www.ziyouz.com kutubxonasi
184
osoyishtalik ato etsin. — U bir zum sukut saqlab, so‘ng davom etdi: — Demak, sizning fikringizcha,
endi qo‘shinni olib ketsa bo‘ladi?
— Menimcha, Shiddatli legion qohortasi ketsa bo‘ladi, — deb javob qiddi memon, so‘ng ilova
qildi: — Lekin xayrlashuv oldidan shahar ko‘chalaridan tantanavor marsh qilib o‘tsa yomon bo‘lmasdi.
— Juda yaxshi fikr, — deb ma’qulladi prokurator, — ertadan keyin men u qohortaga javob
beraman, o‘zim ham jo‘nab ketaman, sizga o‘n ikki xudo jamoasi haqqi, ajdodlarimiz ruhi haqqi, ont
ichib aytamanki, shu ishimni shu bugun bajarish uchun yarim davlatimni baxshida qilishga ham rozi
edim.
— Prokurator Yershalaimni xush ko‘rmaydilarmi? — muloyim ohangda so‘radi mehmon.
— Nimasini aytasiz, — dedi prokurator jilmaygancha, — dunyoda bundan nobobroq joy yo‘q.
Iqlimi haqida-ku gapirmasam ham bo‘ladi. Har gal bu yerga kelganimda tobim qochadi. Lekin buyam
baharnav. Bu yerning hayit-bayramlarini aytmaysizmi — kohinlar, s yehrgarlar, afsungarlar, gala-gala
ziyoratchilar... Mutaassiblar, mutaassiblar! Bitta masiho g‘alvasi qancha gashvishga qo‘ydi — tavba,
nega endi kelib-kelib uni shu bu yil zohir bo‘ladi deb kuta boshlashdi-ya? Eng ko‘ngilsiz
xunrezliklarning shohidi bo‘laman deb har daqiqa yurak hovuchlab turasan. Qo‘shinlarni muttasil
joydan-joyga ko‘chirish, yarmidan ko‘pi o‘z ustingdan yozilgan chaquvlar, g‘iybatlarni o‘qish!
Hammasi yurakni ziq qiladigan ishlar, shunday emasmi? O, agar imperator xizmatida
bo‘lmaganimdami!..
— To‘g‘ri, bu yerdagi bayramning daxmazasi ham oor, — deb e’tirof etdi mehmon.
— O, koshkiydi shu baytalmon bayram tezroq tugay qolsa, — ilova qildi Pilat ancha jonlanib. —
Unda men nihoyat Qaysariyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lardim. Ishonasizmi, Irodning manavi
bema’ni inshooti, — prokurator qo‘lipi ustunlar yoqalab olisga cho‘zgan edi, uning qasr haqida
gapirayotgan cha’lum bo‘ldi, — meni tamomila jinni qilib ko‘ymoqda. Men u yerda tunay olmayman.
Dunyoda bunaqa betayin inshoot bo‘lgan emas. Hay, asosiy gapga qaytaylik. Avval ayting-chi, anavi
la’nati Varravvan sizni xavotirga solmayaptimi?
Shu chog‘ mehmon o‘zining o‘sha maxsus nigohini prokuratorning yonog‘iga qaratdi. Lekin u
aftini burishtirib, uzoqqa — o‘z poyi ostidagi shahrining shimolda xiyla xiralashgan qismiga
erinchoqlik bilan tikilardi. Mehmonning nigohi yana so‘nib, qovoqlari osiddi.
— Endi Var musichadek beozor bo‘lib qolgan, deb bemalol aytish mumkin, — dedi mehmon
kulcha yuzida ajinlar paydo bo‘lib. — Endi u isyon ko‘tarishga iymanadi.
— Shunchalik mashhurmi u? — deb so‘radi Pilat miyig‘ida kulib.
— Prokurator, har safargidek, masalaning nozik jihatini yaxshi fahmladilar!
— Lekin harna bo‘lganda ham, — dedi prokurator tashvishli ohangda va qora ko‘zli uzuk taqilgan
ingichka, uzun barmog‘ini yuqori ko‘tarib, — yo‘lini qilish kerak...
— O, prokurator xotirjam bo‘lsinlar, kamina Iudeyada ekanman, Varravan bizning nazoratimizsiz
bir qadam ham jila olmaydi.
— Endi ko‘nglim tinchidi, sirasini aytganda, siz shu yerda bo‘lganingizda hamisha tinchman.
— Siz behad saxovatlisiz, prokurator!
— Endi qatl haqida so‘zlab bering, — dedi prokurator.
— Sizni aynan nima qiziqtiradi?
— Olomon norozilik bildirishga urinmadimi? Eng muhim shu, albatta.
— Mutlaqo, — deb javob qildi mehmon.
— Juda yaxshi. Mahbuslarning o‘lganligini o‘zingiz aniqladingizmi?
— Bunga imoningiz komil bo‘lsin, prokurator.
— Ayting-chi... ularni ustunlarga osish oldidan ichimlik berildimi?
— Ha. Lekin u, — shunday deb mehmon ko‘zini yumdi, — ichishdan bosh tortdi.
— Kim u? — deb so‘radi Pilat.
— Afv eting, igemon! — dedi mehmon, — ismini aytmadimmi? Ha-Notsri.