Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
«— Men olib keldim», — dedi Qayum ponsad. 
«— Siz Qo‘qondan olib keldingizmi?» — deb so‘-radim. Chunki sen aytkandek besh-
olti kunda Qo‘qong‘a borib-kelish sira aqlg‘a sig‘mas edi. 
«— Biz beklar bilan Qo‘qon yo‘lida edik, — dedi Qayum, — yo‘l ustida xondan ushbu 
yorliq kelib qoldi. Niyoz qushbegi menga yigit qo‘shib bu hukmnomani ijro qilishda 
yordam bermak uchun jo‘natdi». 
Bu so‘z menga hamma shaytanatni ochib berdi va o‘zimning iblislar tomonidan 
aldang‘animni bildim: 
«— Ertadan boshlab hukmni ijro qilsaq qalay bo‘larkan?» — deb qushbegiga qaradim. 
«— Men ham shuni o‘ylab turib edim...» — dedi qushbegi va Qayumga qaradi. 
Qayumning ustodlari ishni keyinga siltashimizni ilgaridan ko‘rib qo‘yg‘an ekanlar: 
«— Ertaga qo‘yib bo‘lmas!» — dedi Qayum. 
«— Nega?», — dedim. 
«— Negaki ertagacha qipchoqlar qochib bitadirlar». 
Men Qayumning so‘ziga quloq solmadim-da, qushbegidan ertaning kengashini 
so‘rag‘an bo‘ldim. Bu holdan achchig‘lang‘an Qayum yonimg‘a kelib o‘lturdi. 
«— Ovora bo‘lmangiz, hoji aka», — dedi. 
Uning bu harakatidan achchig‘im qistadi: 
«— Sizning bilan manim bu ishka aralashmoqqa haqqimiz yo‘q!» — dedim. 
«— Sizniki bo‘lmasa to‘g‘ri, ammo meniki bor!» — dedi Qayum. 
«— Buyruq kimning otig‘a?» — dedim. 
«— Qushbegining!» 
«— Bas, siz bilan men faqat u yordam so‘-rag‘andag‘ina ketman ko‘taramiz, boshqa 
daxlimiz yo‘q!» — dedim. 
Qayum zaharxanda bilan yonini kavlab ikkinchi bir buyruq chiqardi va menga berib: 
«O‘qungiz!” — dedi. O‘qudim. 
«— Bas, birinchi buyruqni siz olg‘an ekansiz, nega yana qushbegidan fotiha kutib 
o‘lturibsiz?!» — dedim o‘t ichida. 
«—Har narsa bo‘lg‘anda ham ulug‘imiz, deb siylab turg‘an edim...» — dedi Qayum. 
«— Egasini siylagan itiga suyak tashlar, qilmoqchi-siz-da, barakalla!» — dedim. «— 
Boringiz, ustodlaringizning vasiyatini bajaringiz!» 
«— Xafa bo‘lmangiz, hoji aka!» — dedi Qayum va qo‘limdan qog‘ozni olib 
qushbegidan so‘radi: «— Nima deysiz endi, bek?» 
«— Manim kengashimga kirsangiz, ertadan  boshlayliq!» — dedi qushbegi, 
«— Sira iloj yo‘q, qushbegi! Chunki barcha shahar va kuylarga ham faqat shu — bu 
kunga, deb buyurg‘an ekan!»— dedi Qayum. 
Qushbegi bilan men go‘yo tog‘ ostida bosiriq bo‘lg‘an edik. Boshimizg‘a hech bir gap 
kelmas edi. Qayum o‘rnidan turg‘an holda qushbegidan javob kutar edi. Qushbegi ko‘b 
fursat qotib o‘lturg‘andan keyin, Qayumga qo‘li bilan chiqishg‘a ishorat qilib: «— Bil-
ganingizni qilaberingiz», — dedi. Qayum yonidag‘i yi-gitlari bilan mahkamadan chiqdi. 
Uning chiqishi bilan qushbegiga dedim: 
«— Endi nima qilamiz?» 
«— Nima qilar edik?» 
«— Axir qarab qolaberamizmi, vaqt tang! Qarshig‘a biz ham yigit chiqarayliq!» 
«— Qo‘yaberingiz, hoji!» 
«— Bechora gunohsizlar kesilabersinlarmi?!» 
«— Kesilabersinlar!» — dedi qushbegi. Men iztirob ichida unga tushunolmay qolg‘an 
edim. Ul yig‘i ichida tilga keldi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin