Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

7. MAJBURIYAT 
 
Qo‘qondan har kun deyarlik xabarlar kelib turar edi. «Qo‘qon sipohi tomonidan 
Toshkand o‘raldi» degan xabarga endi o‘n besh kunlab vaqt o‘tgan edi. Ammo hanuz — 
«Toshkand olindi» degan gap yo‘q edi. 
Kechadan beri kishilar og‘zida: «Normuhammad qushbegi yaralangan, Qo‘qon 
yigitidan bir yarim mingi qirilgan» degan xabar yurib ketdi. Chamasi, Azizbek osonliq 
bilan jon beradigan ko‘rinmaydir. 
Anovi yarasining ustiga Toshkand foji’asi kelib qo‘shilg‘ach, Otabek tag‘in ham 
xayolchanlangan, tag‘in ham xomushligini ortdirgan edi. Hatto ba’zi kunlar hujrasidan 
tashqarig‘a chiqmas, kishilar bilan so‘zlashmas, boshqacha aytkanda kundan-kunga 
go‘shanishinlikka yaqinlashib borar edi. 
Bu kun ertalabki choydan so‘ng Hasanali kechagi fikrini chinlab amalga oshirmoqchi 
bo‘ldi. Chunki Otabekdagi o‘zgarish — kundan-kunga rangining siniqib borishi, hujradan 
chetka chiqmasligi, xomushligi va boshqalar Hasanalini yaxshig‘ina qo‘rquvg‘a solg‘an, 
o‘zining faqat tomoshachig‘ina bo‘lib yurishidan rizosiz-langan edi. Durust, ul Otabekning 
muhabbatiga voqif bo‘lg‘anidan beri bir daqiqa ham uni o‘zining ko‘z o‘ngidan uzoq 
tutmag‘an: mahbubasi kim, kimning qizi, birar ebini qilsa mumkinmi? — Mana 
shuningdek masalalarni tekshirib, bilib ham o‘ylab kelgan edi. Ammo bu to‘g‘rida 
Otabekning ko‘magiga chinlab bel bog‘lashdan uni ba’zi ehtimollar to‘xtatib: «Otabek 
yosh, yoshlar muhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi 
mulohazalarda bo‘ling‘an edi. Nihoyat, Otabekdagi o‘ychanliq va o‘zgacha hollarning 
kundan-kunga kuchayib  borishi  Hasanali  haligi  mulohazadan  voz kechdirib, boshqa 
yo‘sunlarni qaratmoqqa majbur etdi. 
Garchi uning qarori bir nuqta ustida to‘xtag‘an bo‘lsa ham shu holda tinib turmadi, 
yana yuz turlik boshqacha yo‘sunlarni o‘yladi, ming turlik xayollarga borib qaytdi, ammo 
ularning bittasini ham Otabek og‘rig‘ig‘a em deb topmadi va nihoyat: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin