Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
219
qo‘rquvdan ustun chiqdi-yu, biz yana qaytib bordik! 
— E, shunaqami hali? — dedi Voland, — shundan keyin bino yonib kul bo‘lgan, albatta. 
— Ha, kul bo‘ldi! — ma’yus ohangda ta’kidladi Korovyov, — ya’ni, messir, siz g‘oyat aniq ifoda 
etdingiz — kuyib kul bo‘ldi. Kuyik g‘o‘lalar qoldi, xolos! 
— Men, — deb hikoyasini davom ettirdi Begemot, — majlislar zaliga otildim — ustunlari serob 
zalga, messir, biron-bir qimmatbaho buyumni qutqarib qolish maqsadida. O, messir, mening xotinim, 
agar men uylangan bo‘lganimda, bir emas, yigirma marta beva qolish xavfiga duchor bo‘lardi! Lekin, 
yaxshiyamki, messir, bo‘ydoqman, sizga ochig‘ini aytsam — g‘oyat baxtiyorman xotinim yo‘qligidan. 
O, messir, qaysi ahmoq bo‘ydoqlik erkidan voz kechib, boshini mash’um oilaviy bo‘yinturuqqa tiqadi-
a? 
— Bas qil safsatani! — dedi Voland. 
— Bosh ustiga, davom etaman, — deb javob qildi mushuk, — darvoqe, mana surat. Boshqa hech 
narsa olib bo‘lmadi zaldan, alanga to‘g‘ri yuzimga urildi. Shundai keyin omborxonaga yugurdim, u 
yerdan manavi syomga balig‘ini olib chikdim. Oshxonaga otilib kirib, bu xalatni o‘tdan sakdab qoldim. 
Nazarimda, men, messir, qo‘limda kelgan hamma ishni qildim, ammo chehrangizdagi shubha 
alomatlarining sababi nima, tushunmayapman. 
— Korovyov nima qildi, sen kafando‘zlik bilan ovora bo‘lgai paytingda? — deb so‘radi Voland. 
— Men o‘t o‘chiruvchilarga ko‘maklashdim, messir, — javob qildi Korovyov shimining yirtig‘ini 
ko‘rsatib. 
— Shunaqa degin, unday bo‘lsa, albatta yangi bino qurish lozim bo‘ladi. 
— Bino quriladi, messir, — dedi Korovyov, — gapimga ishonavering. 
— Hay, durust, unda yangi bino eskisidan yaxshiroq bo‘ladi deb umid qilaman, xolos, — dedi 
Voland. 
— Aytganingizdek bo‘ladi, messir, — dedi Korovyov. 
— Gapimga ishonavering, — deb ilova qildi mushuk, — kamina uchchiga chiqqan 
payg‘ambarman. 
— Har qalay, istiqbolingizga qaytib keldik, messir, — dedi Korovyov, — farmoyishingizga 
muntazirmiz. 
Voland kursidan turib, panjara oldiga bordi va o‘z mulozimlariga orqa o‘girgancha uzoq vaqt 
sukutga tolib, olis-olislarga tikilib turdi. So‘ng u panjaradan uzoqlashib, yana kursiga borib o‘tirdi-da, 
shunday dedi: 
— Hech qanday farmoyish bo‘lmaydi — sizlar hamma vazifani, baholi qudrat bajardingiz, hozircha 
boshqa hech qanday xizmat yo‘q sizga. Dam olishingiz mumkin. Hozir momaqaldiroq boshlanadi, bu 
oxirgi momaqaldiroq yakunlanishi zarur bo‘lgan hamma narsaga yakun yasaydi-yu, biz yo‘lga ravona 
bo‘lamiz. 
— Juda soz, messir, — deyishdi ikki masxaraboz va ayvon o‘rtasidagi doirasimon minora orqasiga 
o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi. 
Voland tilga olgan momaqaldiroq bulutlari bu payt ufkda to‘plana boshlagan edi. G‘arbdan qora 
bulut ko‘tarilib, quyoshning yarim betini to‘sdi. So‘ng uni butunlay burkab oldi. Ayvonda salqin 
shabada esdi. Yana xiyol vaqt o‘tishi bilan hammayoqni zulmat qopladi. 
G‘arbdan bosib kelgan bu zulmat ulkan shaharni butkul burkab oldi. Ko‘priklar, qasrlar g‘oyib 
bo‘ldi. Hamma narsa, go‘yo hech qachon yorug jahonda bo‘lmagandek, ko‘zdan yo‘qoldi. Osmonning 
u chekkasidan-bu chekkasigacha o‘tli chiziq kesib o‘tdi. So‘ng shahar qandaydir zarbadan larzaga 
keldi. Zarba yana takrorlanib, momaqaldiroq boshlanadi. Voland bu zulmat qo‘ynida 
ko‘rinuvchanligini yo‘qotdi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin