Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
«Yo‘q, ko‘proq frantsuzga o‘xshab ketadi...» — deb o‘yladi Berlioz. 
«Polyak shekilli?..» — dedi ichida Bezdomniy. 
Shuni ilova qilish kerakki, bu ajnabiy birinchi aytgan so‘zidanoq shoirda nafrat uyg‘otdi, Berliozga 
esa u yoqib qolgan edi, ya’ni yoqqan edi deb ham bo‘lmaydi-yu, aniqrog‘i... qanday ifoda etsa 
bo‘larkan... uni qiziqtirib qolgai edi, deymizmi. 
— Maylimi sizlar bilan o‘tirsam? — muloyim ohangda so‘radi ajnabiy, shunda ikki do‘st beixtiyor 
ikki tomonga surildi; ajnabiy kishi epchillik bilan ular o‘rtasiga o‘tirdi-yu, shu zumdayoq suhbatga 
aralashdi. 
— Agar yanglish eshitmagan bo‘lsam, siz Isoni dunyoga kelmagan deb aytdingiz shekilli? — 
so‘radi ajnabiy ko‘m-ko‘k chap ko‘zini Berliozga tikib. 
— Yo‘q, yanglish eshitmadingiz, — nazokat ila javob qildi Berlioz, — men aynan shunday dedim. 
— O, g‘oyatda qiziq! — dedi ajnabiy. 
«Nimaga hadeb tumshug‘ini tiqaveradi bu?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Bezdomniy va qovog‘ini 
solib oldi. 
— Siz hamsuhbatingizning fikriga qo‘shildingizmi? — deb so‘radi notanish ajnabiy o‘ngga, 
Bezdomniyga o‘girilib. 
Shoir o‘z fikrini tumtaroq va majoziy iboralar bilan ifodalashni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun: 
— Yuz foiz! — deb javob qildi. 
— Voajab! — deb yubordi chaqirilmagan ham-suhbat, so‘ng negadir atrofga o‘g‘ri qarash qilib, 
so‘ng shundoq ham bo‘g‘iq ovozini yanayam pasaytirib dedi: — Sinchkovligim uchun meni kechiring, 
lekin fahmimcha, siz hali xudogayam ishonmaysizmi deyman? — u ko‘zlarida vahima zuhur etdi va 
ilova qildi: — Ont ichaman, qech kimga aytmayman. 
— Ha, biz xudoga ishonmaymiz, — javob qildi Berlioz ajnabiy kishining cho‘chib ketganidan xiyol 
jilmayib turib, — ammo bu haqda mutlaqo oshkora gapiraverish mumkin. 
Chet ellik skameykaga suyandi va sinchkovligi qo‘ziganidan chiyillab so‘radi: 
— Sizlar — ateistmisiz?! 
— X,a, bizlar — ateistmiz,— jilmaygancha javob qildi Berlioz, achchig‘i chiqqan Bezdomniy esa: 
«Muncha xira bo‘lmasa bu ajnabiy sulloh!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi. 
— O, qanday maroqli! — deb chinqirib yubordi antiqa ajnabiy goh u, goh bu adibga o‘girilib 
qararkan. 
— Bizning mamlakatda ateizm hech kimni ajablantirmaydi, — diplomatlarga xos nazokat bilan 
dedi Berlioz, — aholimizning ko‘pchiligi xudo haqidagi afsonalarga anchadan beri ongli ravishda 
ishonmay qo‘ygan. 
Shunda chet ellik nojo‘ya bir harakat qildi: o‘rnidan turib, taajjublangan muharrirning qo‘lini 
siqarkan, shunday dedi: 
— Ijozatingiz bilan sizga chin qalbimdan minnatdorchilik izhor etaman! 
— Nima uchun minnatdorchilik izhor etyapsiz unga? — deb so‘radi Bezdomniy ko‘zlarini 
pirpiratgancha. 
— Kamina — sayyoh uchun favqulodda qiziqarli bo‘lgan g‘oyatda muhim ma’lumot uchun, — deb 
izohladi chet ellik barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib. 
Chamasi, muhim ma’lumot sayyohga chindanam kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi, shuning uchun ham u 
atrofdagi uylarga qo‘rqa-pisa ko‘z yugurtirib chikdi — u har bir derazada bittadan ateistni ko‘rishdan 
xavotirlanayotganday edi. 
«Yo‘q, u ingliz emas...» — deb o‘yladi Berlioz, Bezdomniy esa: «Qiziq, bunaqa ruscha gapirishni 
qaerda o‘rgana qoldiykin?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana o‘shshayib oldi. 
— Lekin ijozatingiz bilan sizdan bir narsani so‘ramoqchiydim, — deb yana gapira boshladi ajnabiy 
mehmon bir oz hayajonli xayolga berilib o‘tirgandan keyin, — xudolarning mavjudligi borasidagi 
dalillar nima bo‘ladi? Axir u dalillar, ma’lumingizki, rosa beshta... 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin