Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
bilan tuproqqa qorishdirishg‘a muvaffaq bo‘ldim... Sizning shonli havlingiz yonida voqi’ 
bo‘lg‘an bu kurash albatta sizni va uy-ichingiz ham yor-do‘stlaringizni anchagina 
tinchsizlikka qo‘yg‘an bo‘lsa kerak. Na choraki, yomonlarni sizning havlingiz orqasida 
rafiqam qasdida bo‘lg‘anlari paytida uchratishg‘a to‘g‘ri keldi va men bu ishka majbur 
qoldim. Buning uchun albatta meni kechirarsiz umididaman. Faqat sizning 
tinchsizlanishingiz va mardumning yuqori-quyi so‘zi bo‘lmasa sizga boshqa zarar bo‘lur, 
deb o‘ylay olmayman. Sizdan bu ulug‘ gunohim uchun afu so‘rab, haydalg‘an o‘g‘lingiz 
Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li». 
Ammo qutidor «haydalg‘an» so‘zini tashlab o‘qudi. Maktub o‘qulib bitkanda Oftob 
oyim, ayniqsa, Kumush qutidorning boyag‘i holig‘a tushgan edilar. Kumushning bu 
daqiqadag‘i holini qalam bilan chizib ko‘rsatish albatta mumkin emas edi. Ul titrar edi, 
ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi... Hozirgi eng kuchlik hissiyotini hissiyotning a’lo ifodachisi 
bo‘lg‘an yosh bilan to‘kar edi. 
Qutidor o‘z tomonidan ham izoh berib chiqdi: 
— Men bilan Otabekni qamatib dor ostig‘a yubor-g‘uchi, Otabek tilidan soxta taloq 
xati yozib bir-birimizdan judo etkuchi, Komilbekni o‘ldirguchi, uyimiz orqasini teshib 
Kumush qasdida bo‘lg‘uchi — hammasi ham shu battol Homid ekan... Ammo badbaxtni 
ikki kishisi bilan tuproqqa qorishdirib ketkuchi Otabek ekan! 
Oftob oyim titrag‘an tovush bilan: 
— Uyatsiz Homid, — dedi. 
Kumushbibi: 
— Bechora begim, — deb qo‘ydi. 
Uchchavi ham yurakni to‘xtatib olish uchun anchagacha jim qoldilar. 
— O‘zi esonmikin? — deb so‘radi oxirda Kumush. 
— Xatig‘a qarag‘anda sog‘, — dedi qutidor. 
Oftob oyim so‘radi: 
— O‘zi qayerda emish, xatni sizga kim kelturdi? 
Bu savoldan qutidorning esiga mehmonxonada o‘l-turgan usta Alim tushkan edi. 
O‘rnidan irg‘ib turdi-da, xotinig‘a javob bermasdan tashqarisig‘a chiqdi. Ul usta Alimning 
qarshisig‘a o‘lturganda, mehmonxonaning yuqori darichasi ostig‘a Oftob oyim bilan 
Kumush xat keltirguchining so‘zini eshitish uchun kelib to‘xtag‘an edilar. 
Qutidor uzr aytdi: 
— Kelturgan xabaringiz ta’sirida sizni unutayozibman... 
— Men buni payqadim, — dedi usta Alim kulib,— shu yo‘sinda makkor Homidning 
iblisona dasisasi bir oilani tamom ishdan chiqarayozg‘ankim, bu to‘g‘rida ayniqsa sizga 
so‘zlash ortiqchadir. Ammo arslon yuraklik Otabek ham badbaxtni shundog‘ yanchib 
tashladikim, bu juda oz kishilar qo‘lidan kelaturgan ishdir. 
— O‘g‘rilarni o‘ldirganda Otabekning yonida necha kishisi bo‘lgan? — deb so‘radi 
qutidor. 
Usta kuldi: 
— Otabekning tanho o‘zi! — dedi. 
— Uch kishiga tanho o‘zi? — qutidor ishonmag‘an edi. 
— Azamatning yolg‘iz o‘zi! — deb usta Alim ilgarigi so‘zini qaytaladi. 
— Astag‘firulloh... Nega menga bu to‘g‘rida xabar bermagan? 
— Sizga xabar berib o‘lturishni yigitlik otig‘a eb bilmay, hatto menga ham bir narsa 
sezdirmagan. Men hali bu nuqsoni uchun ayblasam: «Men o‘zimning ashaddiy 
dushmanim bilan tanho kurashib yo jon bermakka va yo jon olmaqqa qaror bergan 
edim. Shuning uchun hech kimga ham bildirmadim», deydir. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin