Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
ochilardiki, bu bog‘da yaxna ichimliklari bo‘lgan bufet, tir hamda ochiq estrada sahnasi bor edi.
Kabinetdagi jihozlar: yozuv stoli, devorga osilgan bir dasta eski afishalar, ustida
bir grafin suv turgan
stolcha, to‘rtta kreslo va qandaydir bir manzaraning chang bosgan eski maketi o‘rnatilgan burchakdagi
taglikdan iborat edi.
Yana, turgan gapki,
bulardan tashqari, yozuv stolining yonida, Rimskiyning chap biqinida joydan-
joyga ko‘p ko‘chirilaverib sirlari ko‘chib ketgan temir kassa ham bor edi.
Stol ortida o‘tirgan Rimskiyning bugun
ertalabdan avzoi buzuq edi, lekin Varenuxa, buning aksi
o‘laroq, juda kayfi chog‘, keragidan ortiq serg‘ayrat ko‘rinardi. Ammo u shu g‘ayratini
nimaga
sarflashni bilolmay garang edi.
Hozir esa Varenuxa kontramarka so‘rayverib holi-joniga qo‘ymayotgan odamlardan qochib bu
yerga berkinib olgan edi. Bunday hollar teatrda yangi pro-gramma boshlangan paytlarda ayniqsa
ko‘proq avj olardi. Bugun esa xuddi o‘shanaqangi kun edi.
Telefon jiringlashi
bilan u tez trubkani olib, yolg‘on gapira boshlardi:
— Kim? Varenuxami? U yo‘q. Teatrdan chiqib ketdi.
— Iltimos, Lixodeevga yana telefon qilib ko‘r, — derdi Rimskiy xunob bo‘lib.
— Axir yo‘q u uyida. Karpovni yuboruvdim. Kvartirada hech kim yo‘q, deb keldi.
— Bu qanaqa bema’nigarchilik o‘zi, — g‘ijinib derdi Rimskiy, hisoblash mashinasini shaqillatib
ishlatarkan.
Shu
payt eshik ochilib, hozirgina chop qilingan qo‘shimcha afishalarni bir quchoq qilib ko‘tarib
kapeldiner* kirdi. Yashil qog‘ozga yirik-yirik qizil harflar bilan quyidagi so‘zlar yozilgan edi:
Dostları ilə paylaş: