Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
kelayotgap otlar dupuri va quvnoq tarzda qisqa-qisqa ijro etilgan harbiy karnay sadosi ham eshitildi. 
Bu tovushlarga javoban bozor boshidan Hippodrom maydoniga olib chiquvchi ko‘chadagi uylarning 
tomlariga chiqib olgan bolalarning quloqni batang qilgudek o‘tkir hushtaklari va «po‘o‘sht, po‘-o‘sht!» 
— deb qichqirgan ovozlar yangradi. 
Maydonning odamlardan tozalangan qismida turgan bir askar birdan hayajonlanib, qo‘lidagi 
bayroqchani silkidi, shunda prokurator, legion sarkardasi, kotib va soqchilar yurishdan to‘xtashdi. 
Maydonga, otlarni tobora jadalroq choptirib, suvoriylar kirib keldi, u xalq to‘plangan yerni chetlab 
o‘tish va Taqir Toqqa eng qisqa yo‘ldan tezroq yetib olish uchun, tok barglariga burkangan tosh devor 
bo‘ylab cho‘zilgan yo‘ldan kelayotgan edi. 
Eng oldinda otini uchirib kelayotgan jussasi o‘g‘il bolaniki singari chog‘gina, qora badan suriyalik 
komandir yigit Pilatga yaqinlashgach, chiyillagan ovoz bilan bir nima dedi va shamshirini g‘ilofidan 
sug‘irdi. U mingan, terlab ko‘pik bo‘lib ketgan qora ot hurkib orqa oyoqlariga turdi. Komandir 
shamshirini g‘ilofga solib, otning bo‘yniga qamchi urdi va jilovini bo‘sh qo‘yib tor ko‘cha tomon 
uchirdi. Qolgan suvoriylar uchta-uchtadan bo‘lib uning orqasidan ko‘cha changitib ot choptirib borar-
kanlar, bambukdan yasalgan yengil nayzalarining uchi lik-lik sakrardi. Boshlaridagi oq salla tufayli 
yuzlari yana ham qoraroq ko‘ringan bu suvoriylar oppoq tishlarini irshaytirib prokurator yonidan 
shamoldek yelib o‘tishdi. 
Otliq qo‘shin hammayoqni changga burkab, tor ko‘chaga o‘qday otilib kirib ketdi, eng oxirida 
Pilatning yonidan oftobda yaraqlagan karnaychasini orqasiga osib olgan suvoriy o‘tdi. 
Pilat norozi qiyofada aftini bujmaytirib, qo‘li bilan og‘iz-burnini changdan to‘sgancha, qasr 
bog‘ining darvozasi tomon yurdi, sarkarda, kotib va soqchilar unga ergashdilar. 
Vaqt ertalabki soat o‘nlar edi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin