Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
179
fonus yoritgan hovlida boyagi chamadon ko‘targan odamning chilparchin bo‘lib o‘lib yotganini 
ko‘raman deb o‘ylagan edi u. Ammo asfalt hovlida hech nima yo‘q edi. 
Bu uyqusiragan alomat jonzod o‘zidan hech bir nom-nishon qoldirmay misoli qushday uchib 
ketiptida, deb taxmin qilishdan o‘zga iloj qolmadi. Annushka cho‘qinib olib, ko‘nglidan o‘tkazdi: «Ha, 
bu elliginchi kvartira aytganlaricha bor ekan! Odamlar bekorga gapirishmagan ekan! Ana kvartirayu 
mana kvartira!». 
U shunday xayolga borib turganida tepadagi eshik yana taraqladiyu yana bir odam chopib tusha 
boshladi. Shunda afti bir oz cho‘chqaning tumshug‘iga o‘xshab ketsa ham, ammo soqol qo‘ygan va 
xiyla basavlat bir kishi o‘zini chetga olib devorga qisilib turgan Annushkaning yonidan «g‘iz» etib 
o‘tib, bu ham xuddi boyagi odam singari asfalt hovliga yiqilib o‘lishi mumkinligini o‘ylamay, o‘zini 
derazadan otdi. Annushka bugun uydan nima maqsadda chiqqanini ham unutib, zinada qoldi, u hadeb 
cho‘qinar, oh-voh qilar, o‘zi bilan o‘zi gaplashar edi. 
Saldan keyin uchinchi odam (bunisi — soqol-mo‘ylovsiz, kulcha yuz, egniga ko‘krak burma keng 
ko‘ylak kiygan edi) yuqoridagi eshikdan otilib chiqib, u ham avvalgi kishi singari derazadan uchib 
chiqib ketdi. 
Shuni ham aytish kerakki, Annushka o‘ziga yetgancha sinchkov edi, shunga ko‘ra, yana bironta 
yangi mo‘‘jiza sodir bo‘lmasmikin, deb yana kutishga ahd qildi. Yuqori qavatdagi eshik yana ochiddi, 
bu safar zinadan bir talay odam tushib kela boshladi, lekin ular chopmasdan, hamma odamlar qatori 
bahuzur yurib tushishardi. Annushka deraza oldidan qochib, «g‘ir» etib o‘z eshigi oldiga chopib tushdi, 
shosha-pisha eshikni ochib, o‘zini uning panasiga oldi, shunda sal ochiq qoldirilgan eshik tirqishidan 
uning qattiq hayajonlangan sinchkov ko‘zi «lip-lip» chaqnadi. 
Kasalliginiyam, kasalmasliginiyam bilib bo‘lmaydigan, rangi bo‘zday oqargan, soqol-mo‘ylovi 
o‘sib ketgan, egniga allaqanday xalat, boshiga qora shapkacha kiygan g‘alati bir odam bazo‘r qadam 
qo‘yib tushib kelardi. Yelkasiga qora rido tashlagan (nim qorong‘ida Annushkaning ko‘ziga shunday 
ko‘ringan edi) bir xonim haligi odamni ehtiyotlab qo‘ltiqlab olgandi. Xonim yalangoyoqmidi, yo 
oyog‘iga qandaydir juda yaltiroq, yirtilib tilka-tilka bo‘lib ketgan (chet elniki bo‘lsa kerak) tufli 
kiyganmidi — buni aniq aytish qiyin. Voy sharmanda-e. Tuflini gapirasiz-a! Axir bu oyimcha qip-
yalang‘ochu! Ha-da, yalang‘och yelkasiga jubba tashlab olipti, xolos! «Jin tekkanmi o‘zi bu kvartiraga, 
nima balo?» Ertaga qo‘shnilariga og‘iz ko‘pirtirib so‘zlab beradigan gap topilganidan Annushka ich-
ichidan quvonardi.. 
G‘aroyib libosdagi bu xonimcha orqasidan qo‘liga chamadoncha ko‘targan mutlaqo qip-yalang‘och 
boshqa bir xonimcha tushib kelar, chamadon yonida esa xirsday keladigan bir qora mushuk g‘ivirsirdi. 
Annushka ko‘zlarini ishqalarkan, hayratdan chinqirib yuborishiga sal qoldi. 
Hammadan orqada pakana, g‘ilay ko‘z, egiiga oq iimcha kiyib, bo‘yniga galstuk bog‘lagan bir 
ajnabiy oqsoqlanib tushib kelardi. Ularning hammasi Dtshushkaning eshigi yonidan o‘tib, pastga tusha 
boshladi. Ular maydonchadan o‘tishayotganda bir nima to‘q» etdi. Oyoq tovushlarining tina 
boshlaganini eshitgan Annushka etagidan xuddi ilondek sirg‘alib chikdi, bitonini devor tagiga qo‘yib, 
qorni bilan maydonchaga yotdi-da, hammayoqqa qo‘l cho‘zib timirskilana boshladi. Mana, qo‘liga 
og‘ir bir narsa o‘ralgan ro‘molcha ilindi. Annushka ro‘molchani ochib, qimmatli topilmani u ko‘ziga 
yaqin olib borgan edi, ko‘zi naq och bo‘riniki singari yona boshladi. Annushkaning miyasida quyun 
ko‘tariddi: «Hech narsa bilmayman! Hech narsa ko‘rganim ham, eshitganim ham yo‘q! Jiyanimnikiga 
olib borsammikin? Yo arralab bo‘lak-bo‘lakka ajrataymi? Olmos toshlarni kavlab olsam ham bo‘ladi... 
Keyin ularni bitta-bittadan pullayveraman: birini Petrovka bozorida, yana birini Smolenskiy bozorida... 
Xullas, hech narsa ko‘rmadim, hech narsa eshitmadim, hech narsa bilmayman!». 
Annushka topilmani qo‘yniga yagpirib, bitonini qo‘liga oldi-da, shaharga chiqish rejasidan voz 
kechib, o‘z kvartirasiga «ship» etib kirib ketmoqchi bo‘lgan edi, ro‘parasida birdan boyagi oq nimcha 
kiygan odam (osmondan tushganiniyam, yerdan chiqqaniniyam hech kim bilmaydi) paydo bo‘ldi va 
sekingina pichirladi: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin