Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc


TOSHKAND USTIDA QONLIQ BULUTLAR



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

6. TOSHKAND USTIDA QONLIQ BULUTLAR 
 
Bu kunlarda Marg‘ilonda shunday xabar chiqib qoldi. «Toshkand hokimi bo‘lg‘an 
Azizbek Qo‘qong‘a qarshi bosh ko‘targan. Xon tomonidan xiroj (zakot, soliq) uchun 
yuborilg‘an devon beklarini o‘ldirgan!» Ikkinchi kun bu xabar tag‘i ham boshqacha to‘n 
kiydi: «Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo‘shib, Toshkand 
ustiga jo‘natqan!» 
Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Bu 
voqi’aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi, 
chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham  o‘rganib qolg‘an, bu kun 
bo‘lmasa ertaga o‘zining botir boshisining, oftobachasining, xullas, kim bo‘lsa ham 
beklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» deb 
qarar edi. Ammo biz Otabekni bu to‘g‘rida xalq bilan birgalashtira olmaymiz. Chunki ul 
bu xabarga sovuqqonliq bilan qaray olmas edi va qaray olmadi. Bu xabarni eshitar ekan, 
yeb turgani og‘zida, yutkani bo‘g‘zida qoldi: bunday o‘zboshimchalik  orqasidan o‘zining 
ochiq ko‘zi, o‘tkir zehni orqaliq mudhish, falokatlik manzaralar ko‘rar, millatini — xalqini 
— musulmonini qo‘rqunch jar, tegsiz jahannam yoqasida, yiqilish oldida topar edi-da
seskanib «o‘zing saqla tangrim!» der edi. Bu xabarni eshitkandan so‘ng gangib esini 
yo‘qotdi. Yarasi yangilandi: 
— Oq bilan qorani ajratolmag‘an fuqaroning bir necha g‘arazgo‘ mustabidlar kayfi 
yo‘lida bir-birisining qonig‘a tashna bo‘lishlari va natijada istiqbolning vahim ko‘rinishlari! 
Shunday qayg‘ular ichida bo‘kib o‘lturar ekan, Hasanali qo‘lida bir maktub bilan 
hujraga kirdi. Maktubni Otabekka uzatib — «Toshkanddan emish, otangizdan bo‘lsa 
kerak» dedi. Otabek xatni ochdi: katta qog‘ozda, yo‘g‘on qalam bilan yozilg‘an uzun bir 
maktub edi. O‘qudi (aynan): 
«Huvalboriy ...ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o‘g‘limiz 
mulla Otabekka yetib ma’lum va ravshan bo‘lg‘aykim, alhamdulilloh biz duogo‘y 
padaringiz, mushtipar onangiz va yaqin do‘stlaringiz munda Xaq taoloning hifzi 
himoyatida sihhat va salomat bo‘lib ko‘z nurimizning duoyi jonini subhi shom, balki 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin