Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
218
odam — o‘sha Leviy Matvey edi). 
— Men bilan shuning uchun ham bahslasha olmaysanki, sen, boya aytganimdek, tentaksan, — deb 
javob qiddi Voland va so‘radi. — Qani, meni toliqtirmay, maqsadga o‘t, nega kelding? 
— Meni u yubordi. 
— Qanday gap olib kelding undan, qul? 
— Men qul emasman, — tobora ko‘proq achchig‘lanib javob qildi Leviy Matvey, — men uning 
shogirdiman. 
— Biz, har galgidek, sen bilan boshqa-boshqa tilda gaplashyapmiz, — dedi Voland, — lekin bu 
bilan suhbatimiz mavzui bo‘lgan narsalar o‘zgarmaydi. Xo‘sh, shunday qilib... 
— U ustaning asarini o‘qib chiqdi, — deb gapira boshladi Leviy Matvey, — shu bois, u sendan 
ustani o‘zing bilan olib ketib, unga orom baxsh etishingni iltimos qildi. Nahotki bu ish sen uchun qiyin 
bo‘lsa, yovuzlik sultoni? 
— Men uchun qiyin ish yo‘q, — deb javob qildi Voland, — buni o‘zing ham yaxshi bilasan. — U 
bir oz tek qoldi, so‘ng ilova qildi: — Nega endi uni o‘zlaringga — yorug‘likka olib ketmayapsizlar? 
— U yorug‘likka emas, oromga sazovor, — dedi Leviy g‘amgin ovoz bilan. 
— Borib ayt, buyruq bajariladi, — javob qildi Voland va: — Lekin sen darhol ko‘zimdan yo‘qol, 
— deb ilova qilar ekan ko‘zida o‘t chaqnadi. 
— Uning yana bir iltimosi shuki, ustani sevgan va u deb iztirob chekkan ayolni ham olib 
ketarmishsizlar, — deb Leviy birinchi marta yolboruvchi ohangda murojaat qildi Volandga. 
— Aytmasang, o‘zimizning aqlimiz yetmas ekanmi bunga? Jo‘na. 
Shu gapdan so‘ng Leviy Matvey g‘oyib bo‘ldi, Voland esa Azazelloni chaqirib olib, unga buyurdi: 
— Darhol uchib borib, ularni safarga shayla. Azazello ayvonni tark etdi, tom boshida Voland 
yolg‘iz qoldi. Lekin uning yolg‘izligi uzoq cho‘zilmadi. Ayvonning tosh terilgan sahnida oyoq 
tovushlari va gangir-gungur ovozlar eshitildi. Volandning karshisida endi Korovyov bilan Begemot 
paydo bo‘lishdi. Biroq Begemotning qo‘lida primus yo‘q edi, u boshqa narsalarni ko‘tarib olgan edi. 
Chunonchi, u qo‘ltig‘iga dala manzarasi tasvirlangan mo‘‘jazgina zarrin ramka qistirib olgan, bilagiga 
yarmi kuyib ketgan oshpazlar xalati tashlangan, ikkinchi qo‘lida butun boshli syomga balig‘i bor edi. 
Korovyov bilan Begemotdan kuyindi hidi kelar, Begemotning basharasiga qora kuya surtilgan, 
kepkasining yarmi kuygan edi. 
— Salyut, messir, — deb chinqirishib salomlashdi tinib-tinchimas oshnalar, Begemot esa hatto 
syomga balig‘ini havoda silkib qo‘ydi. 
— Qoyil, azamatlar, — dedi Voland kesatib. 
— Messir, bir tasavvur qiling-a, — deb chiyilladi Begemot hayajon va quvonch bilan, — meni 
kafando‘z deb o‘ylashsa bo‘ladimi? 
— Ko‘tarib kelgan narsalaringga qaraganda, — deb javob qildi Voland ramkadagi suratni ko‘zdan 
kechirarkan, — g‘irt kafando‘zdning o‘zisan. 
— Ishonasizmi, messir... — deb Begemot samimiy ohangda gap boshlagan edi... 
— Yo‘q, ishonmayman, — deb qisqagina javob bilan uning so‘zini bo‘ldi Voland. 
— Ont ichib aytamanki, messir, kamina jonbozlik ko‘rsatib, hamin qadar ko‘proq narsani 
qutqarishga urindim, illo saqlab qolgan narsalarim mana shular xolos. 
— Sen yaxshisi, menga ayt, qanday qilib o‘t ketdi Griboedovga? — so‘radi Voland. 
Korovyov ham, Begemot ham «hayronmiz» degan ma’noda kiftlarini uchirib, ko‘zlarini ko‘kka 
tikishdi. Begemot esa yana chinqirib dedi: 
— Aqlim bovar qilmaydi! Sho‘xlik qilmasdan, tinchgina, ovqatlanib o‘tirgan edik... 
— Shu mahal birdan «paq, puq!» — deb gapni ilib ketdi Korovyov, — o‘q otila boshladi! Begemot 
ikkovimiz dahshatdan esimiz og‘ib qolib, xiyobon tomon yugurdik, orqamizdan quva boshlashdi, biz 
Timiryazev tomonga o‘zimizni urdik! 
— Lekin burchga sadoqatlilik tuyg‘usi, — deb gapga aralashdi Begemot, — sharmandalarcha 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin