Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
— Xayr, endi nima qilmoqchisiz? 
— Nima qilishim kundan ham ravshan, — dedi O‘zbek oyim va tamom qanoat va 
ishonch bilan boyag‘i maqsadni takrorladi: — o‘zingga aytkanimdek, Mar-g‘ilondag‘i 
hindi domlaning o‘zidan bir martaba qaytariq qildirsaq marg‘ilonliqning sir-jodulari botil 
bo‘lib, Otabek o‘z-o‘zidan andini taloq qilib yuboradir... 
— Siz marg‘ilonliq hindi domlaning o‘g‘lingizga qilgan jodusini qaerdan bildingiz? 
O‘zbek oyim bu savol bilan o‘zining kashfidan bir oz shubhalandi-da, ishonchsizroq 
qilib: 
— O‘zim bildim, — dedi. 
— O‘zingiz qayoqdan bilasiz, axir birav aytkandir sizga? 
— O‘z aqlim bilan topdim. 
Hasanali o‘zini tutolmay kulib yubordi: 
— Lekin shunga qolg‘anda aqlingiz bir oz yanglishibdir... 
— Nega? 
— Negaki ikki o‘rtada sihirchi hindi ham yo‘q, sihir qildirg‘uchi marg‘ilonliq ham, 
Otabek ham sihirlangan emas. 
— Nega bo‘lmasa Otabek hadeb uylansa ham Mar-g‘ilonga oshiqaberadir? 
— Buning sababini hali ham bilmaysizmi? 
— Bilaman, sihir-jodu quvvati. 
— Joduni kim qildiradir? 
— Qayin otasi, qayin onasi, qolabersa xotini. 
— Yanglishasiz, oyi. 
— Nega yanglishaman? 
— Sihir-jodu qilishdan ularning maqsadi nima, deb bilasiz? 
— Kalvak o‘g‘limning aqlini o‘g‘irlab, pulini yemakchilar. 
— Pulini yemakchilar? — deb kuldi Hasanali. — Marg‘ilonlik qudalaringizning davlati 
oldida biznikini yo‘q, desa bo‘ladir. Undan keyin men yaxshi bilamanki, ular Otabekka 
uch pullik ham ro‘zg‘or qildirmaydirlar. Buni o‘zim yaxshi bilganimdek o‘g‘lingizning 
o‘zidan ham «ularning ro‘zg‘or qildirmag‘anlaridan juda siqilaman» degan so‘zini necha 
qayta eshitdim. Shuni ham yaxshi bilmoq kerakkim, o‘sha jodugor qudalaringiz yomon 
kishilar bo‘lg‘anlarida Otabekni Toshkanddan uylantirish siz o‘ylag‘ancha qulay ish 
bo‘lmas edi. O‘g‘lingizning Marg‘ilon borg‘andan so‘ng va’dasidan aynaganini albatta 
hojidan eshitkan bo‘lsangiz kerak... 
O‘zbek oyim yengilayozgan bo‘lsa ham, ayniqsa Hasanalidan til qisib qolg‘usi kelmas 
edi. Go‘yoki shuncha o‘tkan gaplarga qiymat bermagandek: 
— Men buning sirrini endi xo‘b bilib oldim, — deb qo‘ydi. 
Hasanali kuldi. 
— Bilsangiz ham yanglish onglabsiz, chunki buning sirri siz o‘ylag‘ancha emas. 
— Qandog‘? 
— O‘g‘lingizning har zamon Marg‘ilong‘a oshiqmog‘i... ayniqsa bu gal qayin ota, qayin 
onalaridan andisha qilibdir. Undan keyin... 
— Undan keyin? 
— Undan keyin katta keliningiz o‘g‘lingizning ko‘z ochib ko‘rgani. 
— Ko‘z ochib ko‘rgani? — dedi O‘zbek oyim va isteh-zolanib kuldi. — Zaynab o‘sha 
marg‘ilonliqcha bo‘lmapti, degin? 
— Men qayog‘dan bilay... Ehtimol o‘g‘lingizcha shundaydir... 
— O‘zing ularning ikkisini ham ko‘rgansan, indallo so‘zla: ulardan qaysi birisining 
husni ortiq? 
Hasanali bu savol qarshisida nima deb aytishka bilmay qoldi... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin