Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

3. QIPCHOQQA QIRG‘IN 
Kechki soat to‘rtlarda Qoymas darbozasidan qaytib shaharga kirdilar-da, darbozadan 
o‘n adim narida boshi tanidan oling‘an uch kishining gavdasiga yo‘liqdilar. Otabek bu 
holga tushunmadi, chunki ahyonda osiladirg‘on gunohkor Eski namozgoh doriga elitilar 
edi. Shunga ko‘ra darbozabonni hujrasidan chaqirib so‘-radi: 
— Bular qanday gunohkorlar ekan? 
Darbozabon bekni tanib qo‘l qovishtirdi:  
— Taqsir, qipchoqlar. 
— Gunohlari nima ekan? 
Darbozabon yotgan gavdalarga qarab oldi va bekning yaqinig‘a keldi: 
— O‘zlari bilarlar-ku, taqsirimning... begimga aytkulugi yo‘q... 
— Gunohlari nima, axir? 
— Axir qipchoqlar-da, to‘ram. 
Otabek diqqatlandi: 
Qipchoqlar ekanini bildim, ammo gunohlari nima deb sizdan so‘rayapman! 
Darbozabon qo‘l qovishtirg‘ancha Otabekka ajablanib qaradi: 
— Aniq xabarlari yo‘qmi taqsirimning? — deb yana so‘radi. 
— Yo‘q! 
— Voy-boyov taqsir, bu kun ertalabdan beri ko‘rin-gan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku. 
Gunohlari surishtirilmadi, taqsir, — dedi va o‘luklarning yonig‘a yurib kelib izoh berdi, — 
manovisini uyidan olib chiqib so‘ydilar, manovisi manim yonimda turg‘an darbozabon edi 
— rahmatlik. Manovisini tanimayman va lekin o‘zi qipchoq bo‘lsa kerak. Otabek 
dahshatlanib yonidag‘i Aliga qaradi, Ali esa yotqan jonsiz gavdalarga qarab labini tishlab 
turar edi. 
— Kimlar o‘ldirdi? — deb Otabek dahshat ichida darbozabondan so‘radi. 
— Bu yerga kelguchilar yigirma chog‘liq edilar, o‘zimizning Toshkand yigitlaridan ham 
bor, qo‘qonliqlar ham ko‘rinadilar. O‘zlari ham qipchoqni qidiraberib hamma yoqni 
tozayam g‘alvir qilib yubordilar-da, taq-sir... Qo‘qonga ketkan beklardanmi, xondanmi, 
ishqilib, shunaqa buyruq kepti-da, taqsir... Bizlar xizmatkor odam — nimani bilaylik, 
to‘ram! 
Otabek masalaga tushungandek bo‘ldi va dahshat ichida Ali bilan yo‘lg‘a tushdi. O‘ttiz 
qadam bosmay tag‘in ikki o‘lukka uchradilar. O‘n adimda bir jonsiz gavda... 
Endi Ali so‘ramay chidamadi: 
— Nauzanbilloh, bu nima degan gap, bek aka?! 
— So‘ramang! 
— Yo‘g‘-a, — dedi Ali, — axir hammasi ham gunoh-kormikin? 
— Gunohkor!.. — deb zaharxanda qildi bek, — Musulmonqulni bilarsiz, albatta? 
— Nega bilmay, ikki oy ilgari qochig‘ini ham ko‘rdim... 
Bilsangiz, — dedi bek, — bularning hammasi o‘shaning gunohiga o‘ldirilg‘an 
o‘xshaydir! 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin