Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
— Bolam, Zaynab, — dedi, — biz Marg‘ilondagi opang ko‘chini olib kelmakchi bo‘ldiq... 
Sen shunga nima deysan? 
Zaynab yalt etib qayin onasig‘a qaradi, chunki O‘zbek oyimning boyagi gapi endi unga 
onglashilg‘an edi. Do‘stni dushman yonida ko‘rib bilinar-bilinmas qilib entikdi. 
— Men nima der edim... 
— Gap nima deyish va nima demasingda emas, oyim!— dedi hoji, — gap shundaki, ul 
kelgan chog‘da egachi-singildek bo‘lib keta olasanmi, deb so‘ramoqchiman. 
— Bo‘lib ketarmiz... 
— Egachi-singil bo‘lib ketarsiz-a? — deb takror so‘radi qayin ota. 
— Bilmadim... 
— Nega tag‘in bilmay qolding? 
Zaynab bir muncha vaqt o‘ylanib qoldi. 
— Qars ikki qo‘ldan chiqadir, — dedi Zaynab, — men yaxshi bo‘lg‘anim bilan opam 
yomon bo‘lsa, hozirgi bergan va’damdan nima foyda bo‘lsin. 
— Juda to‘g‘ri gapirding, bolam, sendan olg‘an va’dani undan ham olamiz. 
Zaynab sukut qildi. 
— Zaynab siz o‘ylag‘an kelinlardan emas, — dedi O‘zbek oyim, — xudog‘a shukur, 
aql-hushi boshida. 
— Boshqa gaplarni ko‘nglingga kelturma, qizim. Marg‘ilonliq kelin bilan sening bizga 
hech bir farqlaring yo‘q, ikkavlaring ham bolamizning qo‘shog‘i — bolamizsiz! 
Zaynab boshini irg‘atib qo‘ydi. Yusufbek hojining duosidan so‘ng, Zaynab Otabekning 
oldig‘a kirdi. 
Otabek Zaynabning yuzidagi ma’yuslikni birinchi ko‘rishdayoq sezdi. Bir oz jimgina 
qarshima-qarshi o‘lturishdilar, ikkisiga ham so‘z aytish o‘ng‘aysiz va al-lanarsa mone’dek 
edi. 
— Nega chaqirg‘an ekanlar? — deb nihoyat Otabek so‘rab yubordi. 
— Bilib turib so‘raysizmi? — dedi Zaynab kuchlanib kulgan holda. 
— Nimani bilib turib? 
— Marg‘ilondan keladirgan kishingizni. 
Otabek qiyin holatda qoldi va og‘zig‘a shu gap keldi: 
— Munda manim ixtiyorim yo‘q... hamma ishni otam qilayotibdir. 
— Otangiz qilsalar ham sizning ko‘nglingizdagicha. 
— Nima ko‘nglimdagicha? 
— Suyganingiz bilan birato‘lasiga qo‘shilib olish, albatta, sizning ko‘nglingizdagicha... 
— Men uni suyamanmi?.. 
— Albatta suyasiz... 
Otabek o‘zini tinch ushlagan holda: 
— Yanglishasiz! — dedi. 
— Hech yanglishmayman,— dedi Zaynab,— siz uyla-nishdayoq uni suyub olg‘ansiz, 
meni bo‘lsa... men: ota-onangizning orzularicha, — dedi va ko‘ziga jiq yosh oldi. 
Otabek og‘ir holga tushdi, bu to‘g‘ri so‘z uni tamom esankiratdi va bu haqiqatka 
qarshi borish, ya’ni yolg‘onlash yana og‘ir edi. Shunday bo‘lsa ham yolg‘onlamay chorasi 
bo‘lmadi: 
— Boshda... suyub uylanganim siz aytkancha to‘g‘ri, ammo hozir undog‘ emas, — 
dedi. 
— Ishonmayman. 
— Nega ishonmaysiz, ishoning... 
Zaynab bir oz unga qarab turg‘andan keyin: 
— Ishonmag‘animnnig sababi bor, — dedi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin