Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
32
hech yerda ko‘rinmasdi. Shunda Ivan o‘ziga o‘zi qat’iyat bi-lan dedi: 
Turgan gapki, u Moskva daryosida! Olg‘a! 
Ivan Nikolaevichdan, nima uchun siz professorni aynan Moskva daryosida deb o‘ylayapsiz, deb 
so‘ralsa yaxshi bo‘lardiya, ammo hamma balo shunda ediki, bu savolni beradigan odamning o‘zi yo‘q 
edi. Manfur tor ko‘cha huvillab yotardi. 
Oradan xiyolgina vaqt o‘tar-o‘tmas Ivan Nikolaevichni Moskva daryosi sohilidagi tosh zinada 
ko‘rish mumkin edi. 
U darhol kiyim-boshini yechib, yirtiq oq ko‘ylak va titilib ketgan, ipsiz, bir juft botinka oldida 
qo‘lbola papiros chekib o‘tirgan, soqoli xushsurat odamga topshirdi. Shundan so‘ng u qo‘llarini silkib 
terini qotirdi-da, suvga kalla tashladi. Suv shu qadar sovuq ediki, Ivanning dami qaytib ketdi, hatto 
endi suv betiga suzib chiqolmasam kerak, degan fikr ham ko‘nglidan lip etib o‘tdi. Lekin, xayriyat, 
suzib chikdi va pishqirib, ko‘zlari qinidan chiqqudek chaqchaygancha, hansirab neft hidi kelib turgan 
qop-qora suv betida sohildagi chiroqlar tomon suza boshladi. 
Suvning sovuqligidan diydiragan Ivan sohildagi pillapoyalardan boya kiyimini yechib qoldirgan 
soqolli odam oldiga chiqa boshladi, qarasa, nafaqat kiyimlarini, shuningdek, soqolli odamning o‘zini 
xam o‘g‘irlab ketishipti. Aynan o‘sha kiyim yechilgan yerda erkaklarning yo‘l-yo‘l ichki ishtoii, yirtiq 
uzun ko‘ylak, sham, kichkina qog‘oz sanam va bir quti gugurt qolgan edi. Ivan musht do‘laytirib zaif 
g‘azab bilan kimgadir po‘pisa qildi-da, so‘ng shu tashlandiq kiyimni kiya boshladi. 
Hozir uni ikki mulohaza: birinchidan, hamisha o‘z yonida olib yuradigan MASSOLIT 
guvohnomasining g‘oyib bo‘lgani, ikkinchidan, shu ahvolda Moskva ko‘chasidan o‘tsa bo‘larmikin 
degan mulohaza bezovta qila boshlagandi. Nima bo‘lgandayam ichki ishton-da..sirasini olganda, 
kimning nima ishi bor-a... ishqilib biron kor-hol bo‘lib, unga xalal bermasa bo‘lgani. 
Ivan, shoyad yozlik shimga o‘xshab ko‘rinsa, degan niyatda ishton pochasidagi tugmalarni uzib 
tashladi, kuliga kichkina ikonani, sham va gugurtni olib, yo‘lga gusharkan, o‘ziga-o‘zi dedi: 
— Griboedovga! Shak-shubhasiz u o‘sha yerda. 
Shahar oqshomgi hayot og‘ushida edi. Platformalarni shatakka olgan yuk mashinalari ko‘cha 
changitib, zanjirlarni sharaqlatib o‘tishar, platformalarga ortilgan qoplar ustida qandaydir erkaklar 
chalqancha tushib yotardilar. Hamma yerda derazalar lang ochiq edi. Shu derazalarning har bittasidan 
to‘q-sariq abajurli chiroq yonib turgani ko‘rinar va hamma derazalar, hamma eshiklar, darvozaxonalaru 
tomlardan, podvalu chordoqlardan, hamma-hamma hovlidan «Yevge-niy Onegin» operasida ijro 
etiladigan polonez bo‘g‘iq eshitilardi. 
Ivan Nikolaevich bekorga xavotirlanmagan ekan: o‘tgan ham, ketgan ham o‘girilib uni kuzatib 
qolardi. Natijada u katta ko‘chalarni tark etib, jinko‘chalardan yurishni ma’qul ko‘rdiki, bu yoqlardagi 
odamlarning uncha xiralik qilmasligiga, shimga hech o‘xshagisi kelmayotgan ichki ishton kiygan
yalangoyoq odamni to‘xtatib, surishtiradigan kishi uchramasligiga ko‘proq ishonsa bo‘lardi. 
Ivan ham shunga amal qilib, Arbatning o‘rgimchak ini singari har tomonga taralgan tor 
ko‘chalariga sho‘ng‘idi va dam o‘tmay atrofga qo‘rqa-pisa ko‘z qiri-ni tashlab, orqasiga o‘girilib 
qarab, gohida uylarning yo‘laklariga yashirinib, svetoforlar qo‘yilgan chorrahalardan, elchixona 
binolarining muhtasham darvozalaridan o‘zini uzoqroq olib, devorlar yoqalab yurib ketdi. 
Lekin u qaerda bo‘lmasin, orkestr jo‘rligida Tatyanaga muhabbat izhor qilib ariya ijro etayotgan 
salobatli yo‘g‘on ovoz uni ta’qib qilib, negadir qattiq iztirobga solardi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin