www.ziyouz.com kutubxonasi
183
rang baxsh etgan edi. Favvoraga qayta jon kirib, baralla kuylay boshladi, kabutarlar yana qum sepilgan
yo‘lkalarga uchib tushishib, singan shoxchalar ustidan sakrasharkan, «hu-hu»lashib, ho‘l qumdan
nimalarnidir topib cho‘qishardi. Qizil ko‘lmak endi artilgan, sopolaklar terib olingan, xontaxtadagi bir
tovoq pishgan go‘shtdan bug‘ chiqardi.
— Prokuratorning amrini eshitishga muntazirman, — dedi mehmon xontaxtaga yaqin kelarkan.
— To men bilan o‘tirib may ichmaguningizcha hech nima eshitmaysiz, — dedi Pilat nazokat bilan
va uni ikkinchi chorpoyaga taklif qildi.
Kelgan odam chorpoyaga yonboshladi, xizmatkor uning kadahiga quyuq qizil sharob quydi.
Ikkinchi xizmatkor esa Pilatning yelkasi osha ehtiyotlik bilan engashib, uning qadahini to‘ldirdi,
Shundan so‘ng prokurator bir imo bilan ikkinchi qulni jo‘natib yubordi. kelgan odam tanovul bilan
band ekan, Pilat maydan huplab-ho‘plab, qisiq ko‘zlari bilan mehmonni kuzatib yotdi. Mehmon o‘rta
yoshlardagi odam bo‘lib, istarasi issiq, kulcha yuzi tarovatli, burni go‘shtdor edi. Sochining qanday
rangda ekanligini aniq aytish qiyin edi. Xozir, quriy boshlagach, u sarg‘ish tusga kirayotgan edi. Uning
qaysi millatga mansubligini ham aniqlash mushkul edi. Chehrasidagi asosiy belgi xushmuomalalik
desa ham bo‘lardi-yu, biroq ko‘zlari, aniqrog‘i, ko‘zlari ham emas, balki o‘z suhbatdoshiga tikilib
qarash tarzi chehrasidagi o‘sha xushmuomalalikka putur yetkazardi. U bitko‘z bo‘lib, odatda, sal
shishinqiragandek ko‘rinuvchi g‘ayrioddiy qovoqlari ostidan beozor mug‘ambirlik bilan boqardi.
Chamasi, mehmon mutoibaga moyil edi. Biroq bu mutoiba uchquni o‘qtin-o‘qtin ko‘zlaripi mutlaqo
tark etib, u qovoqlarini ko‘tarar, ko‘zlarini katta ochib, go‘yo suhbatdoshining burni uchidagi ko‘z
ilg‘amas biron dog‘ni tez ko‘rib olmoqchi oo‘lganday, unga dabdurustdan qattiq tikilardi. Lekin bu
tikilish bir lahzagina davom etib, qovoqlar yana gushar, ko‘zlar qisilib, ularda muloyimlik va
mug‘ambirona idrok uchquni porlay boshlardi.
Mehmon ikkinchi qadahga ham moyillik bildirdi, bir nechta ustritsani
27
oshkora lazzat bilan laqqa-
laqqa yutib yubordi, sabzavot dimlamasidan tatib ko‘rdi, go‘shtdan ham bir bo‘lagini olib yedi.
Qorni to‘ygach mayni maqtadi:
— A’lo nav uzum, prokurator, lekin bu — «Falerno» bo‘lmasa kerak?
— «Sekuba», o‘ttiz yillik, — lutfan javob qildi prokurator.
Mehmon qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qorni to‘yganligini aytdi va minnatdorchilik bildirdi. Shunda Pilat
o‘z qadahiga may to‘ldirdi, mehmon ham shunday qildi. Ikkovlari o‘z qadahlaridan go‘sht solingan
laganga bir oz may paymo qildilar, keyin prokurator qadahini ko‘tarib, baralla ovoz bilan dedi:
— Biz uchun hamda jahonda eng aziz va mo‘tabar inson, rimliklar padari bo‘lmish buzruk qaysar,
sen uchun!
Shundan so‘ng ular qadahlarni oxirigacha sipqordilar, afrikalik qullar xontaxta ustidagi taomlarni
yig‘ishtirib olib chiqib ketishdi, bu yerda faqat ho‘l mevalaru ko‘zalarda sharob qoldi. Prokurator yana
bir imo bilan xizmatkorlarni ketqazib yubordi va ustunlar poyida — rovonida endi o‘z mehmoii bilan
qoldi.
— Xo‘sh, — deb ohista gap boshladi Pilat, — bu shahar aholisining kayfiyati haqida qanady
fikrdasiz?
Shunday deb u nigohini beixtiyor shiyponning nariyog‘iga, oftobning so‘nggi shu’lalariga g‘arq
bo‘lgan pastlikdagi ustuilarga, uylarning yassi tomlariga qaratdi.
— Taxminimcha, prokurator, — deb javob qildi mehmon, — Yershalaimdagi hozirgi kayfiyat
qoniqarli.
— Demak, betartiblik endi tahdid solmaydi, deb ishonsa bo‘ladi?
— Faqat, — deb javob qildi mehmon prokuratorga muloyim nigoh tashlarkan, — dunyoda bir
narsaga — buyuk qaysarning qudratiga ishonsa bo‘ladi.
— Tangrilar uning umrini ziyoda qilsin, — deb shu zahoti gapni ilib ketdi Pilat, — davlatiga
27
Ustritsa — mitti dengiz mavjudoti. Tansiq ovqat sifatida tiriklayin isge’mol qilinadi