Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
8. QUTLUG‘ BO‘LSIN! 
 
...Ziyo shohichining kulib aytkan so‘zlariga qutidor sira ham tushunmas va kutilmagan 
mehmonlarning ke-lish sababini so‘ramoqdan iymanar edi. 
— Olovni qo‘yaturib, qudalarga dasturxon olib chiqingiz. 
Ziyo shohichining bu kulguligidan so‘ng qutidor tanchaga olov qalashni qo‘yib 
dasturxon buyurish uchun ichkariga qo‘zg‘aldi. Uning ketidan Hasanali: «Taqdir bitkan 
bo‘lsin-da», — deb qo‘yg‘an edi, shohichi qat’iy qilib: «Inshooloh bitar, shundog‘ yigitni 
kuyavlikka qabul qilmag‘an bir kishini biz odamg‘a sanamaymiz» — dedi. 
Qutidor qaytib chiqdi... Ziyo aka bilan Hasanali ma’noliq qilib  bir-birlariga qarashib 
olmoqda edilar. Qutidor, ayniqsa Ziyo akaning og‘zini poylab, ko‘ngli chaqirilmag‘an 
mehmonlardan tushunmog‘i qiyin bo‘lg‘an bir ma’noni sezmakda edi. Oradagi so‘zsizlik 
uzoqqa cho‘zilabergach, qutidor Hasanalidan so‘radi: 
— Bek salomatmi? 
Ziyo aka so‘z o‘nqovi kelganini payqab Hasanalining jim turishiga ishorat qildi va o‘zi 
javob berdi: 
— Bizning sizga chaqirilmag‘an mehmon bo‘lishimiz ham Otabekning sog‘lig‘i 
uchundir. 
Qutidor bu javobdan bir narsa tushunolmadi va shu-ning uchun qaytalab so‘radi: 
— Otabek sog‘mi? 
— Bu kungacha Otabek salomat, — dedi Ziyo aka salmoqlab, — ammo bekning 
mundan keyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda qolg‘ang‘a o‘xshaydir. 
Qutidor yana tushunolmay taajjub bilan mehmon-larga qarab oldi. 
— Tushunolmadim... 
— Ya’ni Otabek bu kungacha salomat, — dedi Ziyo aka yana. — Ammo mundan 
keyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda... 
— Menim qo‘limda? 
— Sizning ixtiyoringizda. 
— Otabek kabi bir yigitning sog‘lig‘i har bir aqlli kishi uchun maqsad bo‘lsa ham, — 
dedi taajjub bilan qutidor,— lekin so‘zingizning shunisi qiziqdirkim, bir yigitning sog‘lig‘i 
ikkinchi bir kishining ixtiyorida bo‘lsin. 
Ziyo aka boyag‘i vaziyatini buzmadi: 
— Ajablanmangiz, o‘rtoq, — dedi, — bekning mundan keyingi sog‘lig‘i sizning 
ixtiyoringizda; bu o‘yin emas — to‘g‘ri gap. 
Qutidor to‘sindan muddaoning kim va nima to‘g‘ri-sida bo‘lg‘anlig‘ini payqab qoldi va 
o‘zida bir turlik o‘ngg‘aysizlik sezdi. Ziyo aka To‘ybekaning yozgan dasturxonini tuzatib, 
kulchalarni sindirdi. Hasanali bilan qutidorni nong‘a taklif qilib o‘zi maqsadni ochiqroq 
onglatmoqchi bo‘ldi: 
— Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo‘ladirg‘an bir durri bebahodir, — 
dedi Ziyo aka. — Qadrdoningiz Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek — bir necha kunlardan 
buyon pinhoniy bir dard bilan og‘rir edi. Ko‘rinishda uning quli, ammo haqiqatda 
Otabekning ma’naviy padari bo‘lg‘an Hasanali ota uning maxfiy dardining asli omilini 
izlaydir, bekning o‘zi bo‘lsa o‘z holi to‘g‘risida hech narsa sezdirmay dardin yashiradir. 
Shundog‘ qilib xo‘jasiga ixloslik Hasanalining tajribalik kuzatishidan bekning maxfiy dardi 
uzoqqa qocholmay natijada sir ochiladir... Shari’at ishiga sharm yo‘q, deydirlar o‘rtoq, 
agarchi siz bilan menga bir muncha og‘irroq bo‘lsa ham yana so‘zlab o‘tishga hojat bor: 
kunlardan bir kun taqdir shamoli yuradir-da bir kimsa-ning iffat pardasi ostida o‘lturgan 
qizining yuzidagi niqobini ko‘tarib ikkinchi tomondan bizning Otabekni shu afifaga 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin