
dafn paytining anikdigi o‘ta g‘ayrioddiy hol edi — axir u o‘zining juma kuni kunduz soat uchda dafn 
etilishini, o‘zingiz o‘ylang, qayokdan bilsin? G‘oyat g‘aroyib telegramma!
Biroq chalkash jumboqlarni yecha olganlari uchun ham dono odamlarni dono deb atashadi. Masala 
ravshan. Xatoga yo‘l qo‘yilgan, telegramma chalkashib ketgan. «Meni» so‘zi, shubhasiz, bu yerga 
boshqa telegrammadan kirib, «Berliozni» degan so‘zning o‘rnini egallagan, «Berliozni» so‘zi esa, 
kelishik qo‘shimchasidan judo bo‘lib, telegramma oxiriga borib qolgan. Shunday tuzatish kiritiladigan 
bo‘lsa, telegrammaning mazmuni oydinlashar, ammo, fojiali tus olardi, albatta. 
Maksimilian Andreevich, umr yo‘ldoshining qayg‘uli faryodi sal tinishi bilan, darhol Moskvaga 
otlana boshladi. 
Shu o‘rinda Maksimilian Andreevichning dil rozini fosh qilishimizga to‘g‘ri keladi. Hech shubha 
yo‘qki, xotinining ayni kamolga yetgan paytda nobud bo‘lgan jiyaniga uning ham rahmi kelgan edi. 
Lekin, ish ko‘zini biluvchi odam sifatida, o‘zining dafn marosimida qatnashishiga unchalik zarurat 
yo‘qligini ham tushunardi, albatta. Shunga qaramay, Maksimilian Andreevich Moskvaga judayam 
shoshilib otlana boshladi. Xo‘sh, sabab nima? Sabab bitta — kvartira. Moskvadagi kvartirami? Ha, bu 
nihoyatda jiddiy masala. Maksimilian Andreevichga negadir Kiev yoqmasdi, shu sababli keyingi 
paytlarda Moskvaga ko‘chib o‘tish niyati uning qalbini qattiq iztirobga sola boshlagan, oqibat, hatto 
uyqusida ham xalovat qolmagan edi. Past sohil tomondagi orolchalarni ko‘mib, suvi ufqqa borib 
tutashgan Dneprning bahorgi toshqini ham uning bahri-dilini ocholmasdi. Knyaz Vladimir haykali 
poyidan ko‘zga tashlanuvchi, go‘zallikda qiyosi yo‘q ulug‘vor manzara ham uni maftun qilmas edi. 
Vladimir tepaligidagi g‘isht terilgan io‘lkalarda o‘ynovchi quyoshning olachalpoq nurlari ham uning 
ko‘nglini ovlamasdi. Bularning birontasini ham xohlamasdi u, faqat bir narsani — Moskvaga ko‘chib 
o‘tishni istardi. 
O‘zining Institut ko‘chasidagi kvartirasini Moskvadagi biron chog‘roq kvartiraga ayirboshlash 
haqida gazetalarga bergan e’lonlari hech qanday natija bermadi. Xohlovchilar topilmas, bitta-yarimta 
topilganiyam mutlaqo kurakda turmaydigan shartlar qo‘yardi. 
Telegramma Maksimilian Andreevichni larzaga soldi. Bunday qulay fursatni boy berishning o‘zi 
gunoh edi. Uddaburon odam bunday holning boshqa takrorlanmasligini yaxshi biladi. 
Qisqasi, qanchalik mushkul bo‘lmasin, bir amallab jiyanning Sadovaya ko‘chasidagi kvartirasini 
meros qilib olish kerak edi. Ha, bu mushkul, g‘oyatda mushkul ish, lekin shunday bo‘lsa ham, bu 
mushkulotni yengmoq lozim edi. Omilkor Maksimilian Andreevich bunga erishish uchun birinchi 
navbatdagi eng zarur ish nimadan iborat bo‘lishini yaxshi bilardi: bir ilojini qilib, marhum jiyanning 
uchta xonasiga vaqtincha bo‘lsa ham o‘zini propiska qildirib olishi kerak. 
Maksimilian Andreevich juma kuni Moskvaga yetib kelib, shu kuniyoq Sadovaya ko‘chasidagi 
302-bis uyning uy boshqarmasi eshigidan ichkari kirdi. 
Devoriga daryoga cho‘kkan odamni tiriltirish usullari bir nechta suratda tasvirlangan eski plakat 
osilgan torgina xonada yog‘och stol ortida soqol-mo‘ylovi o‘sib ketgan, ko‘zlari alang-jalang boquvchi 
o‘rta yoshlardagi odam yolg‘iz sho‘ppayib o‘tirardi. 
— Boshqarma raisini ko‘rishim mumkinmi? — deb tavoze bilan so‘radi ekonomist-planovik, 
boshidan shlyapasini olib, chamadonchasini bo‘sh turgan stulga qo‘yarkan. 
Mana shu odmigina savoldan stol ortida o‘tirgan odamning negadir ruhi tushib, rangi bo‘zday 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin