www.ziyouz.com
kutubxonasi
131
Professor trubkani ilib, yana o‘z stoli tomonga o‘girildi, o‘girildiyu chinqirib yubordi. Stol ortida
boshiga hamshiralar durrasini o‘ragan va «Zuluklar» deb yozilgan sumka ushlagan bir ayol o‘tirardi.
Professor uning og‘ziga tikilib dod solib yubordi. Chunki u og‘zi qiyshiq, qulog‘igacha yetgan, boz
ustiga erkakcha og‘iz bo‘lib, unda bittagina so‘yloq tish bor edi. Hamshiraning ko‘zlari nursiz edi.
— Pullarni men yig‘ib olaman, — dedi hamshira do‘rillagan erkakcha ovoz bilan, — bekorga
sochilib yotadimi. — U qushnikiga o‘xshagan panjasi bilan etiketkalarni sidirib olarkan; ayni paytda
havoda erib, ko‘zdan yo‘qola boshladi.
Oradan ikki soat o‘tdi. Professor o‘z yotoqxonasida karavotda o‘tirarkan, ikki chakkasida, quloqlari
orqasida va bo‘ynida zuluklar osilib yotardi. Kuzminning oyoq tomonida qavima shoyi ko‘rpa ustida
oppoq mo‘ylovli professor Bure Kuzminga hamdardlik bilan tikilib o‘tirarkan, o‘zi ko‘zingga shunday
ko‘ringan, hech ishonma, deb tasalli berardi do‘stiga. Tashqarida esa, endi qorong‘i tushgan edi.
Shu kecha Moskvada yana qanday g‘aroyibotlar ro‘y bergan — biz bilmaymiz, surishtirib ham
o‘tirmaymiz, albatta, buning ustiga, ushbu haqqoniy qissamizning ikkinchi qismiga o‘tadigan payt ham
yetib keldi. Men bilan yuring, kitobxon!
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
132
IKKINCHI QISM
O‘n to‘qqizinchi bob
MARGARITA
Men bilan yuring, kitobxon! Dunyoda chinakam, sadoqatli, boqiy muhabbat yo‘q, deb kim aytdi
sizga? Shunday degan yolg‘onchining qabohatkash tili kesilsin!
Siz faqat men bilan yuring, kitobxon, men ko‘rsataman sizga o‘shanday pok muhabbatni!
Yo‘q! Usta kasalxonada Ivanushkaga achchiq qayg‘u bilan, u meni unutib yuborgan, deb aytganida
yanglishgan edi. Bunday bo‘lishi aslo mumkin emas edi. U ayol ustani unutmagan edi, albatta.
Keling, birinchi navbatda, ustaning Ivanushkadan yashirgan sirini oshkor qilaylik. O‘shal
mahbubaning ismi-sharifi Margarita Nikolaevna bo‘lib, ustaning bu ayol to‘g‘risida sho‘rpeshona
shoirga aytgan hamma gaplari to‘g‘ri edi. Ha, u o‘z mahbubasini to‘g‘ri tasvirlagan edi. U juda go‘zal
va aqlli ayol edi. Bu gapimizga ilova qilib yana shuni qat’iy ishonch bilan aytishimiz mumkinki,
ko‘pchilik ayollar hayotda Margarita Nikolaevna bilan o‘rin almashish uchun hech nimalarini ayama-
gan bo‘lar edilar. O‘ttiz yoshli befarzand Margarita juda yirik bir mutaxassisning, mutaxassis
bo‘lganda ham davlat ahamiyatiga molik muhim kashfiyot egasining xotini edi. Eri yosh, chiroyli,
oqko‘ngil, halol yigit bo‘lib, Margaritani sidqidildan sevar edi. Margarita Nikolaevna eri bilan ikkovi
Arbat yaqinidagi tor ko‘chalardan birida bog‘ ichida joylashgan chiroyli imoratning yuqori qavatini
butunicha egallashgan edi. G‘oyat xushmanzara joy! O‘shal boqqa borishni ixtiyor qilgan har bir odam
gapimning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Xohlovchi bo‘lsa, menga murojaat qilsin, unga
adresni aytib, yo‘lni ham ko‘rsataman — u imorat haliyam bor.
Margarita Nikolaevna hech qachon puldan siqilmagan. U ko‘ngli tusagan hamma narsani sotib
olishi mumkin edi. Erining tanishlari orasida ajoyib kishilar ham uchrardi. Margarita Nikolaevna hech
qachon primusga yaqinlashmagan Margarita Nikolaevna umumiy kvartirada yashash mashaqqatlaridan
mutlaqo bexabar. Qisqasi... u baxtiyormidi? Bir lahza ham! U o‘n to‘qqiz yoshida erga tegib shu uyda
yashay boshlagandan beri baxt nimaligini bilmasdi. O xudolar, xudolar! Nima kerak edi o‘zi bu
ayolga! Ko‘zlarida hamisha mavhum bir o‘t chaqnab turuvchi bu ayolga nima kerak edi? O‘shanda
bahorda mimoza guli taqib olgan bir ko‘zi xiyolgina g‘ilay bu alvastiga nima kerak edi o‘zi?
Bilmayman. Menga ma’lum emas. Chamasi u rost gapirgan edi, ya’ni unga gotika uslubida
20
qurilgan
imorat ham, alohida bog‘ ham, pul ham emas, yolg‘iz usta kerak edi. Margarita rost gapirgan edi, u
ustani sevar edi. Hattoki men — rostgo‘y qissanavis, garchi begona odam bo‘lsam ham, Margaritaning
ertasi kuni ustanikiga kelib, uning uyda yo‘qligidan qanday iztirob chekkanini o‘ylasam, yuraklarim
ezilib ketadi (yaxshiyamki, baxtiga tunda eri qaytib kelmagan va Margarita u bilan gaplashishga
ulgurmagan edi).
U usta to‘g‘risida biron darak eshitish uchun qo‘lidan kelgan hamma harakatni qildi, lekin, turgan
gapki, hech nima bila olmadi. Shundan keyin u o‘z uyiga qaytib, yana avvalgidek kun kechira
boshladi.
— Ha, ha, ha, o‘xshash xato! — derdi Margarita qishda pechka oldida olovga tikilib o‘tirarkan, —
nega axir o‘shanda, kechasi uni tashlab ketdim? Nega? Bu axir telbalik edi-ku! Men va’damga vafo
qilib ertasi kuni bordim, lekin kechikkan edim. Ha, men ham xuddi baxtiqaro Leviy Matveyga o‘xshab
ancha kechikib bordim!
Bu bema’ni gap edi, albatta, negaki, aslini olganda, agar u o‘sha kecha ustaning uyida qolganida
ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmasdi!
20
Gotika uglubi — Yevropada o‘rta asrlarda rivojlangan me’morchilik uslubi
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
Dostları ilə paylaş: |