Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
Otabek tinchsizlandi: 
— Sababini... so‘zlang... 
— Menga uylanganingizga qancha bo‘ldi? 
— Ikki... 
— Shu ikki yildan menga bo‘lg‘an aloqangiz bir zar-ra ham o‘zgargan emas, — dedi 
Zaynab, — meni xotin o‘rnida ko‘rmaysiz! 
— Bekor gap... 
— Bekor gap emas, jonim, — dedi Zaynab qizishqan holda. — Marg‘ilondan 
qaytkandan keyingi kunlaringizni mehmonxonada kechirib kelishingizdan albatta tona 
olmassiz. Shu ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an edi, deb manim to‘g‘rimda 
o‘ylab qaramas-lig‘ingizning sababi ham o‘zingizga... 
Zaynab so‘zini bitira olmadi, chetka qarab ko‘z yoshisini to‘kdi. Otabek go‘yo tog‘ 
ostida qolg‘an edi. 
— Siz tamom boshqacha tushunibsiz... 
— Bo‘lmasa, bu gaplarning sababi nima? 
— Sababi juda ochiq, — dedi  Otabek. Lekin nimani sabab qilib ko‘rsatishni o‘zi ham 
bilmas edi. 
— Aytingiz axir? 
— O‘zingiz ham bilarsiz, deb o‘ylayman. 
— Men hech narsa bilmayman. 
— Bilasiz! 
— Xudo haqqi bilmayman. 
— Bilmasangiz... — dedi bek, — bilmaganingiz yaxshi. Sizga o‘z og‘zim bilan iqror 
qilishg‘a uyalaman... 
— Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi? 
— Uyalmayinmi? 
— Uyalmang. 
— Uyalmasam... mizojim zaif... 
Zaynab ishonar-ishonmas unga qaradi. 
— To‘g‘ri so‘zlamadingiz... 
— Ishonmasangiz o‘zingiz biling, lekin haqiqat gap shu, sizdan uzoqda yurishimning 
sababi ham shunda. 
— Ishong‘animda ham bu hol tashqarida yotib yu-rishingiz uchun katta sabab bo‘la 
olmaydir. Chunki men faqat shuning uchun sizdan o‘pkalamayman, — dedi va ko‘zini 
to‘ldirib Otabekka qaradi. — Menga sizning mizojingiz kerak emas... O‘zingiz!.. — dedi 
va yig‘lab yolborg‘an holda Otabekning quchog‘ig‘a o‘zini tashladi. Otabek Zaynabning 
shu qadar yurak dardi borlig‘ini bi-rinchi martaba bilar edi. Bechora Zaynab jonsiz 
haykalni o‘pib quchoqlar va yolborar edi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin