Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
uning sovchilarini quruq qaytaradir. Bir necha vaqtdan so‘ng, Homidning soxta taloq 
xatisi bilan eridan chiqg‘an qiz Komilbekka beriladir va nima uchundir to‘ylari bir necha 
vaqtka kechikib qoladir-da, oradan birar yilni o‘tkazib, nihoyat, kecha ularning to‘y va 
nikoh kunlari ekanki, Komilbekning hammomda o‘ldirilgan xabarini eshitib turibmiz. 
Mana men yuqoridag‘i sabablarga binoan Komilbekni o‘ldirguchi aniq Homid, deb 
o‘ylayman, — dedi. 
Usta Alim boshini chayqab: 
— Bundan shubha yo‘q, nax Homidning o‘zi, — dedi va o‘zicha: — Eh, essiz 
musulmonchiliq, shunchalik ham insofsizlik bo‘ladimi, o‘zingning bir emas ikkita xotining 
bo‘laturib, tag‘in bir yigitning haloliga ko‘z olaytirish... Yana o‘zingning bo‘ying 
yetmasligini bilaturib ham, ikki orada bir gunohsizning qonini to‘kish — eh, shayton 
bolasi! — deb qo‘ydi. 
— Bu bir it! — dedi usta Farfi, tomdagi luqmani o‘zi ham yeyolmaydir, boshqag‘a ham 
yedirmaydir, nax itning o‘zi! 
Otabek o‘z hayotidagi foji’alarning manba’i bo‘lg‘an bir habisni nihoyat birinchi 
martaba tanib turar edi. Bu palid dushmanga qarshi o‘zida qo‘zg‘alg‘an bitmas-tuganmas 
nafrat va g‘azab hissiyotini sirining fosh bo‘lishidan qo‘rqib ichiga yutishka majbur edi. 
Shundoq bo‘lsa ham ichda qaynag‘an hissiyot o‘z sharpasini uning yuziga ochiq tashlab 
turmoqda, ko‘zi o‘t kabi yonar va yuzi yuz xil tuska kirar edi. 
Anchagina oradan so‘z kesilib qolg‘andan so‘ng usta Farfi dedi: 
— Siz bilan men shu choqg‘acha Homidning bunday ishlari bor ekanidan xabarsiz 
yurganimizga hayron qolaman. 
— Hayron qolishg‘a o‘rin yo‘q, — dedi usta Alim, — siz-ku yaqinda kirib ishlay 
boshladingiz. Ammo men yigirma yillab shuning uyida qolib sira ham Homidning 
ichidagiga tushuna olmas edim va hamisha ko‘zimga dimlangan qorong‘u o‘radek 
qo‘rqunch ko‘rinar edi, — dedi va bir oz to‘xtab olg‘ach, bir narsa topqandek harakat 
yasadi.— Bu gaplarning bosh omili albatta Homid bo‘lsa ham, lekin bunda uning boshqa 
yordamchilari ham bor ko‘rinadir, yodingizda bormi, ko‘pincha chaxchayg‘an ko‘zlik bir 
yigit ishxonamizga uni so‘rab borar edi? 
— Bilaman, bu kunda ham Homid bilan sermuomala, oti Sodiq bo‘lib, sizning 
qo‘shningiz emasmi? 
— Otangga rahmat! Ana shu yigit bilan uning onasi bu ishda Homidning eng 
ishonchlik yordamchilari bo‘lsa kerakki, ul ikki yildan beri shu qo‘shnimnikiga hamisha 
qatnab qolg‘on edi. Sodiqlar o‘z ovqatlarini ham o‘tquzolmag‘an holda faqirlikda yashab 
yil sayin menga oz-oz yerlaridan sotib tiriklik qilar edilar. Bir yilcha bo‘ldi, birdan suv olib 
qoldilar va Sodiq uylanib ham qo‘ydi. Men haytovur bechora yo‘lini topib oldiyov deb 
yurar edim. Endi bilsam, Sodiqni uylantirguchi ham shu Homid ekan, — dedi va 
Otabekdan so‘radi: — Siz hali Homidning qo‘shnimnikidan chiqib ketkanligini so‘zlab 
edingizmi? — Otabek tasdiq ishorasini bergach, negadir bir entikib qo‘ydi. Haqiqatan 
usta Alimning bu keyingi so‘rog‘i uni entiktirarlik edi. O‘tkan kunlarini zahar bilan bulg‘ab 
kelgan bu mudhish dushmaniga qaysi yo‘sun bilan javob qaytarish yo‘llarini izlab turg‘an 
choqda bu savol berilib, Homid bilan boyag‘i uchrashishini unga xotirlatqan va endi ham 
kulib qaramag‘an baxtig‘a la’nat o‘qutqan edi. Ul o‘zining hozirgi hayotini-da ulug‘ 
tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini va bu tahlikaning o‘tkandagilarga qarag‘anda tamoman 
boshqacha bir dahshatda bo‘lishini onglar edi. 
Usta Alim oshxonag‘a borib osh qilish harakatiga tushkan edi. Otabekning to‘satdan 
ketish harakatiga tushib qolg‘anini ko‘rib: 
— Bek, shuncha o‘lturganning qatorida yana yarim soatka tahammul qilsangiz, oshni 
yeb yo‘lg‘a tushasiz. Mana men, savzini ham bosdim, — dedi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin