Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
yo‘qolg‘anini xabar bergan. Shundan so‘ng nikoh-nikohda, osh-oshda qolib kuyavni 
qidirib ketkanlar. Nihoyat, yarim kechada hammomning tahoratxonasi yonidag‘i bir 
og‘ilning oxiridan qonig‘a belashib yotqani holda topqanlar. Bechora tahorat uchun 
og‘ilg‘a kirganda tovush chiqarmasliq yeriga xanjar urib, oxirg‘a tiqib ketkan ekanlar. 
Juda qiziq gap... Kim o‘ldirg‘an va nima uchun o‘ldirilgan hech kim bilmaydir,— dedi. 
Otabek tamom onglashilmag‘an bir holatda qolg‘an edi. Bu xabardan quvonishg‘a-da 
bilmas va xafalanishg‘a ham yo‘l topmas edi. Raqibning o‘ldirilishi uning tamom so‘nib 
bitkan umidini yana qaytarg‘andek bo‘lsa ham, nima uchundir ul bu ishdan o‘ziga tinchlik 
ortdira olmag‘an, aksincha tinchsizlana boshlag‘an edi. Bu foji’adan ortiqcha asarlangan 
usta Alim «voy bechora-bechora», der edi. 
— Birarta dushmani borlig‘i ma’lumdir, axir? — deb so‘rab qo‘ydi. 
— Albatta bordir, — dedi usta Farfi va Otabekka qarab qo‘ydi. Bu qarashdan Otabek 
borliq-yo‘qliq holg‘a kirgan edi. Usta Farfi davom etdi: — Dunyoda qanday odam yo‘q, 
deb o‘ylaysiz, kishining rizqig‘a tupurganlar, oxiratini o‘ylamag‘anlar hamma yoqda ham 
to‘lib yotibdir, — dedi, yana Otabekka qarab oldi... Otabek yorilish darajasiga borib 
qaytdi... Usta Farfining bu keyingi qarashini usta Alim payqag‘an edi va usta Farfining bu 
to‘g‘rida bir narsa bilib-da, so‘zlashka Otabekdan mulohaza qilib to‘xtadimi, deb 
o‘ylag‘an edi: 
— So‘zlay beringiz Farfiboy, bu kishi o‘zimizniki-dir,— dedi. 
— Nimani so‘zlay berayin? 
— Komilbekning dushmani to‘g‘risida bilganingizni. 
— Men sizga bir narsani bilaman, dedimmi? — dedi va kulib Otabekka qaradi: — bu 
odamning o‘smoqchilashini qarang-a? 
Bu so‘z bilan Otabek bir oz yengillashdi. 
— Menga bir-ikki qayta qarab olg‘aningiz uchun bilsangiz ham so‘zlashka mendan 
yotsindingizmi, deb usta o‘yladilar shekilli, — dedi Otabek. 
— To‘g‘risini aytsam, siz bu to‘g‘rida bir narsa bilasiz, lekin so‘zlashka Shokirbekdan 
cho‘chib turasiz, — dedi usta. 
— Quruq tuhmatni qo‘ying-chi, — dedi usta Farfi. 
— Quruq tuhmat emas, bilib tuhmat, — dedi usta va:— Shokirbek siz o‘ylagan 
kishilardan emas, aslo tap tortmay so‘zlay bering, — dedi. 
— Astag‘firulloh, — deb kulib qo‘ydi usta Farfi va bir oz o‘ylab olg‘ach dedi: — Siz 
bilan menga shu narsa-ning nima zarurati bor, usta! 
— Avvalo so‘zlamayturg‘an bo‘lg‘andan so‘ng puk berish kerak emas, tildan ilingandan 
keyin bizga zarurati bo‘lmasa ham bilganni aytish kerak, — dedi usta Alim. 
Ayniqsa ustadan ko‘ra ham Otabek sabrsizlana boshlag‘an edi. Hozirgina o‘ylab 
turg‘an jo‘nash masalasi ham uning esidan chiqg‘an, chunki raqibining qotili kim 
ekanligini bilib olish hammadan ham unga qiziq va ahamiyatli edi. 
Usta Farfi endi aytmasa bo‘lmaslig‘ini ongladi, shu-ning uchun Sayfiga 
ishonmag‘ansumon qaradi: 
— Jiyan,  sen yoshsan hali, sening og‘zingga ishonch yo‘q, — dedi va: — bir oz 
do‘koningga borib tur, achchig‘ing chiqsa ham. 
Usta Alim ham qaynisini turishka ishorat qildi va o‘radan savzi olib to‘g‘rashga 
buyurdi. Bola ketgach, usta Farfi ohistagina dedi: 
— Agar gumonim to‘g‘ri bo‘lsa, Komilbekning qotili Homiddir. 
Bu so‘z Otabekni ajabsintirg‘andek, usta Alimga ham g‘arib eshitilgan edi. 
— Homid deysizmi?! — deb so‘radi usta Alim. 
— Homid, — dedi, yana sekingina usta Alimdan so‘radi: — siz Umarbekni Homidg‘a 
yaqin do‘st ekanligini bilarsiz, albatta? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin