Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
«— Mamlakatning tinchlig‘i qipchoqlarni kesish bilan hosil bo‘lsa, mayli, kessinlar! 
Yurtning obodlig‘i gunohsiz qipchoqning qizil qonig‘a qolg‘an bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar! 
Agarda najotimiz qipchoq tuxumini quritishda bo‘l-sa— meni ham ossinlar! 
Bu palidlarning marhamatiga men ham muhtoj emasman!» 
Hozir inodning o‘rni emasligini harchand uqdir-moqchi bo‘ldim, ko‘nmadi. Noiloj, 
yolg‘iz o‘zim chiqib qo‘limdan kelgancha qipchoqlarni qochirishga harakat qildim
tevarakka kishilar yo‘lladim. Ammo to‘rt yuz jallodning qarshisig‘a chiqg‘an bir kishining 
uhdasi albatta bir kishicha edi. Muttahamlar ko‘b bechoraning yostig‘ini quritishg‘a 
muvaffaq bo‘ldilar, — dedi hoji.— Mana, Otabek, haqiqat shul, kishi tushunmasdan turib 
biravga tuhmat to‘qimaydir. 
Otabek o‘zining o‘rinsiz gapidan uyalg‘annamo yerga qaradi va bir muncha vaqt fikrga 
ketib o‘lturg‘andan so‘ng so‘radi: 
— Yirtqichlarning bu qirg‘indan qanday muddaolari hosil bo‘larkin? 
— Maqsadlari juda ochiq, — dedi hoji, — bittasi mingboshi bo‘lmoqchi, ikkinchisi 
Normuhammad o‘rnig‘a minmakchi, uchinchisi yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi. 
Xon ersa Musulmonqulg‘a bo‘lg‘an adovatini qipchoqni qirib alamdan chiqmoqchi. Menga 
qolsa o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim. — dedi va bir oz to‘xtab davom 
etdi: — Men ko‘b umrimni  shu yurtning tinchlig‘i va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, 
o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini 
bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan man-sabparast, 
dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, 
bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-
birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos 
oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning 
bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a 
tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar
o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun  Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a 
hozirlang‘an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi 
dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi 
olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab 
sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘a sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni 
bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan 
o‘sib chiqg‘an gi-yohlar qarg‘ishig‘a nishonadir, o‘g‘lim!.. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin